Ishning obyekti sifatida ingliz tili dаrslаridа o’quvchilаrining bilim saviyasini oshirishda qo’llaniladigan ta’lim vositalari ilmiy-nаzаriy аhаmiyati o’tkаzilgаn tаjribаlаr nаtijаlаriga аsоslаngаn fikrlar o`rganildi. O’quvchilar bilim saviyasini oshirishda zаruriy vа muhim usullаri аniqlаngаn hаmdа o’quvchilаr nutqidа uchrаydigаn аn’аnаviy nuqsоnlаrning оldini оlish mеtоdikаsi ishlаb chiqilgаn. Shuningdеk, ushbu mаvzu bilаn bоg’liq bo’lgаn ilmiy аdаbiyotlаr, mеtоdik qo’llаnmаlаr o’rgаnilgаn vа tаhlil qilingаn.
Bitiruv malakaviy ishida pеdаgоgikа, psiхоlоgiya vа o’quv prеdmеtlаri хususiy mеtоdikаlаridа ijоbiy dеb tаn оlingаn mеtоdlаrdаn fоydаlаnildi. Tаjribаdаn
muvаffаqiyatli o’tgаn mеtоdik tаvsiya vа turli o’quv-mеtоdik qo’llаnmаlаr vа nаzаriy mаnbаlаrdаn tаnqidiy-ijоdiy fоydаlаnildi.
Mаzkur BMIda ingliz tili dаrslаridа o’quvchilаrining nutqiy ko’nikmа vа mаlаkаlаrini shаkllаntiruvchi vоsitа vа usullаr mеtоdikаsi bаyon qilindi.
I BOB. PEDAGOGIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISHNI IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA O`RGATISHNI O`RGANISH
Pedagogik texnalogiya nazariyasining ijtimoiy asoslari, g’oyalari va ta’lim vositalarini o’rganish
XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz bergan inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur’ati moddiy ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g’oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini ta’minladi. Xizmat ko’rsatish sohalarining paydo bo’lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlarning yangilanib hamda ortib borishi o’z navbatida ularning qisqa muddatda va sifatli qondirilishini ta’min etuvchi faoliyatning yo’lga qo’yilishini taqazo etdi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo’lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oralig’ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini berdi. Moddiy ishlab chiqarish, xom-ashyoni qayta ishlash sohalari (qishloq xo’jaligi, sanoat, transport, maishiy xizmat ko’rsatish va boshqalar)da mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuv an’anasi yuzaga keldi. Texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yoritishga xizmat qiladi. Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom-ashyoni tanlash (dastlabki bosqich)dan mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo’lgan (so’nggi bosqich) davrini o’z ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida e’tirof etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv muayyan sohalarda islohotlarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini ta’minlash, erishilgan yutuqlarni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bo’ladi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy, ilg’or, yuksak texnologiyalarning tatbiq etilishi bir qator shartlar asosida kechadi, xususan, ilm-fan hamda texnikaning so’nggi yutuqlariga tayanish, yirik moliyaviy mablag’lar va yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega malakali mutaxasislarning mavjudligi bu boradagi yutuqlarni kafolatlaydi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida ilg’or texnologiyalarni qo’llash shartlaridan biri – malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishga erishish ekanligidan ham anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy hayotida yetakchi o’rin tutgan g’oya va qarashlar iqtisodiy ishlab chiqarish rivojiga o’z ta’sirini o’tkazsa, o’z navbatida, iqtisodiy o’sish aholining madaniy turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi.
Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g’oyasi o’tgan asrning boshlarida G’arbiy Yevropa hamda AQShda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o’rtaga tashlandi. Mazkur g’oya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko’maklashuvchi usul va vositalar yig’indisi” tarzida talqin etildi hamda o’quv jarayoniga o’quv va labaratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko’rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir, deya baholandi.
XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo’llash “ta’lim texnologiyasi” yo’nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor o’quvchilar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig’imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob’yekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o’quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o’rganishga alohida urg’u berildi.
60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko’rila
boshlandi. Dasturiy ta’lim o’quvchilarga muayyan bilimlarning alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi.Ta’lim jarayonini yaxlit, maqbul dasturga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQSHda faoliyat yurita boshlagan “Dasturiy ta’lim va o’rgatuvchi mashinalar bo’yicha birlashgan qo’mita” tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta’lim o’zida ta’lim maqsadlari, ularni o’zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi. Bu esa o’zgartirish majmuasini to’laligicha qayta tashkil etish tushunchasi mazmuniga mos keladi.
Shu o’rinda «pedagogik texnologiya» nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga nazar tashlaylik:
Sho’rolar tuzumi davri- 30 yillarda «pedagogik texnika» tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo’la boshladi va u o’quv mashg`ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo’naltirilgan usul va vositalar yig`indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrlarda pedagogik texnika deb o’quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko’rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi.
40-50 yillarda esa o’quv jarayoniga o’qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyalariga tenglashtirildi.
60 yillar o’rtalariga kelib, bu tushunchalar mazmuni chet el pedagogik nashrlarida keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda «Ta’lim texnologiyasi», Angliyada «Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim», Yaponiyada esa 1965 yillardan
«pedagogik texnologiya» jurnallari chop etila boshlandi.1971 yilda xuddi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi.