Shahar va qishloqlar tarixi: beshkent misolida



Yüklə 22,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü22,1 Kb.
#191535
  1   2
ZDIF 0904



13
SHAHAR VA QISHLOQLAR TARIXI: BESHKENT MISOLIDA 
Tilakova Kumush Kamol qizi 
Qarshi davlat universiteti talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8188318 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasida joylashgan eng qadimiy o’lkalardan biri 
bo’lgan Beshkent shahri haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tilgan. Shaharning paydo 
bo’lishi, aholining tarkibi, tarixiy-geografik qismi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi haqida ham 
ma’lumotlar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar: 
Beshkent, Royon Ravshanov, Qarshi, Xazrat Sulton Abulxayr Mazondaroniy, 
“Faqir ul avliyo” Xo’jayi Azizxon, Xo’ja Rusnoyi, Bobo Rahbar, Bobo Romitan, Koson, Naxshab,
Tarixning asosan eng kam yoritiligan qismi bu qishloq, ovul, urug’ va tumanlar tarixidir. 
Mustaqilligimizdan keyingi davrda ham bu sohaga oid qator ilmiy-amaliy ishlar olib borildi. 
Qarshi Davlat Universiteti professori yetuk olim Obod Jo’raqulov chandir turkmanlari va 
mang’it urug’lari tarixini yoritdi. P.Ravshanovning “Qashqadaryo tarixi” asari esa 
viloyatimizning ma’naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu xayrli ishdan Qarshi 
tumani ilmiy jamoatchiligi ham chetda emas. Tarixdan ma’lumki, tumanimiz 1926-yilda 
Beshkent nomi bilan tashkil topgan viloyatdagi ilk tumanlardan biridir. Beshkent qishlog’i 
tarixan tashkil topgan eng qadimiy qishloqlardan biri hisoblanadi. Shu qishloq zaminida 
tashkil topgan Beshkent tumani 1962-yilda Koson tumaniga qo’shib yuborilgan. 1964-yilda 
Qarshi tumani bilan birlashtirilib, Qarshi nomi bilan atalgan va tuman markazi Beshkent bo’lib 
qolgan.[1] 
Beshkent eng qadimiy inson manzilgohlarining o’chog’i, aziz avliyolar maskani bo’lgan yurt, 
buyuklarning qadami tekkan zamin, e’zozlashga o’rganishga va ibrat olishimizga arzigulik 
o’lkadir. Shunday besh buyuk zotning qabrlari Beshkentda. Ya’ni, islom olamining mo’tabar 
zotlaridan biri Xazrat Sulton Abulxayr Mazondaroniy, “Faqir ul avliyo” Xo’jayi Azizxon, Xo’ja 
Rusnoyi, Bobo Rahbar, Bobo Romitan.[2] 
Shuni takidlab o’tishimiz kerakki, Beshkent nomi bilan ataluvchi joylar qo’shni Afg’oniston va 
yaqin Tojikistonda ham mavjud. Behkent atamasi dastlab, “Fijkat”, “Bijkat”, “Vijkat” tarzida 
bo’lib, XIX-XX asrlarda Beshkent tarzida qo’llanilgan. So’zning birinchi qismi fij, bij, vij sug’d 
tiliga xos bo’lib, “quyi”, “adoq” ma’nolarini beradi. “kat” yoki “kent” so’zi turkiy tillarga xos 
bo’lib, “ovul, qishloq, shahar” degan ma’nolarni bildiradi. [3] 
Beshkent ko’xna Naxshab (Qarshi)ga nisbatan joylashish o’rniga ko’ra “quyi qishloq” degan 
ma’noni anglatadi. [4] 
Yurtizmizda besh so’z qatnashgan talay joy nomlari mavjud. Masalan, Beshyog’och 
(Shahrisabz), Beshkaltak (Kitob), Beshmachit, Beshqo’ton (Koson), Beshqo’rg’on (Qamashi) 
kabi. Beshkent so’zining kelib chiqishi haqida turli xil qarashlar mavjud. Ayrim fikr 
egalarining qarashicha, Beshkent aslida “Beshkas” so’zidan kelib chiqqan. [5] 
Boshqa fikr tarafdorlari Beshkent Beshkentning qishloq ahlini islom lashkarlari zo’ravonlik 
bilan islomga itoat ettirganlar degan qarashlar mavjud. Ba’zilar esa beshkentliklarning ota-
bobolari Tabaristondan kelgan degan fikrni ilgari suradilar. So’ngi fikr tarafdorlari oxirgi 
paytlarda talaygina.
Beshkent aholisining yashash joylari X asr boshlariga kelib to’liq shakllangan desak mubolag’a 
bo’lmaydi. Chunki Beshkentdagi obidalar tosh bitiklar tarixi bunday xulosa chiqarishimizga 


14
asos bo’ladi, Beshkentning mo’tabar keksalari, qishloq yoshini Xazrati Sulton maqbarasi va 
Tosh machit qurilishini bog’laydilar. Qabristonlardagi qabr yozuvlari xalqimiz tarixini 
o’rganishdagi eng ishonchli manbaa desak ham bo’ladi. Xazrati Sulton maqbarasi X-XII 
asrlarga taaluqli. Beshkent X asr boshlarida shakllangan qishloq tusini oladi. Agar Qarshi 
shahrining XIV asr boshlarida mug’uliy hukmdor Kebekxon davida qurilganini inobatga olsak, 
Beshkent yosh jihatdan 3-4 asr ulug’roqdir.
Marhum, ustoz Egamberdi Ergashev Beshkent xalqi uchun juda katta savob ishni qilib ketdi. 
Kelajak avlodlar uchun Beshkent tarixini yozib qoldirdi. Nihoyatda katta qiyinchilik, izlanish, 
yelib yugurish, arxivning zax va qorung‘i xonalarida о‘ltirib о‘tmishni varaqlash samarasiz 
ketmadi.Ustozdan katta tarix qoldi. 
Egamberdi Ergashev 1945 yilda Beshkent qishlog‘ida tug‘ildi.О‘rta maktabni tamomlagach 
1970 yilda Qarshi davlat Universitetiga kirib о‘qidi.Butun umr ijod bilan shug‘ullandi.60 dan 
ortiq ilmiy,tarixiy va adabiy maqolalar yozdi.Tarjimalar qildi. Beshkent litsey internatiga asos 
soldi. Minglab iqtidorli о‘g‘il qizlarni tarbiyalab chiqardi. Domla Egamberdi Ergashev yaratgan 
Beshkent tarixi kelajakni guyoki mash’ala nur misoli yoritib turibdi. Ha, ustozning hayot yо‘li 
har birimiz uchun ibrat maktabi hisoblanadi. Domlaning umri mangu boqiydir. Ustozning 
о‘zlari ham bugun tariximiz sahifalarida yashamoqdalar. 

Yüklə 22,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin