Pedagogika fani tarixidan ko’rinib turibdiki o’qitish va kadrlartayyorlashning yanada mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davometib kelgan.O’qitish– bu jamiyat taraqqiyoti uchun samarasi pedagogning faoliyatiyakunlanishi bilan darxol ko’rinmasa ham har qanday boshqa faoliyat kabi ishlabchiqarish faoliyatidir.Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi,kim tomonidan qancha ishlab chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilanishlab chiqarilishi qarab farq qilmaydi.Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bo’lgan “pedagogikdavrlarni” ko’rib chiqamiz:
Individual pedagog, qo’l bilan ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyatidavri (qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha);
Yozuv kitobi davri (XVII asrdan hozirgi davrgacha); III.Audiovizual vositalar davri (XX asrning 50-yillari).
11(E. Bistereki va J.Цeller).
O’qitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XXasrning 70- yillari).
Zamonaviy hisoblash mashinalari asosida ta’limni boshqarishniavtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr oxiri kompyuterdao’qitish).
XX asrda pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi haqida
XX asr oxiriga kelib ilmiy-texnik taraqqiyot faqatgina ishlab chiqarishnitexnologiyalashtirishga olib kelib qolmay, balki madaniyat doirasi, bilimlargumanitar sohalariga ham keskin kirib keldi.“Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot sababli yuzaga keldi va lug`atlartalqini bo’yicha (techne san’at, hunar, fan; logos – tushuncha, ta’limot)materiallarga ishlov berish usullari va vositalari haqidagi bilimlar to’plamidemakdir. Texnologiya shu bilan birga jarayonni bilish san’atini ham o’z ichigaoladi. Texnologik jarayon har doim zarur vositalar va sharoitlardanfoydalanish bilan operastiyalar ma’lum ketma-ketligini ko’zda tutadi. Texnologiyaprostessual mazmunda “qanday qilib, nimadan va qaysi vositalar bilan bajarishkerak?” degan savolga javob beradi.
XX asrning 20-yillarida “pedagogik texnologiya” termini birinchi borpedagogika bo’yicha asarlarda tilga olingan. Shu vaqtning o’zida yana bir boshqa –“pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik enstiklopediyada 30-yillarda o’quv mashg`ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilganuslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Pedagogik texnologiyalarga o’quv valaboratoriya uskunalari bilan ishlash, ko’rgazmali qo’llanmalardan foydalanishmahoratlari ham kiritilgan.
60-yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogiknashrlarda va xalqaro konferenstiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbusohada turli mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Yaponiya, Franstiya, Italiya, Vengriya)uni talqin qilish ikki yo’nalishi belgilandi.
Birinchi yo’nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgano’qitish vositalarini qo’llash zarurligini ta’kidladilar (technology in education).
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari esa o’quv jarayonini tashkil etishsamaradorligini oshirish va pedagogik g`oyalarning texnikaning keskinrivojlanishidan ortda qolishini yo’qotishni muhim deb hisobladilar. Shundayqilib 1-yo’nalish “O’qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, birozkeyinroq yuzaga kelgan 2-yo’nalish “o’qitish texnologiyasi” yoki “o’quv jarayonitexnologiyasi” sifatida belgilandi.70-yillarning boshlarida turli xildagi o’quv uskunalarini va o’quvvositalarini modernizastiyalashtirish zarurligi anglab etildi. Bularsizo’qitishning sifatliligi va samaradorligiga erishib bo’lmas edi.60-yillar o’rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSh, Angliya, Yaponiya,Italiya kabi yuksak rivojlangan davlatlarda pedagogik texnologiyalar masalalaribilan shug`ullanuvchi jurnallar nashr etila boshlandi, keyinchalik bu muammobilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug`ullana boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |