Mavzu: Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanishni boshqarish samarqand 2020



Yüklə 197,55 Kb.
səhifə9/10
tarix07.01.2024
ölçüsü197,55 Kb.
#201572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanishni-www.fayllar.org

XULOSA VA TAKLIFLAR.

Fermer xo’jaliklari miqyosida tabiiy resurslar sirasiga yer va suv resurslari kiritilib, kurs ishimizda Payariq tumani fermer xo’jaliklarida yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligi o’rganildi. Agrar sektordagi asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer aholining asosiy hayot kechirish faoliyatining negizi hisoblanadi. Yerdan oqilona va samarali foydalanish ko‘p jihatdan mamlakatda yuzaga kelgan yer munosabatlari orqali belgilanadi. Ular o‘z navbatida, yerga egalik qilish, undan foydalanish masalasida qishloqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar va davlat hokimiyati organlarining barcha darajalaridagi ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi.


Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslardan samarali foydalanish holati o’rganildi va quyidagi xulosalarga kelindi:
  1. Payariq tumani fermer xo’jaliklarida 2016-2018 yillarda ishlab chiqarishning sifatiy ko’rsatkichlari va asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chi qarishda pasayish kuzatildi. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar bilan ta’minoti yaxshilangan, jumladan, yer resurslarida - 12,5%, mehnat resurslarida - 19,9%, moddiy resurslar qiymatida - 8,7% o’sish kuzatildi. Olingan daromad 2018 yilda 721492,0 mln so’m bo’lib, 2016 yilga nisbatan - 150179,7 mln so’m yoki 26,3%ga oshgan. Jami xarajatlar - 2016-2018 yillarda 139923,6 mln so’mga yoki 28,4%ga oshgan. Yalpi foydada o’sish 13,1%ni tashkil etdi. Tuman fermer xo’jaliklarining rentabellik darajasi 2016 yilda 15,9%, 2018 yilda - 14,0%ni tashkil etib, 1,9 punktga pasaygan.


  2. Tumanda 2018 yilda 1736 fermer xo’jaliklari bo’lgan, ular ixtiyorida 66559 ga yer maydoni bo’lib, ularga 456,8 mln m3 suv yetkazib berilgan. Tuman fermer xo’jaliklarida 1 fermer uchun o’rtacha ko’rsatkichlar va o’rtacha 1 ga yer maydoniga to’g’ri kelgan ko’rsatkichlarda o’sish kuzatilgan bo’lsa, o’rtacha 1000 m3 suv resursi hisobiga olingan ko’rsatkichlarda kamayish kuzatildi.


  3. Tumanda 1 fermer uchun o'rtacha yer maydonida - 5,9%, yetkazilgan suv resurslari - 24,4%, olingan daromad - 18,9%, xarajatlar - 20,8%, foyda - 6,4% oshgan. O'rtacha 1 ga yer hisobiga yetkazilgan suv resurslari - 17,5%, olingan daromad - 12,2%, xarajatlar - 14,1, foyda - 0,5% oshgan. O'rtacha 1000 m3 hisobiga to’g’ri keladigan yer maydoni - 14,9%, olingan daromad - 4,4%, xarajatlar - 2,9%, foyda - 14,4% kamayganligi aniqlandi.


  4. Payariq tumani fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslar hisobiga olingan foyda turli ko’rinishda o’zgargan. Tuman fermer xo’jaliklarida foyda 1 fermer uchun o'rtacha 2016 yilda 47990,4 ming so'm bo’lib, 2018 yilda 51078,6 ming so'mni tashkil etdi va 3088,2 ming so'm yoki 6,4%ga oshgan. O'rtacha 1 ga yer hisobiga 2018 yilda 1332,2 ming so'm bo’lib, 2016 yilga nisbatan 6,6 ming so'm yoki 0,5%ga oshgan. O'rtacha 1000 m3 hisobiga 2018 yilda 194,1 ming so'mni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 32,7 ming so'm yoki 14,4%ga kamaygan.


Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari bo’yicha quyidagi takliflarni bermoqchimiz:


32

  1. Ekin ekilayotgan yer maydoni hisobini to’g’ri olib borish. Ba’zan paxta yoki boshqa ekin maydoni hujjatlardagi maydon bilan mos tushmaydi.

  2. Yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida hosildorlikni oshirish lozim. Buning uchun yuqori hosildor, intensiv navlarni joriy etish kerak.


  3. Unumdorlikni oshirishda biologik yo’llar orqali chirindi, mahalliy o’g’it, takroriy ekinni haydab tashlash yo’llaridan ko’proq foydalanishni takshil etish, fizik va ximiyaviy usullardan kamroq foydalanish kerak.


  4. Yer resurslaridan intensiv foydalanish imkoniyatlaridan fermer xo’jaliklarida samarali foydalanish yo’llaridan foydalanish kerak.


  5. Ariq-zovurlar, daryo va sug’orish inshoatlari atrofida suv yuvib ketish hollarini kamaytirish maksadida butalar va shu kabi o’simliklarni ekish maqsadga muvofiq.


  6. Qishloq va suv xo’jaligini ilm-fanni rivojlantirish;


  7. Innovatsiyalar bo’yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.



33



Yüklə 197,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin