Mavzu: Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanishni boshqarish samarqand 2020



Yüklə 197,55 Kb.
səhifə1/10
tarix07.01.2024
ölçüsü197,55 Kb.
#201572
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanishni-www.fayllar.org


Mavzu: Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanishni


Mavzu: « Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanishni
boshqarish


SAMARQAND - 2020

i

MUNDARIJA

KIRISH 3

  1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI 5


  2. QISHLOQ XO’JALIGIDA RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISHNI BOSHQARISH 9


    1. Yer-suv resurslari va ulardan foydalanish boshqarish holati 9


    2. Moddiy resurslar va ulardan foydalanishni boshqarish holati 10


    3. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish holati 12


  3. FERMER XO ’ JALIKLARIDA TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH SAMARADORLIGI, MEZONI VA KO’RSATKICHLARI 13


    1. Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslar foydalanishni boshqarish samaradorligi tushunchasi va mezoni 13


    2. Fermer xo’jaliklarida yer-suv resurslaridan foydalanishni boshqarish samaradorligining hozirgi holati 16


    3. Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligining hozirgi holati va dinamikasi 19


  4. FERMER XO’JALIKLARIDA TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH 22


    1. Qishloq xo‘jalik yerlarini baholash, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda davlatning roli 22


    2. Qishloq xo’jaligi boshqaruvida yer-suv resurslarining meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari 23


    3. Qishloq xo’jaligida sug’orish tizimida yangi texnologiyalarni qo’llash 27


XULOSA VA TAKLIFLAR 32


2
KIRISH


So’nggi yillarda qishloq xo’jaligi sohasiga oid 5 ta qonun, 20 dan ortiq farmon va qaror qabul qilindi, 2 ta yangi qo’mita va 3 ta uyushma tuzildi. Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi faoliyati tubdan takomillashtirildi. Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta’minlash maqsadida har yili davlat byudjetidan 2 trillion so’mdan ortiq, sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun 400 milliard so’mdan ziyod mablag’ ajratilmoqda1.
Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta yetishtiradigan fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan mablag’ ajratish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Agar 2008 yilda ushbu maqsadlar uchun 80 milliard so’m mablag’ yo’naltirilgan bo’lsa, joriy yilda bu ko’rsatkich 300 milliard so’mni tashkil etdi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yer-suv resurslarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki ular yordamida mamlakatimiz ichki yalpi mahsulotining to’rtdan uch qismi, xalqimiz iste’mol qilayotgan mahsulotlarning 95 foizi yetishtirilmoqda. Shunday ekan, ulardan kelajakda yanada to’liqroq, samaraliroq foydalanish dolzarb muammo hisoblanadi. Uni hal etish maqsadida respublika hukumati tomonidan siyosiy, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, yer, suv, mulk to’g’risidagi qonunlar, kodekslar qabul qilindi. Ularda respublikamizda yerlarga, suvlarga egalik qilish, ulardan maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish borasidagi munosabatlar tizimi va ularni amalga oshirish tartibi ko’rsatilgan. Yer resurslariga egalik qilishning huquqiy asosi O’zbekiston Konstitusiyasining 55-moddasida «Yer-suv umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» deb alohida ta’kidlangan.
Respublikamiz jami yer maydoniga umummilliy boylik, davlat mulki sifatida egalik qilish huquqi O’zbekiston Oliy majlisi zimmasiga yuklatilgan. Oliy Majlis o’z vakolatidagi yer munosabatlarining ayrim masalalarini xalq deputatlari qishloq, shahar, tuman hamda viloyat kengashlari va ularning ijroiya qo’mitalari zimmasiga yuklagan. Ular yuqorida keltirilgan qonun talablaridan kelib chiqqan holda yerlarni ulardan oqilona, samarali foydalanish maqsadida foydalanuvchilarga ma’lum muddatga haq to’lash evaziga foydalanish uchun bermoqdalar. Demak, ular yer islohotini amalga oshirishga ma’suldirlar. Chunki ular yerlarni samarali foydalanish uchun haqiqiy egasiga berish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal etadilar.
Tabiiy resurslar sirasiga fermer xo’jaliklari darajasida yer-suv resurslarini kiritish mumkin. Hozirgi vaqtda mintaqa suv xo’jaligi tizimlarida ko’pgina yechilmagan muammolar mavjud. Bu muammolar davlatlararo suv zahiralarini boshqarish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suv sifatini yaxshilash, xo’jaliklararo suv taqsimotini takomillashtirish kabilardir. Bu muammolarni yechish
  • mintaqa suv zahiralarini samarali boshqarish tizimini yaratish, suv tejovchi va





1 Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017

3
muhofaza qiluvchi texnologiyalarni joriy qilishni taqozo etadi. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini tadqiqot ob’yekti sifatida tanlaganimiz Payariq tumani fermer xo’jaliklari misolida tahlil qilamiz.


Mazkur kurs ishi maqsadi sifatida fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslar (yer- suv) dan samarali foydalanishni tashkil etishni tahlil qilib, tegishli ilmiy xulosa va tavsiyalar berishni belgilab oldik.
Kurs ishini bajarish davomida quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
  • mavzuning turli ilmiy adabiyotlarda yoritilishini o’rganish;


  • tadqiq etilayotgan fermer xo’jaliklarida yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligining holati tahlili;


  • yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish;


  • fermer xo’jaligida amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan ilmiy xulosa va amaliy takliflar ishlab chiqish.



4




  1. Yüklə 197,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin