ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish (1)
«Texnologiya»- yunoncha «techne» so’zidan olingan bo’lib, mahorat,san’at va
«logos» - so’z,ta’limot ma’nosini anglatadi.
Texnologiya- jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig`indisi, shuningdek ob’ektda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlar tushiniladi.
B.Ziyomuxammadovning fikricha - ma’ruzachi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko’rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa deb ta’riflash mumkin. Ta’riflar nazariyasi bo’yicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya desa bo’ladi. «Pedagogik texnologiya - o’quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg`unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub’ektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi», - deydiV.M.Manaxov12.
M.V.Klarin fikricha, pedagogik texnologiya - o’quv jarayoniga yondoshgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko’rsatkichlaridan kelib chiqib o’quv jarayonini loyihalashdir.
12Manaxov
I.Ya.Lernerning fikriga ko’ra, pedagogik texnologiya - tinglovchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi.
V.P. Bespalkoning o’zbekistonlik shogirdlaridan N.Sayidaxmedov va A.Ochilovlarning fikricha, pedagogik texnologiya - bu ma’ruzachi (tarbiyachi)ning o’qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayonidir.
O’zbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: «Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog`liq ijtimoiy hodisadir»13.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar ham keltiriladi, bizningcha, eng maqbuli YuNESKO ta’rifidir.