Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 111
w www.oriens.uz October 2022 davolash ko’rsatilgan. Masalan, chiqqan bo’g’inlarni (suyakni) joiga solish.
Allomaning “Tibbiy urjuza” asari 1972 yilda o’zbek tiliga ham tarjima qilinib bosib
chiqarilgan. Ibn Sinoning bu asosiy “Tibbiy urjuza” kitobidan tashqari, tibbiyotga oid
yana bir necha she’riy “Urjuza” kitoblari bo’lgan. Ular tibbiyotning ayrim maxsus
masalalariga bag’ishlangan bo’lib bizga quyidagilari ma’lum. 1. “Tana tuzilishiga oid
urjuza” kitobi. Bu kitob 98 baytdan iborat bo’lib unchalik katta emas. 2. “Jinsiy
mayllik haqida urjuza” 3. “Sog’liqni saqlash haqida tibbiy urjuza”. Bu 15 bayt (30
misra)dan iborat kichik she’riy asardir. 4. “Yilning to’rt fasli haqida tibbiy urjuza”.
Bu kitob ham unchalik ktta emas. Hammasi bo’lib121 bayt (242 misra)dan iborat. 5.
“Sinab ko’rilgan dori-darmonlar haqida tibbiy urjuza”. Bu asarda Ibn Sino o’zi uzoq
vaqt kasallarda sinab ko’rgan har xil dori-darmonlar haqida so’z yuritgan. 6.
“Gippokratning vasiyatlari haqida urjuza”. Bu asar 93 baytdan iborat. 7. “Tibbiy
nasihatlar haqida urjuza”. Bu asar 72 baytdan iborat. Ibn Sinoning tibga oid muhim
asarlaridan yana biri “Tibbiy qoidalarda uchraydigan xatolarni tuzatish” kitobidir. Bu
kitob “Tadbirda yo’l qo’yilgan har xil xatoliklarga qarshi chora ko’rish yo’li bilan
tanaga yetkazilgan turli zararlarni yo’qotish”, deb ham ataladi. Ibn Sino , o’zi
ta’kidlab o’tganidek, tibbiyotning asosiy vazifasi kasallikning oldini olish, ya’ni
uning rivojlanishiga yo’l qo’ymaslikdir. Bu masalaga alloma uzining bir necha
asarini bag’ishlagan. Shulardan biri “Salomatlikni saqlash haqida risola”dir. Bu
kitobcha 13 bobdan iborat. Asarda so’z asosan shaxsiy gigiyena haqida boradi. Ibn
Sinoning boshqa asarlari tibbiyotning ayrim xususiy masalalariga bag’ishlangan
katta-kichik kitoblardan iboratdir. Ular orasida 1-2 sahifalilari hab bor. Ibn Sinoning
“Tib qonunlari” va “Urjuza fi-t-tib” (“Tibbiy urjuza”) kabi tibbiy asari bilan bir
qatorda tibbiyotning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan turli
hajmdagi, “Al-Adviyati-l-qalbiya” (“Yurak dorilari”), “Kitob al-kulonj” (“Kulanj
haqidagi kitob”), “Maqola fi-n-nabz” (“Tomir urishi haqida maqola”), “Risola fi-l-
boh” (“Shahvoniy quvvat haqida risola”), “Risola fi-lfasd” (“Qon olish haqida risola”)
kabi risolalar ham bor. Falsafiy asari. Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim
asari “Kitob ash- shifo”dir. U 4 qismdan iborat: 1. Mantiq - 9 bo’lakka bo’lingan: 1.
“Al-madhal” (“Mantiqqa kirish”); 2. “Al-maqulot” (“Kategoriyalar”) 3. “Al-iborat”
(“Interpretasiya"); 4. “Al-qiyos” (“Sillogizm”); 5. “Al-burhon” (“Isbot”, “Dalil”); 6.
“Al-jadal” (“Tortishuv”, “Dialektika”); 7. “As-safsata” (“Sofistika”); 8. “Al-xitoba”
(“Ritorika”); 9. “Ash-she’r” (“Poetika”) (She’r san’ati); 2. Tibbiyot: (Bu yerda
minerallar, o’simliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida- alohida
bo’limlarda gapiriladi). 3. Riyoziyot - 4 fanga bo’lingan: 1. “Hisob” (“Arifmetika”);
2. “Handasa” (“Geometriya”); 3. “Astronomiya”; 4. “Musiqa” 4. Metafizika yoki