Dunyo aholisi geografiyasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/9
tarix16.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#131157
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

Qarshi davlat universiteti
Iqtisodiyot fakulteti Turizm va marketing kafedrasi Turizm faoliyati
va yoʻnalishlari 021-06-guruh 2-kurs talabasi Berdiyorova Mohinurning
Turizm geografiyasi fanidan yozgan
Kurs Ishi
MAVZU: DUNYO AHOLISI GEOGRAFIYASI


REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
I BOB DUNYO AHOLISI SHAKLLANISHI VA KO’PAYISHI
1.1 DUNYO AHOLISINI TABIIY VA MEXANIK KO’PAYISHI
1.2 DUNYO AHOLISINI HUDUDLAR BO’YICHA TARQALISHI VA ZICHLIGI
II BOB DUNYO AHOLISI DINAMIKASI VA TARKIBI
2.1 DUNYO AHOLISINING TARKIBI(YOSH,JINSIY,MILLIY,DINIY)
2.2 DUNYO AHOLISINING URBANIZATSIYA DARAJASI SHAHAR VA QISHLOQ AHOLISI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………..3
ASOSIY QISM
I BOB DUNYO AHOLISI SHAKLLANISHI VA KO’PAYISHI
1.1 DUNYO AHOLISINI TABIIY VA MEXANIK KO’PAYISHI…………..4
1.2 DUNYO AHOLISINI HUDUDLAR BO’YICHA TARQALISHI VA ZICHLIGI……………………………………………………………………11
II BOB DUNYO AHOLISI DINAMIKASI VA TARKIBI
2.1 DUNYO AHOLISINING TARKIBI(YOSH,JINSIY,MILLIY,DINIY)…29
2.2 DUNYO AHOLISINING URBANIZATSIYA DARAJASI SHAHAR VA QISHLOQ AHOLISI……………………………………………………..….37
XULOSA…………………………………………………………………..…44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………46


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: XIX asrgacha dunyo aholisining soni ancha sekin o‘sib, 1820-yilga kelib 1 milliard kishiga yetdi. Bu jarayon aholining tabiiy o‘sishi pastligi bilan belgilangan edi, chunki o‘tgan tarixiy bosqichlarda ham tug‘i lish, ham o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ular orasidagi farq juda kichik darajada edi. Lekin 1 milliarddan 2 milliardgacha ko‘payish uchun insoniyatga birmuncha kamroq vaqt, ya’ni 107 yil kerak bo‘ldi (1820–1927-yillar orasi). Keyingi yillarda dunyo aholisi soni yanada tezroq o‘sib bordi. 1960-yilga kelib dunyo aholisi 3 milliard kishiga yetdi. 1975-yilga kelib 4 milliard kishi, 1987-yilda 5 milliard kishi, 1999-yilda 6 milliard kishi, 2011-yilga kelib esa 7 milliard kishiga teng bo‘ldi. 2017-yil holatiga jahon aholisi soni 7,5 milliard kishi atrof da va o‘sishi davom etmoqda.
Demak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib jahon aholi sonining ko‘payishi keskin tezlashdi. Bu jarayon fanda demografik portlash deb ataladi. Bu hodisaning sababi – ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika taraqqiyoti tufayli aholining turmush darajasi yuksalishi, yashash sharoiti yaxshilanishi va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, odamlarning o‘rtacha umr davomiyligining o‘sishi, o‘lim darajasi esa pasayib ketganligidir. Dastlab demograf k portlash XIX asrning boshi – XX asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ro‘y bergan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmida esa Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyadagi rivojlanayotgan mamlakatlar aholi sonining yuqori sur’at- lar bilan o‘sishida o‘z aksini topdi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi yuqori tezlik bilan o‘sib kelgan bir paytning o‘zida, Yevropa davlatlari va Yaponiyada aholining tabiiy ko‘payishi keskin sekinlashdi. Hattoki, ayrim hollarda tug‘ilish o‘limdan ham pastroq darajaga tushib ketib, aholining tabiiy kamayish (depopulyatsiya) jarayoni ham ro‘y berdi. 
Demografik portlashdan keyingi tug‘ilishning pasayib ketish jara yoni sabablarini demografik o‘tish nazariyasi yordamida izohlash mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatda aholining takror barpo bo‘lishi 4 ta bosqichdan o‘tib o‘zgarib boradi. Dastlabki, 1-bosqichda tug‘ilish bilan o‘lim juda yuqori bo‘lib, orasidagi tafovut, ya’ni aholi tabiiy ko‘payishi minimal darajada saqlanadi. Bunday demografik vaziyat "an’anaviy turg‘unlik” deb ataladi. Keyingi, 2-bosqich davomida o‘lim darajasi keskin kamayib, yuqorida ta’riflangan demografik portlash hodisasi ro‘y beradi. Demograf k o‘tishning 3-bosqichida o‘limning pasayish jarayoni o‘z poyoniga yetib, tug‘i lish darajasi kamayishni boshlaydi. Tug‘ilishning pasayib ketishi aholining yashash tarzi o‘zgarganligi (shaharlashuv, sanoatlashuv, mehnat unumdorligining yuksalishi, tibbi yotning rivojlanishi, ayollarning jamiyatdagi o‘rni o‘zgarishi va hokazo) natijasida yuzaga keladi. Yakuniy, 4-bosqichda esa tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari ancha past bo‘lib, tabiiy ko‘payish minimal darajada kuzatiladi va "zamonaviy barqarorlik” deb ataluv chi demografik vaziyat vujudga keladi. Ba’zida demograf k o‘tish jarayoni bu holat bilan chegaralanib qolmasdan, depopulyatsiya bosqichiga ham o‘tib ketadi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin