MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI.
Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport va kommunikasiyalar, daryo va suv havzalar bilan band yerlar, o’rmon xo’jaligi yerlari, harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zahira fondidan iborat. Biz uchun eng muhimi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi. Respublikaning yer manbalari tabiiy va u qishloq xo’jaligi tarmog’ida foydalanadigan resurs sifatida kamayib bormoqda.
Tadqiqotlarimiz davomida ba’zi adabiyotlarni o’rganib chiqdik va ularga oid sharhlarni keltirdik:
O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Davlat yer kadastri to’g’risida. 28.08.1998 y. 666-I-son.
Mazkur Qonunning maqsadi davlat yer kadastri yuritishning, iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning kafolatlarini ta’minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida//O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. -Toshkent, 2013. -12-son, 155-modda.
Mazkur Nizomda ba’zi suv xo’jaligiga oid tushunchalarga ta’rif berib o’tilgan:
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv ob’yektidan olmagan holda ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanish;
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv ob’yektidan olmagan holda ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suv iste’moli (suvni iste’mol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o’z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv ob’yektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish;
suv iste’molchisi — o’z ehtiyojlarini qondirish uchun suv ob’yektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suv iste’molchilari uyushmasi — yuridik shaxs bo’lgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Fermer xo’jaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo’shimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida. 14.01.2018. 25-son
Keyingi yillarda qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida fermer xo’jaliklarining yer uchastkalaridan, ayniqsa, dala chetlari, sug’orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo’ylaridagi yerlardan foydalanishga munosabati o’zgardi, ushbu yerlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish orqali qo’shimcha daromad olish hamda o’z
5
xodimlarining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish borasida salmoqli ijobiy natijalarga erishildi.
Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 08.12.2018
Sizlarga yaxshi ma’lumki, yurtimizda keyingi ikki yilda barcha sohalar qatori qishloq xo’jaligi bo’yicha ham muhim dasturlar, “yo’l xarita”lari ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, dehqon va fermerlar, dala ishchilari mehnatini munosib qadrlash va rag’batlantirish maqsadida davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan paxta va g’allani moliyalashtirish tartibi o’zgartirilgani, O’zbekiston tarixida birinchi marta fermerlar o’z mablag’larini mustaqil sarflash huquqiga ega bo’lganini ta’kidlash lozim.
Bu yilgi mavsumda g’alla yetishtiradigan fermerlarga 1 trillion 33 milliard so’m yoki o’tgan yilga nisbatan 142 foiz, paxtachilik xo’jaliklariga esa 5 trillion 138 milliard so’m yoki o’tgan yilga nisbatan 2,4 marta ko’p imtiyozli kreditlar ajratilgani soha rivojiga yuksak e’tibor namunasidir.
Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018
Murojaatnomada ta’kidlanishicha, qishloq xo’jaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilg’or texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng muhim vazifamizdir.
Keyingi yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun 48 ta paxta-to’qimachilik klasterini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o’rganish va keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib etishga bag’ishlanganilmiy-ommabop qo’llanma. - T.: Ma’naviyat, 2019. - 312 b.
Ushbu o’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilgan Murojaatnomada bayon qilingan konseptual fikr va g’oyalar, belgilab berilgan maqsad va vazifalar, o’rtaga qo’yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilingan.
2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalarda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar va ularning natijalari aniq misollar orqali ko’rsatib berilgan.
Qo’llanmada asosiy e’tibor Murojaatnomada alohida ta’kidlangan ustuvor yo’nalishlar mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda yoritilib, ularni keng jamoatchilik, xususan, talaba-yoshlar o’rtasida targ’ib etishga qaratilgan. Shu maqsadda real faktlar, analitik material va jadvallar, Murojaatnoma haqida dunyo hamjamiyati tomonidan bildirilgan fikr va e’tiroflar keltirilgan.
Abdug’aniyev A. Qishloq xo’jalik yerlaridan to’liq va samarali foydalanish istiqbollari//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2013. -№7. -35-36-b.
Olim mulohazasida ta’kidlanishicha, 2012 yil ma’lumotlariga ko’ra mamlakatimiz qishloq xo’jaligida 25252,2 ming ga yoki jami yer fondining 56,86 foizini tashkil etadi. Mavjud qishloq xo’jalik yerlarining meliorativ holati
6
yomonlashib borishi oqibatida yiliga 700 ming tonnage yaqin g’alla, 416 ming tonnage yaqin paxta xom-ashyosi kam yetishtirilmoqda. Olim o’z maqolasida, meliorativ holati yomonlashgan qishloq xo’jalik yerlaridan samarali foydalanish uchun bir qator irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishni tavsiya etadi.
Babajanov A., Usmonov Y., Boyqulov J. Qishloq xo’jalik yerlaridan barqaror foydalanishning tashkiliy-xo’jalik va agrotexnik tadbirlari//Agroilm- O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2018. -№1 (51). -64-65-b.
Mualliflar jamoasi, qishloq xo’jaligida yer-suv resurslariga to’xtalib o’tar ekan, shunday xulosaga kelishgan. Mamlakatning sug’oriladigan hududlarida yerlardan barqaror foydalanishni ta’minlash birinchi galda qihloq xo’jalik maydonlarining meliorativ holatini yashilash, sug’orish va kollektor-zovur tarmoqlarini doimiy ishchi holatida saqlash va hokazolar bilan bog’liqdir.
Gapparov F. Sug’orish tarmoqlari soz bo’lsa suvdan samarali foydalanish mumkin//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2014. -№11. -13-b.
Kuzgi-qishki mavsumda belgilangan tadbirlarning joylarda bajarilishi kelgusi yil hosili uchun puxta zamin bo’ladi. Sug’orish tarmoqlarini loyqa-cho’kindilardan, har xil o’simliklardan tozalab qiyaligining mustahlkamligini oshirish suv yo’llarining ravonligini va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi.
Yuqorida ta’kidlangan tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish, kelgusi yilda suvdan oqilona va samarali foydalanish, iste’molchilarni ishonchli ravishda suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Ergashev O. Tuproq unumdorligini oshirish//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2014. -№3. -44-b.
Muallif tuproq unumdorligini oshirish uchun tog’-kon sanoatida to’planib qolayotgan chiqindi uyumlari tarkibini o’rgangan holda, ularni ma’lum me’yorlarda ishlatib boorish ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan ijobiy samara berishini ta’kidlaydi. Tadqiqotlar evaziga keladigan noan’anaviy agroruda va mineral xom- ashyolardan unumli foydalanish yuqori va sifatli hosil olish, shuningdek, xarajatlarni tejash imkonini beradi.
Mirzajonov Q., Isayev S. Yerlarning meliorativ holati nimaga bog’liq//Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2014. -№4. -60-62-b.
Mualliflar maqolada yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, jumladan sho’rga qarshi kurashish yer unumdorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
Murtazayev O., Axrorov F.. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. -T.: ILM- ZIYO, 2017.
Mazkur darslikning 6-bobi «Qishloq xo’jaligining yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanish» deb atalib, 6.3 - Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi mavzusida quyidagilar keltirilgan: “Suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi: 1 so’mlik xarajatlar hisobiga olingan qishloq xo’jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining, sof daromad (foyda) ning o’sishi va shuningdek, 1 kub metr foydalanilgan suv hisobiga olingan qishloq xo’jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining va sof daromad (foyda) ning o’sishi hisoblanadi. Suvdan o’simlikning talabidan kelib chiqqan holda
7
rejali va me’yorda foydalanish yer-suv resurslaridan foydalanishning va bir butun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishga olib keladi”.
8
№
|
Yo'nalishlar
|
soni
|
yer maydoni, ga
|
ekin maydoni, ga
|
|
Jami
|
1736
|
66559
|
51412
|
1
|
Paxta va g’allachilik
|
1149
|
36874
|
30273
|
|
salmog'i,%
|
66,2
|
55,4
|
58,9
|
2
|
Sabzavot polizchilik
|
4
|
30
|
7
|
|
salmog'i,%
|
0,2
|
0,0
|
0,0
|
3
|
Bog’dorchilik va uzumchilik
|
185
|
4525
|
2368
|
4
|
Chorvachilik
|
148
|
5439
|
3456
|
5
|
G’allachilik (lalmida)
|
244
|
19656
|
15291
|
6
|
Boshqalar
|
6
|
35
|
17
|
*Manba: Payariq tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari
9
№
|
Ekin turi
|
Sug’orish
soni
|
Sug’orish me’yori, m3/ga
|
Mavsumiy sug’orish me’yori, m3/ga
|
1.
|
G’o’za
|
5-7
|
800-1200
|
5000-8000
|
2.
|
Kuzgi bug’doy
|
4-5
|
700-800
|
3000-4000
|
3.
|
Makkajo’xori
|
7-8
|
700-800
|
5000-6500
|
4.
|
Beda
|
10-12
|
1000-1200
|
10000-12000
|
5.
|
Qand lavlagi
|
6-8
|
500-600
|
3000-4000
|
6.
|
Tamaki
|
7-8
|
750-850
|
5000-6500
|
7.
|
Kartoshka (ertagi)
|
7-8
|
400-500
|
3000-4000
|
8.
|
Pomidor
|
15-16
|
600-700
|
9000-10000
|
9.
|
Piyoz
|
18-20
|
500-600
|
9000-12000
|
10
|
Sabzi (kechki)
|
8-12
|
500-550
|
5000-6000
|
11.
|
Chuchuk qalampir
|
14-15
|
600-700
|
9000-10000
|
12.
|
Baqlajon
|
15-16
|
600-700
|
9000-10000
|
13.
|
Oqbosh karam
|
14-15
|
600-700
|
9000-10500
|
14.
|
Bodiring
|
12-14
|
500-550
|
6000-7500
|
15.
|
Sarimsoq
|
7-10
|
500-600
|
4000-60000
|
16.
|
Qovun
|
5-6
|
600-700
|
3000-4000
|
17.
|
Tarvuz
|
5-6
|
600-650
|
3000-3900
|
18.
|
Qovoq
|
6-7
|
650-750
|
4550-6000
|
19.
|
Kungaboqar
|
3
|
600-800
|
1800-2400
|
20.
|
Sholi
|
-
|
-
|
3000 gacha
|
*Man
|
ba: Ismoilov A., Murtazayev O. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. Darslik. -T.:Moliya, 2005.
|
Dostları ilə paylaş: |