2022 ibn sinoning falsafiy qarashlari abdumo‘min Jumayev Abulfayz o‘g‘li



Yüklə 195,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix07.01.2024
ölçüsü195,56 Kb.
#206969
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
ibn-sinoning-falsafiy-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
114 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
hodisalarni bilish kerak”. Bundan kelib chiqadiki, tabib o’z faoliyatida, dastlab 
sog’likni yo’qotishga olib kelgan sababni aniqlab olish zarur. Ibn Sino sog’lik 
to’g’risida bunday deydi: “Sog’lik shunday holatki, bunda organlar o’z vazifasini 
to’la bajarish qobiliyatiga ega bo’ladi”. Allomani bundan ming yil muqaddam aytgan 
bu fikrlari yuksak darjada rivojlangan hozirgi zamon tibbiyoti va uning profilaktik 
prinsiplariga tamomila mos keladi. Ibn Sino amaliy tabobatni ikkiga bo’ladi. 
Bulardan biri, sog’lom tana rejimi, ya’ni salomatlikni saqlashga qaratilgan tadbirlar 
bo’lsa, ikkinchisi nosog’ (kasal) tana rejimidir. Bunda organizmni normal holatga 
qaytarish ko’zda tutiladi. Buni alloma davolash bilimi deb ataydi. Ibn Sino 
ta’limotining davomchilari. Ibn Sino o’zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan 
keyingi davr Sharq va G’arb madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Sharqning 
Umar Hayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Nizomiy 
Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulug’bek, Bedil 
kabi mutafakkir va olimlari o’z asarlarida Ibn Sino ta’limoti va ilmiy g’oyalarini 
davom ettirdilar. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano 
Buruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, 
Foma Akviyeskiy, Rojer Bekon, Dantem va boshqalar Ibn Sinoning ilg’or fikrlaridan 
o’z ijodlarida foydalandilar va uning nomini zo’r hurmat bilan tilga oldilar. Ayni 
vaqtda ham Ibn Sinoning asarlari dunyoning turli kutubxonalarida, faylasuflar, 
shifokorlar, matematik va tilshunoslarning kitob javonlarida avaylab saqlanmoqda. 
Butun ilg’or insoniyat, xususan o’zbek xalqi, ilm-madaniyat ahli aql va adolat 
tantanasi uchun kurashgan, fan, haqiqat yo’lida butun hayotini ilm-fanga, madaniyat 
va ma’rifatga bag’ishlagan ajoyib iste’dod egasi Ibn Sino bilan g’ururlanadi. Ibn 
Sinoga berilgan tavsif. U o’z ilmi, merosi bilan o’rta asr Sharqining ilmiy madaniy 
qudratini butun dunyoga namoyon qilgan. Butun insoniyat madaniyatining rivojiga 
ulkan hissa qo’shgan. Shuning uchun ham Ibn Sino jahon madaniyatining buyuk 
siymosi, eng katta faylasuf, tabiatshunos, insonshunos, mashhur ensiklopedist sifatida 
tan olindi. Ibn Sinoning jahon fani va madaniyati rivojiga qo’shgan hissasini 
e’tiborga olib, Jordano Bruno Ibn Sinoni qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi 
Aristotel, (vrach) tabib Golenlar bilan teng qatorga qo’ysa, A. Dante o’zining «Ilohiy 
komediya»sida olimni Ptolomey, Evklid, Gippokratlarga tenglashtiradi. Nemis 
faylasufi L. Feyirbax olimni “Mashhur tabib va faylasuf”dir desa, Hindostonning 
buyuk davlat arbobi J. Neru o’zining “Hindistonning ochilishi” degan asarida O’rta 
Osiyo olimlarining tilga olar ekan, Ibn Sino nomini alohida ta’kidlab: “Ulardan eng 
mashhuri tabiblar (vrachlar) podshohi degan nomni olgan Buxorolik Ibn Sino 
(Avisenna)dir”,- deb, hurmat bilan tilga oladi. Demak, ibn Sinoning shaxsiy faoliyati 



Yüklə 195,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin