“Odamzodning sog’ligi ko’p jihatidan avvalambor uning o’ziga bog’liq. Buning uchun u o’z hayotini oqilona yo’lga qo’yishi, har qanday kasallikning oldini olish uchun sog’lom hayot tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilib yashashi lozim.” (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2004 yil 7 dekabrda so’zlagan nutqidan)
Turmush tarzi- inson hayotining shunday bir tayanch nuqtasiki, har bir inson unga tayangan holda, o’z hayotini tubdan o’zgartirishga erishishi mumkin.
Turmush tarzi- deganda inson bilan tabiiy ijtimoiy muhit o’rtasidagi barqaror va uzoqni ko’zlab o’rnatilgan munosabatlar tizimidan iborat bo’lgan jamiyatning axloqiy va moddiy qadriyatlari sifatida gavdalangan, intilishlari, maqsadlari, shakllangan xulqi, uzoq kelajakni o’ylab ish tutishi nuqtai nazardan esa jamiyatdagi mavjud qonunlar, ananalar va tartiblarga asoslangan holga o’zining turli xil ehtiyojlarini qondirib yashash tarzi tushuniladi.
Turmush tarzi – bu jamiyatda odamlarning faoliyati yurish turishi tartibi bo’lib, yashash sharoitlari bilan bog’langan, ularga javob beradi, ulardan u yoki bu darajada foydalanishni nazarda tutadi. Turmush tarzi- har bir shaxsning turmush kechirishi yoki boshqacha aytganda ularning yashash faoliyati shaklidir. Yashash sharoiti esa turmush tarzi bilan vositalashgan va shartlangan omillar yig’indisi bo’lib belglaydi yoki boshqacha qilib aytsak, yashash sharoiti turmush tarziga ta’sir kursatuvchi moddiy va manaviy omillar yig’indisidan tarkib topadi.
Turmush tarzi quyidagi 4 ta toifani o’z ichiga oladi: (Yu.P.Lisistin 1987y.)
Iqtisodiy yoki “yashash darajasi” – farovon yashash toifasi bo’lib uni son jihatdan o’lchash mumkin. Bunga milliy daroma, iste’mol fondlari, aholining haqiqiy daromadlari va ulardan foydalanishni, uy- joy bilan ta’minlanish, tibbiy xizmat ko’rsatish va savodxonlik darajasi, ish vaqti va bo’sh vaqtning davomiyligi, daromadlari tarkibi va xokazolarni kiritish mumkin
Ijtimoiy yoki “yashash sifati” esa uy-joy, yashash sharoitlari va ovqatlanish, qulayliklariga egaligi, ishdan qoniqishi, muloqotda bo’lishi kabilarni baholash uchun qo’llaniladigan toifa hisoblanadi.
Ijtimoiy ruhiy tomoni “yashash uslubi” tarzida baholanib, u har bir shaxsning o’ziga xos xususiyatlari- fikrlashi va tafakkur dirasi kabilarni qamrab oladi.
Ijtimoi- iktisodiy tomoni esa –odamlarning jamiyatda tutgan o’rni, hayoti, turmushi, madaniyati hamda ularning yashash faoliyatlarini belgilaydi. Turmush tarzi – deganda insonlarning muayyan ijtimoiy muhitda, jamiyatda o’zini tutishi, ularning mehnat faoliyati va moddiy sharoitlarini o’zaro dialiktik munosabatlaridan iborat falsafiy kategoriya tushuniladi.
Shunday qilib turmush tarzi – ijtimoiy- iqtisodiy farmatstiya va jamiyatning ob’ektiv rivojlanish jarayonlari bilan bog’langan holda shakllanib, u tarixiy rivojlanishning malum bosqichida ishlab chiqarish usuliga bog’liq holda paydo bo’ladi.
Odatda turmush tarzining quyidagi turlari farqlanadi: mexnat faoliyati bilan boo’liq turmush tarzi;
Ijtimoiy – siyosiy faoliyat bilan bog’liq turmush tarzi;
Tashqi dunyoni bilib olish, bilimlarga intilish bilan bog’liq turmush tarzi;
Madaniy hayot bilan bog’langan turmush tarzi;
Oila va tarbiyaviy jarayonlarbilan bog’liq turmush tarzi.
Mexnat faoliyati va ishlab chikarish bilan bog’lik turmush turmush tarziga: mexnatning turi, uning mazmuni ,tarkibiy kismlari, tashkil kilish darajasi va xokazolar kiradi. Bunda ishlab chikarish tarmogi ,jismoniy yoki intellektual ish rejimi,avtomatlashtirish yoki mexanizastiyalash darajasi, mexnat intizomi, ish xajmi, tashabbuskorlik, mexnatga va jamoaga munosabati, ruxiy va emostional xolat,uz ishidan qoniqish xosil kilish darajasi kabilar inobatga olinadi.
-Turmush tarzining muxim turiga insonning ijtimoiy siyosiy faolligi xam kiradi. Bularga doimiy ravishda jamoatchilik asosida ma’lum vazifani bajarish, saylov organlari ichida katnashish, mamlakatning tashki va ichkisiyosati masalalarida savodxonligi ,siyosiy adabiyotga kizikish,yigilishlarda katnashib,chikishlar kilish va xokazolar kiradi.
-Turmush tarzining boshka turlariga insonning turmushda,jamoatchilik oldida uzini tuta bilishi oilalarning moddiy jixatidan ta’minlanganligi oila byudjetidan foydalanish uning taksimoti, shu jumladan:
oila a’zolarining ozik-ovkat maxsulotlari bilan ta’minlanishi:
uy-joy va yashash sharoitini yaxshilash;
kiyim-kechak sotib olish;
madaniy extiyojlarga: teatr kino, kitoblar, sotib olish, gazeta va jurnallarga obuna bulish va boshkalarni sanab o’tish mumkin.
-Insonlarning turmush tarziga ularning yashash sharoitlari xam bevosita yoki bilvosita ta’sir kursatadi. Bunga moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va boshka omillar ta’sirini misol kilib keltirish mumkin.
-Odamlarning yashash sharoitlari – mexnati, turmushi, bilimi, madaniyati, ovkatlanish tarzi, uy-joy sharoiti, oila byudjeti tarbiyasi, oilaviy munosabatlari va boshka ijtimoiy omillar kishilarning turmush tarziga uz ta’sirini utkazadi.
Shuning uchun odamlarning yashashi va turmush darajasi turli mamlakatlarda turlicha bulib, u mamlakatning iktisodiy-ijtimoiy rivojlanishi,siyosiy xolati,ishlab chikarish kuchlarining rivojlanganligi,mamlakat milliy daromadi va iste’mol fondlari xajmi, odamlarning daromadi, uy-joy bilan ta’minlanishi, tibbiy yordam olish darajasi,axolini savodxonligi, ish vaktining davomiyligi, salomatlik kursatkichlari va demografik jarayonlar xolati kabilar bilan belgilanadi.
Turmush tarzini belgilovchi bosh omil insonning uzidir. Inson o’zi uchun ijod kiladi, yashashi uchun sharoit yaratadi.
Tibbiyot ilmining otasi Gippokrat “Insonning faoliyati kanday bulsa,uning uzi xam,tabiati xam,kasalliklari xam shunday” deb ta’kidlab, insoniyatning sog’ligi va kasalligini uning turmush tarzi, fikrlash doirasi, o’zini tuta bilishi kabilarni o’rganish orqali bilib olish mumkin ekanligini ko’rsatib o’tgan edi.
Turmush tarzi inson faoliyatining shunday – “tayanch nuqtasiki”, tibbiyot ilmi unga tayangan holda, odamlar salomatligini tubdan yaxshilashga erishishga yul topadi.
Sog’lom turmush tarzi – shunday yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi zararli omillar bo’lmasligi, inson ulardan ongli ravishda o’zini chetga olishi kerak.
Sog’lom turmush tarzi yoki oqilona yashash tarzi tushunchalari keng qamrovli bo’lib,uz ichiga insonning tug’ilishidan boshlab umrining oxirigacha aql farosat bilan yashashini – zararli odatlardan xoli bo’lishini, to’g’ri ovqatlanib, to’g’ri dam ola bilishi kabi ko’plab boshqa ijobiy xislatlarini oladi. Oqilona turmush tarzi har bir insonning aql farosati – bilan yaratiladi va har bir kishi uchun individualdir. Bir kishiga foydali bo’lgan narsa boshqaga zarar keltirishi mumkin. Hayot ritmi, mehnat qilish va uxlash davomiyligi, qabul qilinadigan miqdori va sifati har bir inson tomondan o’z ehtiyoji va imkoniyatiga qarab tanlab olinishi zarur. Shuning uchun ham salomatlikni inson aqlining mahsuli deb karash kerak. Insonni uning o’z xohishiga qarshi sog’lom qilish va unga uzoq umr baxshida etish aslo mumkin emas. Sog’lom turmush tarzi o’z asosida biologik va ijtimoiy tamoyillarni mujassamlashtiradi.
Biologik nuqtai nazardan sog’lom turmush tarzi:
Organizmning yoshiga bog’liq xususiyatlarga va salomatlik holatiga mos kelishi, organizmning energiya ta’minotiga bulgan talabini iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat maxsulotlari xisobiga to’la qondirilishi;
Organizmning mustahkam va jismoniy faol bo’lishi;
Belgilangan kun tartibiga rioya qilish, mexnat qilish va dam olishni mutanosib qilishga asoslanishi, hayot ritmlariga mos kelishi. Ijtimoiy nuqtai nazardan esa:
Fan – texnikaning g’oyat ulkan imkoniyatlari odamlardan sog’lom turmush tarzini shakllantirishni o’z-o’zidan taminlab bermaydi.Bu o’rinda sub’ektib omilning, ya’ni sog’lom gigienaga asoslangan turmush tarzini ta’minlovchi kuchli ijtimoiy siyosatning faol rol o’ynashi talab etiladi. Sog’lom tarzi mexnat, turmush va dam olish gigienasi, shaxslar aro madaniyatini, ekologik madaniyat o’z organizmini fiziologik jihatdan avaylash va atrofdagilarning salomatligi to’g’risida qayg’urish singari kopleks omillarni o’z ichiga oladi.
Mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti o’sib va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda sog’lom turmush tarzining ijtimoiy – gigienik mezonlarini aniq belgilab olishning ahamiyati ayniqsa ortadi.
Me’zon- bu shunday bir o’lchamki uning yordamida biz uchun o’lchanishi zarur bo’lgan jarayonlarning shakllantirilgan etalon (standart) bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lamiz, uni baholay olamiz. Sog’lom turmush tarzidek murakkab ijtimoiy jarayonlarini o’lchashda uning biz uchun maqbul va zarur bo’lgan o’lchamlarini shakllantirish muhim amaliy axamiyatga egadir. Sog’lom turmush tarzini o’lchashda ishlatilishi mumkin bo’lgan bunday mezonlar qatoriga shaxsning:
Jamoatchilik va mehnat jarayonlariga faollik ko’rsatib, samarali ijodiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi.
O’zidagi jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarni ro’yobga chiqarishga intilishi
tabiiy va ijtimoiy muhit bilan mutanosiblikda yashashi
Sog’lom va barkamol inson bo’lib shakllanish uchun o’z shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishga intilishi
Nosog’lom turmush tarziga xos zararli odatlarning quliga aylanib qolishdan va o’z umrini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tushib qolishidan asrashga intilib yashashi.
Faqat uzoq yashayotgani uchun emas, balki hayotda to’g’ri yashayotganidan ham qoniqish hosil qilib, zavqlanib yashashga intilishi
Sog’lom turmush tarzini o’zi uchun bir umrga hamroh qilib olishi kabi qimmatli sifat va xususiyatlarni kiritishi mumkin.
Nosog’lom turmush tarzida yashash – tana ehtiyojlariga yo’l berish, biologik instinktlar talabi bilan chegaralangan holda, vegetativ turmush tarzida yashashdir.
Inson o’z salomatligini va taqdirini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tashlab qo’yib, sog’ligini o’zining zararli odatlariga qurbon qilishi, insonning shaxs sifatida parchalanishi va tubanlikka yuz tutishidir.
Nosog’lom turmush tarzi – axloqsiz yashash va nopok turmush kechirishdir.
Nosog’lom turmush tarzida yashashning oqibati inson mohiyatining yuzaga chiqmasdan yopiqligicha qolib ketishidir, jamiyatning esa iste’dodlardan mahrum bo’lishidir, shaxs dunyoqarashining chegaralanganligi, o’z salomatligiga qadriyatlar pillapoyasidan munosib o’rin ajratolmaslik, uni oliy qadriyat sifatida qadrlash darajasiga ko’tara olmasdan yashab o’tish tarzidir.
Komil inson g’oyasi – ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob g’oyadir.
Bu g’oya butun xalqlarni yuksak taraqqiyot etaklagan, ularni ma’naviyat va ma’rifat sohasida milsiz yutuqlarga ilhomlantirgan.
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga etkazish haqida qayg’armagan xalqning va millatning kelajagi yo’q.
Komil inson g’oyasi azaldan xalqimizning ezgu orzusi bo’lib kelgan. Shu sababli yangilanayotgan jamiyatimizda sog’lom avlodngi tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajasiga ko’tarish orqali barkamol insonlarni voyaga etkazishga muhim e’tibor berilmoqda.
Sharq falsafasida va ma’naviyatida birinchilar qatorida komil inson tushunchasini ta’riflab bergan ulug’ donishmand va faylasuf olim Jaloliddin Rumiy bo’lib hisoblanadi. Rumiy sog’lom va barkamol shaxs g’oyasini ta’riflab, komil insonlar shunday insonlarki, ular o’zlarida dunyoviy va diniy ilmlarni mushtarak qilib o’zlashtirib, millat manfaatini, vatan manfaatini o’zinikidan ustun qo’ya oladilar. Ular yolg’iz o’z manfaat va ehtiyojlari bilan band bo’lib, tirikchilik tashvishlaridan zir yugurib, ulardan baland ko’tara olmagan va o’zining insoniy mohiyatini anglash darajasiga etmagan odamlardan farqli o’laroq, o’z mohiyatini chuqur anglagan mukammal insonlardir, shu boisdan ularni – komil inson deb ataydilar.
Respublikamizning buyuk kelajagi ana shunday komil insonlarni tarbiyalab, etishtirish darajasi bilan belgilanadi.
Insoni komil – olamning gultojidir, butun insoniyatning orzusi va barcha xalqlarning maqsadidir.
Jaloliddin Rumiy Hazratlari inson bolasini uning o’ziga tanishtirib, u maqsad – inson, lekin oddiy inson emas, o’z-o’zini bilgan va ikki olamga barobar inson. Rumiyning fikricha o’z-o’zini anglagan va o’z-o’zini unutib, dunyo bilan birikkan Tangriga eng yaqin insondir. Zero komil inson Xudoga juda yaqin ekan, uning kamolot yo’lidagi mehnat va muhabbati insoni komilga sidqi sadoqat borasidagi intilishlari ham muqaddasdir.
Mavlono Rumiy Insonni, avvalo ko’zini ochishga va ochilgan ko’zlari bilan o’z mohiyatiga nazar tashlashga undaydi, insonning o’zi bir butun kichik olam ekanligini uqtiradi. Mashoyixlarning “o’zini bilgan avliyo bo’ladi” degan fikrini isbotladi.