Ingliz tili leksikasi



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə12/30
tarix05.10.2022
ölçüsü72,03 Kb.
#64599
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish (1)

“Pedagogik (ta’lim) texnologiya”(si) – ta’lim-tarbiya va shaxsni rivojlantirish jarayonlarini maqbullashtirish maqsadida inson va texnika iimkoniyatlari hamda ularning o’zaro ta’sirini hisobga olib tinglovchilarda bilim, ish-harakat usullari va ijobiy shaxsiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishni ko’zda tutuvchi loyihalashtirish, tatbiq etish (amalga oshirish), natijalarni maqsad bilan qiyoslab kerakli tuzatishlarni kiritish bosqichlarini o’zida mujassamlashtiruvchi tizimdir.


Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqarish texnologiyasidan kelib chiqqan holda uch xil atamasi mavjud:
Pedagogik texnologiya - o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida - ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin.





13B.L.FARBERMAN
O’qitish texnologiyasi - birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli - harakat aspektini anglatadi. Bu, ta’lim jarayonini o’zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi, usul va vositalar (texnologik operastiyalar)ning tartibli birligini o’zida mujassamlashtirgan ta’lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni;
ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli-bayonli aspektini ifodalaydi. Bu, maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo’yicha pedagogik hamda o’quv faoliyatini loyihasini bajarishni bayonidir (texnologik xarita).
Ta’lim texnologiyasi - pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini hamda ularni, o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usuli» 14

Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin