Mavzu: Bolalarga va o’smirlarga davolash profilaktik yordam ko’rsatishning zamonaviy tamoyillar.
Reja: 1. Davolash profilaktika muassasalari
2. QVP ish faoliyati bilan tanishish
3. Ambulatoriyalar ish faoliyati bilan tanishish
4. Statsionarlar ish faoliyati bilan tanishish
5. Tibbiy etika va deantologiya.
O’quv mаshg’ulоtining mаqsаdi: Bolalarga va o’smirlarga davolash profilaktik yordam ko’rsatishning zamonaviy tamoyillari mustahkamlash, ko’nikmа vа mаlаkаlаrni shаkllаntirish.
O’qitish natijasi: Ushbu mavzuni o’zlashtirish natijasida o’quvchida shakllanadigan bilim, ko’nikma yoki kompetensiya.
Savollar! 1. Davolash profilaktika muassasalarini sanab bering.
2. QVP ish faoliyati
3. Ambulatoriyalar ish faoliyati haqida ggapiring
4. Statsionarlar ish faoliyati haqida gapiring.
Tayanch so’z iboralar 1. DPM-davolash profilaktika muassasalari
2. Dezinfeksiya-zararsizlantirish, yuqumsizlantirish
3. QVP-qishloq vrachlik punkti
4. Statsionar (lotincha stationarius - doimiy, harakatsiz
5. Dispansеr (lotincha dispense - tarqatish-taqsimlash)
6. Ambulatoriya (lotincha ambulatorius -harakatchan,yurish)
7. Poliklinika (yunoncha polis - shahar, klinikе – davolash san’ati).
8. Sanatoriya - (lotincha sanatum –davolanish)
9. Tibbiy etika (yunon ethice- axloqiy o’rganish, axloqiy o’rganish), yoki
10. Tibbiyot dеontologiyasi (yunon deon - vazifasi, "deontologia"
11. Ilmiy - tibbiyot xodimlarining axloqiy-ma'naviy jixatlarini o’rganadigan tibbiyot fanining sohasi;
12. Kasbiy -amaliyotda axloq mе'yorlari va qoidalarini shakllantirish va qo’llash masalalari bo’lgan tibbiy amaliyot sohasi.
13. Yatrogеniya (yunoncha -iatros - vrach, -genesis - hosil )
14. Bеmorning statsionar tibbiy kartasi" (odatda kasallik tarixi)
Oxirgi o’n yillikda erta yoshdagi bolalar parvarishida o’zgarishlar yuz berdi. Ibtidoiy marli va bintlar o’rniga, bolalar gigienik salfetkalari, tamponlar, elektron tarozilar, bolalar quloq termometrlari, aqlli o’yinchoqlar, isiganlik darajasini ko’rsatadigan idishlar, antivakum effektiga ega so’rg’ichlar, nazal aspiratorlar, bolalar tirnoq olgichlari, har xil gubkalar,bolalar kremlari va boshqalar. Bolalar davolash profilaktik muasssasalari ishini tashkillashtirish Patalogo-anatomik Bolalar davolash profilaktika muassasalarining (DPM) asosiy turlari: bolalar kasalxonasi(statsionar), qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinika, bolalar sihatgohi. Bolalar davolash profilaktika muassasalari tizimida bolalar kasalxonasi alohida o’rin tutadi. Bolalar kasalxonasi-shoshilinch davolash yoki maxsus tibbiy yordamga, doimiy shifokorlar nazoratiga muxtoj 18 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun davolash profilaktika muassasasidir. Bolalar kasalxonalarining har xil turlari mavjud:tarmoqlari bo’yicha ko’p tarmoqli va maxsus kasalxonalarga, tashkiliy tizimlari bo’yicha poliklinikaga qo’shilgan va alohida kasalxonalarga, faoliyat hajmiga ko’ra o’rinlari soniga qarab keng va tor doirada faoliyat ko’rsatadigan kasalxonalarga bo’linadi. Har bir bolalaar kasalxonasida qabul bo’limi, bemorlar uchun kechayu-kunduz tibbiy xodimlar nazoratida bo’ladigan statsionar, tashxislash va davolash bo’limlari, labarator taxliliy tekshiruv xonalari, bo’lim, yordamchi bo’linmalar (dorixona, oshxona,tibbiy statistika xonasi, tibbiy arxiv,ma’muriy xo’jalik bo’linmasi, kutubxona va boshqalar). Bugungi kunda bolalarga statsionar tibbiy yordam ko’rsatish alohida markazlashgan shifoxonalar xizmatiga tayanib olib boriladi, bir qancha viloyatlar markazlari va shaxarlarda tibbiy xodimlariga ish beruvchi tashxislash-davolash, maslaxat markazlari, patalogoanatomik, sterillash bo’limlari va boshqa tibbiy xizmat turlari tashkil etilmoqda. Bemorlar uchun palatalar-odatda har bir palatada2-6 bemorlar yotqiziladi, bemor bolalar yotqizilganda yoshiga jinsiga,kasallik tu riga qaraladi. Bolalar bo’limlarida bokslar(alohida ajratilgan xonacha) biror yuqumli kasallikka chalinganlik alomati bo’lgan bemorlarda kasalxona ichi infeksiyalarini oldini olish maqsadida ajratib qo’yiladi. Ommaviy tartibda kasalxonaga yotqiziladigan bemorlar davolanishga yotqizish tartibi navbatiga e’tibor beriladi: avvalo ahvoli og’ir bemorlar, keyin o’rtacha holatdagi , so’ngra rejali davolanish, sog’ligini qayta tiklashga kelgan bemor bolalar joylashtiriladi. Yuqumli kasallik alomatlari ko’ringan bemor bolalar alohida izalyator boksiga joylashtirilib, yuqumli kasallik alomati haqida yoki noodatiy emlashdan zaxarlanish holatlari belgilari aniqlangani to’g’risida sanitar epidemiologik bo’linmaga tezkor xabar berilishi , N058/u formasi to’ldirilishi lozim. Shaxar maslaxat tashxis markazlari-yirik shaxardagi kasalxonalarda za monaviy tibbiy texnikalar (doplegrofiya,endoskopiya, KT,immunoferment tekshiruv uskunasi) bilan jihozlangan maslaxat tashxis markazlari tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifasi markazga biriktiriklgan poliklinikalardan bemor bolalarni tibbiy tekshiruvdan o’tkazish tashxisni aniqlash, davolash bo’yicha kerakli tavsiyalarni belgilash. Bolalar sihatgohi-bemor bolalar salomatligini tiklash, reabilitatsion sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish, davolash tartibiga mos ravishda, tibbiy oshiradigan, maktab va sihatgohda ta’limni ham beruvchi davolash profilaktika muassasasidir. Barcha bolalar statsionarlarini taxminan to’rtdan biri (o’rinlari bilan) bolalar dam olish sihatgohiga aylantirilgan. Bolalar sihatgohlari asosan maxsus kurort hududlarida tashkil etiladi. Bolalar kasalxonasinig sanitar epidemiologik rejim -Bolalar shifoxonasida sanitariya va epidemiyaga qarshi farovonlikni ta’minlash uchun mavjud sanitariya qoidalariga amal qilish kerak: -Xonalarda optimal xavo-issiqlik oqimini yaratish; -xodimlarni ishga qabul qilishda majburiy va profilaktik tibbiy ko’riklarni o’z vaqtida o’tishini ta’minlash qoidalairga rioya qilish: -bemor bolalar va xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash; -dezinfeksiya tadbirlari uchun mablag’lar (yetarli miqdorda tozalash uskunalari va asboblar) ajratish; Qabulxonada sanitariya va epidemiyaga qarshi rejim. Bolani kasalxonaga yuborish paytida, bolaning so’nggi 3 xaftada (infeksion kassallliklarning ko’pchiligida inkubatsion davrining maksimal davomiyligi) uyda yoki maktabda (bolalalr bog’chasida yuqumli kasallar bilan aloqada bo’lgan bo’lmaganligini bilish kerak. Sanitar tozalash. Bolani tekshirishdan keyin, qabul qilish bo’limi shifokori zarur xollarda sanitariya tartibini belgilaydi, jumladan: -gigienik vannalar, dori-darmon yoki bemor bolani xolatini og’irligiga qarab baholash; -sochlar va tirnoqlarni kesish; -bolani toz choyshab va kiyim bosh bilan ta’minlash; -xasharotlar va pedikulozlarni (aniqlansa) yo’q qilishni nazorat qilish. Tibbiy xodimlarning shaxsiy gigiyenasi, bolalar shifoxonasida epidemiyaga qarshi rejimga rioya qilishning muxim omillaridan biri tibbiyot xodimlarining shaxsiy gigiyenasi xisoblanadi. Dezinfeksiya. Bu patogenlarni bartaraf etish va ularning atrof muxitga tarqalishini oldini olish uchun sharoit yaratish uchun mo’ljallangan tadbirlar tizimi. Sog’lom va bemor bolalarni parvarish qilish haqida tushuncha. Parvarishdan maqsad-sog’lom teri, atrof muhitdagi salbiy moddalar ta’sir qilmagan chaqaloqlar terisi mutloq toza holatdaa bo’ladi, namlik darajasi past bo’ladi. Kuchli ta’sir etuvchi moddalarga- teriga tegib turgan plenkalar va boshqa buyumlarning yuzalari kiradi. Bemorlarni parvarish qilishni amalga oshirishda ikkita asosiy yo’nalish mavjud: umumiy parvarishlash va maxsus parvarishlash. Umumiy parvarish- kasallikning tabiatidan qat’i nazar (umumiy tekshiruv, tana haroratini, o’lchash va boshq) umumiy parvarish lash tadbirlarini amalga oshirish. Maxsus parvarish- kasallik tashxisiga (xolesistografiya uchun kasal tayyorlash, katetrlash uchun kateterizatsiyaga) qarab spetsipik parvarish qilish tadbirlarini amalga oshirish . Bolalarni parvarish qilish va tarbiyalashda kichik va o’rta tibbiy xodimning o’rni. Kichik tibbiy xodimlarga kichik hamshira, ho’jalik bekasi va saitariya xodimlari kiradi. Kichik tibbiyot xodimlarining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat; binolarni muntazam tozalash; palatalar, koridorlar, jamoat joylari va boshqa. Bemorlarni parvarishlashda hamshiralarga yordam berish, kiyimni o’zgartirish,og’ir kasallarni oziqlantirish,og’ir bemorlarni gigienik tozaligini saqlash va x.k. bemorlarni sanitar gigienik parvarishi. Bemorlarni tashxis qo’yish va davolanish muolajalariga olib borish. Bemorlarni transportirovka qilish. Hamshira ikkinchi darajali tibbiy ta’limga ega bo’lgan mutaxasisdir. Hamshira o’rta tibbiyot xodimiga kiritiladi, tibbiy va profilaktika muassasalarida yordamchi shifokor vazifasini bajaradi tibbiy va profilaktika muassasalarida yordamchi shifokor vazifasini bajaradi, tibbiy muolajalarni bajaradi va parvarish jarayonini amalga oshiradi. Bolalarni parvarishlash qilishda tibbiy xodimning etika va deontologiyasi Etika-deontologiya usullarining shakllanishi, bo’lajak shifokor dunyo qarashi va u ning kasbiy bilimlari asoslari, tibbiyot oliygohiga kirganda boshlanadi. Deontologiya –bu tibbiyot xodimining bemorga nisbatan bo’lgan professional (kasbiy) va axloqiy majburiyatlari va tibbiy xodimning xuquqlari to’g’risidagi ta’limotdir.