2.2DUNYO AHOLISINING URBANIZATSIYA DARAJASI SHAHAR VA QISHLOQ AHOLISI Avvalo urbanizatsiya jarayoni va uning hududlar bo‘yicha rivojlanish mezonlari haqida umumiy tushuncha hosil qilish maqsadga muvofiqdir. SHu asnoda tabiiy sharoit omillarining yirik Shaharlarga ta’sirini urbanizatsiya jarayonida sezilarli kechishini ko‘rish mumkin. Aholi punktlarini tadqiq etishda va aholi geografiyasida mamlakatlar urbanizatsiya darajasi va urbanizatsiya miqyosi degan tuushunchalar qabul qilingan. Bugungi kunda regionlar bo‘yicha urbanizatsiya darajasi juda notekis. Bu jihatdan Osiyo eng past urbanizatsiya darajasiga ega. Bu hududda urbanizatsiya darajasi 30 % ni tashkil etadi. 2,2 mlrd dan ortiq kishi qishloqlarda yashaydi. Dunyo bo‘yicha urbanizatsiya darajasi eng past bo‘lgan davlatlar ham Osiyo qit’asidadir. Masalan: Xitoyda 21%, Hindistonda 28%, Indoneziya va Butanda 15%, Nepalda 9%. Urbanizatsiya darajasi Shahar aholisining salmog’i bo‘yicha past, o‘rta va yuqori darajalarga bo‘linadi. Mamlakat aholisining 50% gacha qismi Shaharlarda yashasa, urbanizatsiya darajasi past hisoblanadi. 50 dan 75% gacha o‘rta, 75% dan yuqori bo‘lsa, yuqori darajali urbanizatsiya hisoblanadi. Urbanizatsiyaning XX asrdagi jadallashuvi juda avj oldi va shaharlar inqilobi degan nom oldi. Shu bilan birga bu jarayonning jamiyatga turli darajadagi ta’siri kuchayib, bu hodisani tadqiq qilishning usullarini chuqurlashuviga olib keldi. Shaharlar inqilobining birinchi 20 yilida ya’ni 1950-1970 yillar mobaynida shahar aholisining tabiiy o‘sishi butun insoniyat tarixidagi shaharlar aholisining sonidan br oz kam edi. Bu o‘sish 83,4% ni tashkil etadi. Undan keyingi 20 yil ichida shahar aholisining ulushi yana 68,7% ga o‘sdi. 1950 yilda 1990 yilgacha bo‘lgan davrda shahar aholisining salmog’i 3,1 baraqvarga ko‘paydi va 21-asrning birinchi 10 yilligida shu tarzda saqlanib turdi. Yuqorida ta’kidlanganidek urbanizatsiyaning yuqori darajasi Yevropaning barcha mamlkatlari, AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga xosdir. XX asrning ikkinchi yarmida jahon urbanizatsiyasida rivojlanayotgan davlatlar muhim rol o‘ynay boshladi. 1990 yilda ularda dunyo shahar aholisining 61,4% i yashayotgan edi. (1950 yilda bu 38,7% ni tashkil etgan). 2025 yilga kelib bashoratlarga ko‘ra bu ko‘rsatkich 80% dan ortiqni tashkil etadi. Rivojlanayotgan davlatlarda shaharlarningko‘payib borishi, ularning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olganda jahon urbanizatsiyasining sifatiy rivojalanishini sekinlashtiradi va hududiy tafovutlanishini keskinlashtiradi. Chunki bu mamlakatlardagi ko‘pchilik shahar aholisi yaqinda qishloqlardan ko‘chib kelgan bo‘ladi va ular yashash tarzi bilan shahar turmush tarzini qishloqlashtiradi. Qisqa muddat ichida qishloqlardan shaharlarga aholining katta qismi ko‘chib o‘tganda bu vaziyatning yuzaga kelishi tabiiy holdir. Yuqoridagi fikrlar asosan yaqin yillarda shahar aholisining kamligi bilan ajralib turgan mamlakatlarga tegishlidir. Bunday mamlakatlarga Nigeriya misol bo‘ladi. Uning poytaxti Lagos 1950-1990 yillar mobaynida 27 baravar kattalashdi va dunyoning eng yirik 8 ta aglomeratsiyalari qatorga kiradi. Shuningdek bunday xususiyatga ega bo‘lgan mamlakatlarga Turkiya, Eron, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Braziliya, Meksika, Indoneziya kabilar kiradi. Bu jarayonning boshqa qutbida eng urbanizatsiyalashgan mintaqalar Shimoliy AmYerika, G’arbiy Yevropa va Yaponiya turadi. Qishloqlar aholisining shaharlarga ko‘chib o‘tishi va iqtisodiy rivojlanishdagi bir qancha muvaffaqiyatlar ba’zi mamlakatlarni yuqori darajadagi urbanizatsiyalashgan davlatlarga aylantirib qo‘ydi, masalan XX asrning 90-yillari mobaynida Venesuelada urbanizatsiya darajasi 92,9% ga chiqdi, xuddi shunday tendentsiyani Urugvay (90,3%), Argentina (87,5%), Chili (85,9%), Braziliya (78,7%), BAA (84%), Saudiya Arabistoni (80,2%), Iroq (75,6%), Liviya (86%), Tunis (59%)da kuzatamiz. XX asrni haqli ravishda urbanizatsiya asri deb atash mumkin. 1900 yilda dunyo Shaharlarida butun dunyo aholisining 14% i yashagan va 12 ta millioner shaharlar mavjud edi. XXI asr arafasida shahar aholisi 45% ga etdi, 2,5 ming atrofida aholisi 100 mingdan ortiq yirik shaharlar, 107 ta millioner shaharlar hisobga olingan. Urbanizatsiya jarayoni dunyoda xo‘jalik tizimining va ishlab chiqarish munosabatlarining o‘zgarishi bilan jadalashdi. Ishlab chiqarishning kontsentratsiyalashuvi, differentsiatsiyalashuvi, hududiy tashkil etilishi va texnologik taraqqiyot bu jarayonga turkti beruvchi asosiy omillardir. Urbanizatsiya jarayoni shahar aholisining miqdoriy o‘sishi bilan xaarakterli bo‘lib, bu holat XX asrgacha ancha sust va barqarorligi bilan ajralib turadi. 19-asr boshida dunyo shahar aholisi 29,3 mln kishini tashkil etgan, bu dunyo aholisining 3% ni tashkil etardi. 1900 yilga kelib bu ko‘rsatkich 224,4 mln kishini va 14% ni tashkil etdi. XX asr davomida jarayonning o‘sishi quyidagi raqamlarda aks etadi. 1950 yilda Shahar aholisi 729 mln kishi, muvofiq ravishda 28,8%, 1980 yilda 1821 mln kishi va 41% ni, 1990 yilda 2261 mln kishi va 41% ni tashkil etdi. Urbanizatsiya jarayonining umumiy xususiyatlari barcha mamlakatlarda birday namoyon bo‘ladi. Bu: Shahar aholisining tez ko‘payishi. Bu ayniqsa rivojlanayotshgan davlatlarda sezilari bo‘ladi, chunki bu mamlakatlarda aholining qishloqdan shaharga ko‘chib kelishi nazorat qilinmaydi. 1950 yildan buyon dunyoda shahar aholisi 4.37 martaga ko‘paydi. Aholi va xo‘jalik tarmoqlarining yirik shaharlarda to‘planishi, bunda shaharlarning ko‘p funktsiyali ekanligi, ayniqsa noishlab chiqarish sohalarining rivojlanishiga imkoniyatning kengligi va rivojlangan infrastrukturaga, axborot almashinuvining tezligi sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda 30 dan ortiq shaharlarda 5 mln dan ko‘p aholi yashaydi. Shaharlar hududining kengayishi. Bu yirik shaharlar atrofida yo‘ldosh shaharlarning paydo bo‘lishi bilan kechadi. Bunday ko‘rinish shahar aglomeratsiyalari deyiladi. Dunyodagi eng yirik shahar aglomeratsiyalari Mexiko, Nyu-York, Tokio va San-Paulu shaharlari atrofida shakllangan. Urbanizatsiya shartli darajalari quyidagicha qabul qilingan: Urbanizatsiyaning past darajasi -20% Urbanizatsiyaning o‘rtacha darajasi -20% dan 50% gacha Urbanizatsiyaning yuqori darajasi – 50% dn 72% gacha Urbanizatsiyaning yuksak darajasi - 72% dan yuqori. Dunyodagi eng past urbanizatsiya darajasi G’arbiy va SHarqiy Afrika, Madagaskar va ba’zi Osiyo mamlakatlarida kuzatiladi. O‘rtacha urbanizatsiyalashgan mintaqalar Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidagi Boliviya davlati. Yuqori urbanizatsiyalashgan mintaqalar MDH, Yevropa, SHimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Avstraliya va JAR hududlaridir. Yer yuzida 107 ta millioner shahar bor. Ba’zi manbalarda esa ularning soni 300 dan ortiq deb ko‘rsatiladi. Lekin bu hisobda shahar atrofidagi aholi ham nazarda tutiladi. Aslida shahar aholisining miqdori ayni shahar yuridik hududida yashovchilar bilan chegaralanishi lozim. SHunga ko‘ra 107 ta millioner shahar mavjudligi ma’lumot sifatida qabul qilindi. Ularning 28 tasi g’arbiy yarim sharda, 79 tasi sharqiy yarim sharda, 96 tasi shimoliy yarim sharda, 11 tasi janubiy yarim sharda joylashgan. 36 ta millioner shahar poytaxt maqomiga ega. Urbanizatsiya jarayonining hududiy taqsimoti hozirgi kunda juda rangbarangdir. Dunyo urbanizatsiya xaritasida uchta asosiy mintaqa alohida ajralib turadi. Bular AQSH, YAponiya va G’arbiy Yevropadir. Bu mintaqalarni uzluksiz joylashgan aholisi 1 milliondan ortiq yirik aholi punktlari to‘ldirib turadi. So‘ngi 20 yil davomida dunyodagi bu manzarani SHarqiy, va Janubiy Osiyodagi yirik shahar aglomeratsiyalarining paydo bo‘lishi o‘zgartirmoqda. SHuningdek Lotin Amerikasi va Afrika mintaqalarida ham yirik shaharlar ko‘payib bormoqda. Bu shahar aholisining ko‘payishi bilan izohlanadi. Dunyo shahar aholisining yarmiga yaqini Osiyoda istiqomat qiladi (1950 yilda 1G’3 qismi edi), 20% dan ortig’i Yevropada yashaydi. XXI asr ostonasida jahon urbanizatsiya jarayoni janubi-sharqiy Osiyo yo‘nalishida kuchaya boshladi. Bu XX asrning ikkinchi yarmida Yaponiya, Xitoy, Hindiston va qator sharqiy va janubiy Osiyo mamlakatlarida shaharlar miqdorining ko‘payishi bilan izohlanadi. Urbanizatsiya jarayoni hozirgi kunda shahar aholisining juda tezlik bilan ko‘payib borishida namoyon bo‘lmoqda. BMT mutaxassislari aholisi 8 mln ortgan shaharlarni megashaharlar (mega-yunon tilida ulkan degan ma’noni beradi). 1950 yilda bunday shaharlar sirasiga faqat London va Nyu-York kirgan bo‘lsa, 1960 yilda ular safiga Tokio va SHanxay shaharlari qo‘shildi, 1970 yilda ularning soni 11 taga etdi ulardan 5 tasi rivojlanayotgan mamlakatlarda (Pekin, San-paulu, Buenos Ayres, Rio-de Janeyro) edi, 1994 yil o‘rtalarida 22 ta megashahardan 16 tasi rivojlanayotgan davlatlar hududida shakllandi, 2015 yilda 33 taga etishi taxmin qilinadi, shu bilan birga ulardan 27 tasi rivojlanayotgan davlalarda bo‘lishi, shundan 21 tasi Osiyo qit’asiga tegishli bo‘lishi taxmin qilinadi. Hozirgi kunda 30 dan ortiq shaharlarning aholisi 5 mln dan ko‘p ekanligi qayd qilindi.
Jahon xo`jaligi insoniyatning butun tarixi davomida shakllangan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yevropa va Osiyodan keyin Yer kurrasining boshqa qit`alari ham xalqaro savdoga jalb etildi. Qit`alar o`rtasidagi mahsulotlar almashinishi jahon bozorining paydo bo`lishiga olib keldi. Transportning rivojlanishi bu bozorning bundan keyingi rivojlanishiga yordam berdi. Dengiz transporti barcha qit`alarni bir-biri bilan bog`ladi. XIX asrning 2 yarmidan boshlab temir yo`llarining uzunligi keskin oshib bordi.
Jahon xo`jaligining shakllanishida mashinalashgan yirik sanoat asosiy omil bo`ldi. Mashinalashgan yirik sanoat XVIIIasr oxiri va XIX asrning boshlarida Yevropaning bir qator davlatlari va AQSH da sanoat inqilobidan keyin vujudga keldi. Jahon xo`jaligi XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida mashinalashgan yirik sanoat, transport va jahon bozorining rivojlanishi natijasida vujudga keldi. Jahon xo`jaligi dunyodagi barcha mamlakatlarni butun jahon iqtisodiy munosabatlar orqali bir-biri bilan bog`lovchi uyg`unlikdir.
Jahon iqtisodiyotidagi yalpi mahsulotning 64 % i noishlab chiqarish sohasiga, 32 % i sanoatga, 4 % i qishloq xo`jaligiga to`g`ri keladi (XXI-asr boshida).
Jahon eksport mahsulotlarini 100 % deb olsak, uning 10 % i AQSH ga, 9 % i GFR ga, 8 % i Xitoyga, 6% i Yaponiyaga, 5 % i Fransiyaga, 4 % i Buyuk Britaniyaga, qolgan 58 % i boshqa davlatlar hissasiga to`g`ri keladi (2005 y).
Jahon xo`jaligining geografik modeli tobora murakkablashib boradi. XIX asrning oxirlariga qadar hamma ko`rsatkichlariga ko`ra bitta markaz - Yevropa ustun turar edi. I.A.Vitver bu davrni Yevropa – markaz davrida deb atagan. Keyinchalik 2-markaz – AQSH paydo bo`ldi. U tezda asosiy markaz bo`lib qoldi.
Jahon xo`jaligidagi eng yirik kreditor davlatlar: AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA hamda G`arbiy Yevropa davlatlari. Qolgan deyarli barcha mamlakatlar qarzdor davlatlar hisoblanadi.
2 ta jahon urushi oralig`ida jahon ahamiyatiga ega bo`lgan yangi markazlar – sobiq SSSR va Yaponiya vujudga keldi. II - jahon urushidan keyin Xitoy, Hindiston, Janubi-G`arbiy Osiyodagi neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar guruhi, Kanada, Avstraliya, Braziliya kabi markazlar vujudga kela boshladi. Keyingi 20 yil mobaynida 4 ta “Osiyo yo`lbarsi” boshchiligidagi yangi industrial davlatlar jahonga tanildi. Bular natijasida Osiyo Tinch okeani regionining jahon xo`jaligidagi mavqei yanada o`sdi. Shunday qilib hozirgi vaqtda jahon xo`jaligining geografik modeli ko`p markazlilik hususiyatiga ega bo`ldi.
Jahon xo`jaligi ichidagi o`zaro munosabatlar yaqin vaqtlargacha 4 ta qutb – kapitalistik g`arb, sosialistik Sharq, “boy” Shimol va “kambag`al” janubning bo`lishi bilan belgilanar edi.
Jahondagi eng yirik oltin va chet el valyuta zaxiralariga ega bo`lgan davlatlar: AQSH, YAponiya, GFR, Fransiya, Shvesariya, Italiya, Xitoy, Singapur, Braziliya.
Hozirgi vaqtda jahon xo`jaligining ichki asosiy qarama qarshiligi “Shimol” bilan “Janubn”ning yoki markaz bilan chekkaning qarama-qarshiligi orasidagi farqdir.Masalan: 90 yillari jahon xo`jaligining butun chekka joylariga jahon IYAM ning va sanoat mahsulotining 15 % , qishloq xo`jalik mahsulotining 30% i to`g`ri kelgan. IYAM aholi jon boshiga hisoblanganda, bu mamlakatlarda 1000 dollardan kam bo`lmagani holda, G`arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida 14000 dollardan ortiq bo`lgan.
Jahon bo`yicha IYAM ni 100 % deb olsak, shuning 21,2 % i AQSH ga, 11,8 % i Xitoyga, 7,3 % i YAponiyaga, 5,5 % i Hindistonga, 4,5 % i GFR ga, qogani boshqa davlatlarga to`g`ri keladi (2005 y).
IYAM si sotib olish pariteti aholi jon boshiga 30 000 AQSH dollaridan yuqori bo`lgan davlatlar: Lyuksemburg (58 900 $), AQSH, Kanada, YAponiya, Norvegiya, Finlandiya, Daniya, islandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, SHvetsariya, Avstriya, Avstraliya (2006 y).
IYAM si sotib olish pariteti aholi jon boshiga 500 AQSH dollaridan kam bo`lgan mamlakatlar: G`arbiy sahroi Kabir (2006 y).
Shu sababli jahon xo`jaligining “geografik modeli”ni takomillashtirishning asosiy yo`nalishi jahon xo`jaligi “chekka qismi”ni rivojlantirishdan iborat bo`lmog`i kerak.
Jahon xo`jaligining rivojlanishi quyidagicha: AQSH, Kanada, MDH,YAponiya va Xorijiy Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida iqtisodiy o`sish pasaygan. Masalan, XX- asr oxirida iqtisodiy o`sish Tojikiston, Ukraina, Moldaviya kabi davlatlarda yiliga 8 % ni tashkil etadi. Aksincha, Xorijiy Osiyo davlatlari va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yillik iqtisodiy o`sish ko`tarildi.Masalan, Xitoy iqtisodiyoti yiliga 10 %, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari 7 %, Hindiston xo`jaligi 6 % ga o`smoqda.
Jahonda mahsulot eksporti bo`yicha yetakchi davlatlar ulushi
XULOSA Bir necha ming yillar mobaynida o`limning juda yuqori va aholi o‘sish sur’atlarining past bo'lishligi o‘zining asosli sabablariga egadir. Dastavval, bu - moddiy va sanitar-gigiyenik shart sharoitlarning qoniqarsiz ahvolda ekanligi, qolaversa, vaqt-vaqti bilan takrorlanib turuvchi ocharchilik, o'lat, vabo va chechak epidemiyalari natijasida yuz minglab odamlarning qirilib ketishi bilan bop'langandir. Yer sharida bunday ofatlar 200-400, 1200-1300, 1600-1650-yillar ichida qayd etilgan bo'lib, o'sha davrlarda aholi soni umuman o‘smadi, 1300-1400-yillar davomida qora o‘lat epidemiyasining ta’sirida yer yuzasi aholi sonining 1/4 qismidan ajradi. Aholi ko'rsatkichlariga oxiri ko‘rinmayotgan urushlar ham katta ta’sir ko'rsatib kelmoqda. Urushlar XVIII asrda 5,2 mln., XIX asrda 5,5 mln., XX asrda esa deyarli 50 mln. kishining yostig‘ini quritdi.
XIX asrgacha bo'lgan davrda demografik jarayonlarda sezilarli o'zgarishlar bo'lmadi. Undan keyingi davrlarda aholining tabiiy harakati ko'rsatkichlarida demografik o'tish davriga xos jarayonlar boshlandi. U oila bajaradigan vazifalarining keskin o'zgarishi, turmushning nisbatan yaxshilanishi, aholining yosh tarkibidagi siljishlar va boshqa omillar bilan bog'landi.
Demograf olimlar demografik o`tish davri 4 ta ketma-ket keluvchi bosqichni o'z ichiga olishligini ilmiy asoslab berganlar. Birinchi bosqich uchun tug'ilishning yuqori darajada saqlanishi va o'limning keskin qisqarishi oqibatida vujudga keluvchi juda yuqori darajadagi tabiiy o'sish xosdir. Ikkinchi bosqich ko'p bolali oiladan kam bolali oilaga o'tish o'limning qisqarishi, tug'ilishning esa undan ham ko'p miqyosda qisqarishi natijasida tabiiy o'sishning kamayishi bilan ifodalanadi. Uchinchi bosqichda, awalambor, aholi ichida qariyalar sonining o'sishi hamda tug'ilishning asta-sekin pasayishi natijasida umumiy o'limning nisbiy darajasi birmuncha ko'tariladi. Mazkur bosqichda aholi soni juda oz miqdorda va jadal sur`atlarda o'sadi yoki qisqaradi (depopulyatsiya jarayoni). To'rtinchi bosqichda tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari tenglashadi, aholi sonining tabiiy-umumiy o'sishi umuman barham topadi.
Demografik o'tish davri dastavval Yevropada XVIII asrda boshlandi. Shunda tabiiy o'sish koeffitsienti 20-30 promillega teng bo'ldi. Buni haqiqatan ham demografik inqilob deb atash mumkin. Chunki 10-20 yil oldin atigi 5-10 promillega teng bo'lgan tabiiy o'sish koeffltsienti qisqa vaqt ichida 2-3 marta oshdi. Ushbu jarayon Yevropada 100-150 yil davom etdi. Undan keyingi davrda Yevropa mamlakatlari demografik o`tishning uchinchi bosqichida bo'ldilar. Binobarin, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Italiya, Daniya, Vengriya, Niderlandiyada aholining oddiy tabiiy-takror barpo etilishi ayrim yillarda ta’minlanmayapti, ya’ni o'lganlar soni tug'ilgan bolalar sonidan ko‘p bo'lmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko'pchiligi demografik o'tish jarayonining birinchi bosqichini o'tmoqdalar.