Ingliz tili leksikasi



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə13/30
tarix05.10.2022
ölçüsü72,03 Kb.
#64599
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish (1)

«TA’LIM TEXNOLOGIYASI – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini yaratish, qo’llash va aniqlash TIZIMIDIR».


TIZIM deb tartiblangan, o’zaro uzviy bog`langan va birgalikda umumiy funkstiyani bajaruvchi elementlar to’plamiga aytiladi.




14Gurrey P., Teaching English as a Foreign Language, L., 1955.

An’anaviy ta’limning afzalliklari va kamchiliklari.




Afzalliklari:



  • ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali;

  • ma’ruzachi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi;

  • vaqtdan unumli foydalanish;

  • aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.

Kamchiliklari:





  • tinglovchilar nofaol ishtirokchi bo’lib qoladilar;

  • ma’ruzachining to’la nazorati barcha tinglovchilar uchun motivastiyani vujudga keltirmaydi;

  • tinglovchilar ma’ruzachi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi;

  • eslab qolish darajasi hamma tinglovchilarda bir-xil bo’lmaganligi sababli, gurux bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin;

  • mustaqil o’rganish va echimlar qabo’l qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.

Zamonaviy (noa’anaviy) ta’limning afzalliklari va kamchiliklari.




Afzalliklari:



  • o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi;

  • o’z vaqtida qaytar aloqalarning ta’minlanishi;

  • tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi;

  • o’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi;

  • motivastiyaning yuqori darajada bo’lishi;

  • o’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi;

  • muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi;

  • o’z-o’zini baholashning o’sishi;

  • tinglovchilarning fanga oid mavzu mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati;

  • mustaqil fikrlay oladigan tinglovchining shakllanishiga yordam berishi;

  • nafaqat mazmunini o’zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi;

  • muammolar echish ko’nikmalarining shakllanishi.




Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin