Ingliz tili leksikasi



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə20/30
tarix05.10.2022
ölçüsü72,03 Kb.
#64599
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish (1)

Metodika esa xususiy metodikalar alohida o’quv fanlarini o’qitishdahamda tarbiyaviy ishlardaqo’llaniladigan vositalar majmuidir.

“Pedagogik texnologiya”tushunchasi xususiy fanlar va mahalliydarajalardagi o’qitish metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan holler xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Texnologiyalarda ko’proq prossesual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantliyo’naltiruvchi tomonlari ko’proq ifodalanadi. Texnologiya metodikalardano’zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg`unligi, ko’plab “agar”lar(agar o’qituvchi iste’dodli bo’lsa, agar bolalar qobiliyatli bo’lsa, agar yaxshiota-onalar bo’lsa….) yo’qligi bilan farq qiladi. Ya’ni texnologiya tegishlitayyorgarlikka ega bo’lgan hamma mutaxasislar tomonidan qayta tiklash va qo’llashmumkinligi bilan juda ham individual bo’lgan metoddan farq qiladi.
Metod – biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidaniborat.Pedagogik texnologiya o’quv jarayoni (ya’ni o’qituvchining o’quvchiningfaoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko’p darajada bog`langan.Pedtexnologiya standartlarni to’la o’zlashtirishni, sifat darajasinikafolatidir.Pedagogik texnologiya o’quv jarayonining shunday loyihasini u bir kishi yokibiror ijodiy guruh tomonidan ishlab chiqiladi, undan barcha o’qituvchilarfoydalana oladilar.O’quvchi o’qitilmaydi – uni mustaqil mutolaa qilishga o’rgatiladi.O’quvchiga bilimlar tayyor holda berilmaydi, unga bilimlarni manbaalardanmustaqil ola bilishga, fikrlay olish, mustaqil pozistiyada tura olishga o’rgatiladi.Barcha o’quvchilarni o’z qobiliyatlari, ehtiyojlari darajasida albattao’zlashtirib olishlari kafolatlanadi.
Hozirgi kunda barcha pedagoglar singari ingliz tili o`qituvchilariga ham darslarni zamonaviy pedagogik talablar asosida tashkil etish, darsga innovatsion yondashuvni, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatishni dars davomida shakllantirish kabi ilg’or pedagogik texnalogiyalardan foydalanishni talab etadi. Darslarni asosan muammoli o’qitish texnologiyasidan samarali foydalangan holda tashkil etish yuqori natijalarni ko`rsatmoqda.
Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg`ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan tinglovchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida tinglovchilar kasbiy bilimlarga, ko’nikmalarga, malakalarga ega bo’ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli o’qitish, o’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu yerda shaxs sub’ekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi - pedagogik jarayonda o’ziga xos qiziqish uyg`otishdir. Muammoli o’qitish, o’qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlar mantig`i o’zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi.
Muammoli vaziyatlar kiritilib, an’anaviy, bayon etish o’quv materialining eng maqbul tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, tinglovchini uni yechishga yo’naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo’lishi individual holat bo’lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli o’qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy - o’quv masalalarni nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Tahsil oluvchilarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.
O’quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda ma’ruzachi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, tinglovchilar oldiga muammoli masalalar qo’yadi, ularni yechimining yo’llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o’zi yo’lga boshlaydi.
Shuni qat’iyatlik bilan ta’kidlash lozimki, bu yerda yangi bilimlar ma’lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolarni yechimi uchun beriladi. An’anaviy pedagogik usuldagi – bilimlardan muammoga qarab – tinglovchilar mustaqil ilmiy izlanish ko’nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o’zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo
etadi.O’zlashtirilgan bilimlar shablonlarni takrorlash bilan bog`liq bo’lgan reproduktiv, psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi.
Agar inson muntazam tayyor bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga o’rgatilgan bo’lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so’ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni
«esdan chiqaradi» fikrlash jarayoni muammoli masalalarni yechishda a’lo darajada namoyon bo’ladi va rivojlanadi.

Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin