avzu: Davlat mulkini xususiylashtirish. ko'p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfining shakllanishi. Reja: 1. Davlat mulkini xususiylashtirish zaruriyati. 2. Davlat mulkini xususiylashtirish tamoyillari. 3. Xususiylashtirishning huquqiy negizlari. 4. Xususiylashtirishning yangi bosqichi. 5. Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatni barpo etishning asosiy sharti: 1) davlat mulkini xususiylashtirish;
2) ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish; 3) ishlab chiqarish korxonalari va mulkdorlar o'rtasida o'zaro raqobatlashish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; 4) mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Albatta bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan bu hususiyatlar mustamlakachilik tizimiga asoslangan sobiq Sho'ro saltanati uchun begona edi. Sotsialistik tuzum nomi bilan yuritilgan Sho'rolar davridagi ishlab chiqarishning moddiy asosini sotsialisti umumxalq mulki tashkil etar edi. Amalda esa markazlashtirilgan davlat mulki hisoblanar edi. Shu boisdan ham Sho'ro tuzumi davrida iqtisodiyotning bozor munosabatlari bilan rivojlanish imkoniyati yo'q edi. U faqat markazlashtirilgan rejalashtirish yo'lidan borishi mumkin edi.
O'zbekiston Respublikasi ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish maqsadlarini ko'zlab davlat mulkini xususiylashtirish yo'lini tutdi. Bu yo'l jahon davlatlari tajribasida hayotda o'zini oqlagan yo'ldir. Bu yo'ldan dunyoning rivojlangan va rivojlanayot-gan Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Filippin singari davlatнlari ham bormoqdalar.
Mamlakatimizda xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida 1992- yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo'mitasi ta'sis qilindi. 1994- yilga kelib uning vazifalari o'zgartirildi. Endi u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvallash Davlat qo`mitasiga aylantirildi. Mazkur qo'mita zimmasiga bir qator muhim vazifalar yuklatildiUlar quyidagilardan iborat edi:
╖ ko'p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda yagona siyosatni amalga oshirish va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash;
╖ mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish;
╖ xususiy biznes rivojlanishiga yordam ko'rsatish va boshqalar.
Xususiylashtirish tanlov va kimoshdiа savdosiа orqali amalga oshirildi, bu tartib takomillashib bordi. Dastlab savdo-sotiqqa faqat mol-mulkning o'zi qo'yilgan bo'lsa, keyinroq xususiylashtirilayot-gan mol-mulk joylashgan yer uchastkalar, yangi qurilish qilish uchun yer maydonlari ham kimoshdi savdosiga qo'yildi.
Xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag'lar tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash uchun berildi. Bu jarayon ham O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan o'ziga xos yangi tajriba sifatida dunyo mamlakatlarida katta qiziqish uyg'otdi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning Prezident J.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillari xususiy-lashtirish jarayonini amalga oshirishning nazariy-ilmiy va amaliy asosi bo'lib xizmat qildi. Chunki unda O'zbekistonning o'ziga xos shart-sharoitlari, xususiyatlari va talablari bar tomonlama hisobga olinganligidan tashqari jahon mamlakatlarining bu boradagi ilg'or tajribalari ham chetlab o'tilmagan edi. Buni nimalarda ko'rish mumkin?
Birinchidan, xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma'lum mafkura manfaati uchun bo'ysundirilmadi. лDavlat Чbosh islo-hotchi╗ tamoyiliga amal qilindi. Davlat xususiyfashtirishni bosh-qarib bordi.
Ikkinchidan, O'zbekistonda chek vositasi bilan xususiyнlashtirish g'oyasidan voz kechildi, davlat mol-mulki yangi mulk-dorga faqat sotish yo'li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila boshlandi. Bunda лtekin narsaning qadri ham bo'lmay-di╗ degan qoidaga amal qilindi.
Uchinchidan, xususiylashtirishga dasturiy yondashuvni ta'min-lash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'lidan borildi.
Shuning uchun 1991- yil 18- noyabrda O'zbekiston Respub-likasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni лDavlat tasarrufi-dan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida╗gi Qonun qabul qilinнdi. Unga ko'ra mulkchilik shakllarini o'zgartirish sohasidagi ishlar mamlakat hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo'yikli.
Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo'na-lishlarni belgilash imkonini beradi.
Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxo-nalarini hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash tizirnini, xullas лkichik xususiylashtirish╗ jarayonini qamrab oldi.
╖ yilga kelib O'zbekiston aholisining asosiy qismi qaysidir shakldagiаа mulkа egasiа bo'ldi.аа Davlatаа ahamiyatigaа egaа bo'lgan obyektlardan tashqari barcha mulkka fuqaroning o'zi egalik qilmoqda. ╖ yilning birinchi yarmiga kelib mamlakatda 698 korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Ushbu аxususiylashtirishdan tushgan jami mablag' 22,5 milliard so'mni tashkil qildi. Yuqorida aytilganidek, birinchi bosqichda (1992Ч1993) 1 milнlion kvartira xususiylashtirildi yoki O'zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o'rtacha 4,7 kishi bo'lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi.
1991- yil 18- noyabrda O'zbekiston Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkniаа лDavlatаа tasarrufidanаа chiqarishаа vaаа xususiylashtirish
to'g'risida╗gi Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra xususiylashtirish va mulkchilik shakllarini o'zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo'yildi.
Mamlakat Oliy Majlis mulkdorlar sinfmi shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida 1996- yil 25- aprelda o'zi-ning V sessiyasida лAksiyadorlar jamiyatlari va aksiyadorlar hu-quqlarini himoya qilish haqida╗, лQimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat ko'rsatish mexanizmi to'g'risida╗ qonunlar qabul qildi.
O'zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish 1990- yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnati-ga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga aylandi. Sirdaryo shoyi to'qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o'tib ishlay boshladi. Bu yerda to'plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi.
Dasturga asosan dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxpnalarini hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab oldi. Bu лkichik xususiylashtirish╗ deb nom oldi.
Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi. 1992Ч1994-yillarda 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Ularning 18,4 mingtasi xususiy mulk bo'lib qoldi. 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara kor-xonalariga aylandi. Har uch korxonaning ikkitasi mulkchilikning davlatga qarashli bo'lmagan shakliga ega bo'ldi. 1994- yilda mamнlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan sektorida ishlab chiqildi, bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo'ldi.
Bir million kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog'i xususiylashtirildi. Har uch kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari va ijodiy ziyolilar kvartiralarning bepul egalari bo'lishdi.
1994- yil 21- yanvarda qabul qilin-gan лIqtisodiy islohotlarni chuqur-lashtirish chora-tadbirlari to'g'risi-da╗gi va 1994- yil 16- martda qabul qilingan лMulkni davlat tasarнrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlan-tirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida╗gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog'onaga ko'tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi.
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxona-larni ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayonga mamlakat aholisini va chet ellik investorlarni kengroq jalb qilish vazifasi qo'yildi. Qimmatli qog'ozlar va ko'chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kimoshdi savdolari va tanlovlari o'tkaziladigan bo'ldi.
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy-lashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi. Bu das-turlarga muvofiq xalq xo'jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy Xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994- yil 29- martda tasdiqlangan davlat Dasturiga muvofiq shu yilning o'zida 5127 obyekt xususiy-lashtirildi. Bundan tashqari qo'shimcha tarzda dasturga kirmagan 4 ming 617 obyekt ham haqiqiy egasini topdi. Xususiy tadbirkorlar 57 ta konserva sexini, 120 ta g'isht zavodini, 92 ta to'quvchilik sexini sotib olishdi. Qishloq xo'jaligida esa mavjud bog'larning yarmidan prtig'i, uzumzorlarning 40 foizi xususiy foydalanish uchun berildi. Dehqon xo'jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo'jaligi paydo bo'ldi. 1994- yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi.
1995- yili xalq xo'jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo'ldi. Yirik korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila boshlan-di. Shu yili mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg'i energetika, 55 ta qurilish industriyasiga qarashli, 114 ta transport, 68 ta uy-joy kommunal xo'jaligi, 229 ta qayta ishlash korxonasi va 291 ta qurilish bilan bog'liq obyektlar xususiylashti-rildi. Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, 6000 xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi.
O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog'ida aholi uchun imtiyozli tizim yaratildi. Masalan, xususiylashtirilayot-gan korxona xodimlariga imtiyozli aksiyalar berildi. Shuningdek, davlat xo'jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog'lar va uzumzorlar imtiyozli shartlarda xususiylashtirildi.
1998- yilga kelib xususiylashtirilgan korxonalar tarmog'i keskin ko'payganligi bilan xarakterlanadi. Agar 1993- yilda mamlakatdagi jami korxonalarning 39,4 foizdan ortiqrog'i davlatga tegishli bo'lmagan korxonalar bo'lgan bo'lsa, 1994- yilga kelib bunday korxonalar 57,7 foizga va 1998- yilga kelib esa 88,2 foizga teng bo'ldi.
O'zbekiston Prezidenti I.Karimov o'zining лO'zbekiston iqti-sodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida╗ asarida mustaqillik yil-larida respublikada Xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan ish-larga xulosa yasab bunday degan edi: лMulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizi-mining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi. Xuddi shu masalani hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtisodiy munosabatlar poyde-voriga birinchi g'isht qo'yildi. Ushbu masalaning davr talablariga muvofiq muvaffaqqiyatli hal etilishi respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qo'yadigan asosiy omildir╗. Davlat mulkini Xususiylashtirish yuzasidan mam-lakatimizda olib borilgan katta ko'lamdagi amaliy ishlar natijasida mamlakatda ko'p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfi vujudga keldi. 2003- yil boshiga kelib xususiy va kichik korxonalar soni 120 mingdan oshib ketdi.
To'plangan tajriba katta-katta sanoat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish imkonini berdi. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya-ishlab chiqarish birlashmasi ochiq turdagi davlat-aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Qishloq xo'jaligi mashinasozligining 15 ta korxonasi yuqori investitsiya salohiyatiga ega bo'lgan xo'jalik tuzilmasini лO'zqishloqxo'jalikrnashxolding╗ni tashkil etdi. Uning tarkibiga Toshkent traktor ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent agregat zavodi, лChirchiqqishmash╗ лO'zbekqishmash╗ aksionerlik jamiнyatlari kabi yirik korxonalar kirdi.
Bir so'z bilan aytganda, mustaqillik yillarida Xususiylashtirish jarayoni O'zbekistonda izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirila bordi.
Mustaqillik yillarida mamlakat ijti-moiy hayotida yangi iqtisodiy yo'nalish - - tadbirkorlik keng rav-naq topdi va rivojlandi. Bu sohani qo'llab-quwatlash tizimini yaratish masalasiga mamlakatimizda katta e'tibor berilmoqda va bu sohaga Prezident I.Karimovning o'zi g'amxo'rlik qilmoqda. 1996-yil 12- martda tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo'llab-quwatнlash maqsadida лO'zbekistonda tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini tashkil etish to'g'risida╗ Prezident I.Karimovning farmoni e'lon qilindi. Mazkur farmon asosida mam-lakatimizda yakka tartibda mehnat faoliyati bilan band bo'lgan jis-moniy shaxslarning manfaatlarini himoya qilish ishlarini tashkil etishda yordam ko'rsatish vazifalarini o'z zimmasiga oluvchi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining viloyatlarda hududiy bo'limlari ham tashkil etildi. Kichik biznesni qo'llab-quv-vatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tuzildi. Tadbirkorlarga va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko'maklashish maqsadida ilmiy-texnikaviy ko'maklashuv jamiyati O'zbekistonda kichik va o'rta biznesni qo'llab-quwatlash markazini tuzdi. Yevropa va O'rta Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga ko'maklashmoqda.
O'tgan yillar mobaynida mamlakatda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar mahkamasi qarorlari talablari asosida hususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, xususiy tadbirkorlar, kichik va o'rta biznes subyekt larini moliyaviy qo'llab-quwatlash maqsadida ajratilgan kreditlar miqdori yildan yilga oshirib borilmoqda. Faqatgina 2002- yilning o'zida mamlakat tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektнlariga o'z mablag'lari, byudjetdan tashqari jamg'armalar va xorijiy kredit liniyalari hisobidan jami 265 milliard so'm miqdorda kreнditlar ajratildi. Ajratilgan kreditlarning 180 milliard so'mi yoki 67,9 foizi o'rta va uzoq muddatlarga berilgan. Kichik va o'rta biznes subyektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 2001- yilga nisbatan 59,3 milliard so'mga ortdi.
Yilda mamlakat tijorat banklarining o'z mablag'lari hisoн bidan kichik va o'rta biznes subyektlariga ajratilgan 175,6 milliard so'mlik kreditlarning 46,6 milliard so'mi (yoki 26,5 foizi) sanoatga, 30,9 milliard so'mi (17,6 foizi) qishloq xo'jaligiga, 57,7 milliard so'mi (32,9 foizi) aylanma mablag'larni to'ldirishga, 17,6 milliard so'mi (10,1 foizi) qurilishga,а 22,6 milliard so'mi (12,9 foizi) boshqa tarmoqlarga yo'naltirilgan.
Yilning birinchi yarmiga kelib mamlakatda mavjud tijoн rat banklarining jami mablag'lari 32 foizga ortdi, kreditlarning qaytarilish darajasi yaxshilandi. Bu esa, o'z navbatida, o'tgan yarim yillikning o'zida berilgan kreditlar hajmini 36 foiz oshirishga imkon tug'dirdi.
Ushbu misollarda ko'rsatilganidek mamlakatimizda davlat va hukumat tomonidan tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash, ularga iqti-sodiy ko'mak berishga ustuvor vazifa sifatida qarab kelinmoqda.
O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar o'ziga xos tarzda amalga oshirilar ekan, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni davlat tomonidan qo'llab-quwatlashga katta e'tibor berildi.