Ingliz tili leksikasi


O’quv materialini muammoli bayon etish –



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə28/30
tarix05.10.2022
ölçüsü72,03 Kb.
#64599
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish (1)

O’quv materialini muammoli bayon etish – ma’ruzaviy mashg`ulotlarda monolog tarzda, seminar mashg`ulotlarida esa dialog tarzda olib boriladi. Ma’ruzachi ma’ruza paytida o’quv materialini bayon etayotganida muammoli masalalar tuzadi va ularni o’zi yechadi, tinglovchilar esa yechimlarni izlash jarayoniga faqat xayolan qo’shiladilar. Masalan, «O’simliklar hayoti haqida» mavzusidagi ma’ruzaning boshida

«Nega ildiz va tana qarama - qarshi tomonlarga o’sadi?» degan muammo qo’yiladi, ammo ma’ruzachi tayyor javobni bermaydi, u fanning bu haqiqatga qanday yetib kelgani, bu hodisa sabablari haqidagi farazlarni tekshirish bo’yicha o’tkazilgan tajriblar haqida hikoya qiladi.

  1. Qisman izlanuvchan faoliyat tajribalar, laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli seminarlar, evristik suhbatlar davomida namoyon bo’ladi. Ma’ruzachi muammoli savollar tizimini tuzadi, bu savollarga javoblar olingan bilimlar bazasiga tayanadi, ammo ular oldingi bilimlarda mavjud emas, ya’ni savollar tahsil oluvchilarga intellektual qiyinchiliklar tug`diradi va maqsadga yo’naltirilgan ijodiy izlanishga undaydi. Ma’ruzachi imkoni boricha «boshqacha javoblar» yo’naltiruvchi savollarni tayyorlab qo’yishi lozim, u tahsil oluvchilar javoblariga tayanib, yakuniy xulosa qiladi. Qisman izlanish usuli, 3 va 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (foydalanish, ijod) va bilimlarni 3 va 4-darajasini bilim-ko’nikma, bilim-transformastiya (qayta shakllanish)

ta’minlaydi. An’anaviy tushuntirish va reproduktiv o’qitishga esa, bilim-tanishi va bilim-nusxa shakllanadi, xolos.

  1. Mustaqil tadqiqot faoliyatida tahsil oluvchilar mustaqil ravishda muammoni ifoda etadilar va uni yechadilar (kurs yoki bitiruv ishlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida) va ma’ruzachi nazorati bilan yakunlanadi, bu esa 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (ijod) va 4-darajali eng samarali, mustahkam bilimni (bilim-qayta shakllanish) egallashni ta’minlaydi.

Tabaqalashtirib o’qitish texnologiyasi haqida


Tabaqalashtirib o’qitish o’quv jarayonini tashkil etishning shakli sifatida umumiy didaktika prinsiplariga asoslangan bo’lib, maxsus tashkil ettirilgan tahsil oluvchilarning gomogen guruhlarida, o’quv jarayonini ixtisoslashtirishni ta’minlaydi
O’qitishni tabaqalashtirish – uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy- boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen guruhlarda o’qitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
O’qitishning eng yuqori oliy pog`onasi individual o’qitish hisoblanadi


Oliyva o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimida gomogen guruhlar, tahsil oluvchilarning individual-psixologik xususiyatlari, avvalo aqliy rivojlanish darajasi asosida tuziladi.


Umumta’lim maktablarida, akademik listeylarda va kasb-hunar kollejlarida tahsil oluvchilarning aqliy rivojlanish darajasi bo’yicha tabaqalashning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham mavjud bo’ladi. Oliy maktab uchun esa bu o’qitish tizimiga hech qanday shak-shubha yo’q. Hozirgi paytda oliy o’quv yurtlariga kiruvchilarning bilimlarni o’zlashtirish darajasi 100 % dan 25 % gacha tashkil etadi. Bunday sharoitda davlat ta’lim standartlari talabiga mos oliy malakali kadrlar tayyorlash maqsadida o’qitishni tabaqalashtirish davr taqozosidir.

Yakka tartibda o’qitish texnologiyasi


Tahsil oluvchining mavjud shaxsiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishini ta’minlash, zamonaviy o’quv jarayoniga qo’yiladigan jadallashgan ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotining talabidir. Bunga individual va individuallashtirilgan o’qitish orqali erishish mumkin.
Individual o’qitish – bu o’quv jarayonining tashkil etishning shakli bo’lib, bunda pedagog tahsil oluvchilar bilan yakkama-yakka shug`ullanadi, tahsil oluvchi o’quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
Individual o’qitishning afzalliklari: pedagogik jarayonning tahsil oluvchi qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. Bunda tahsil oluvchining bilim olish darajasi doimiy monitoringini amalga oshirish va zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida maqbul pedagogik jarayon tashkil etiladi
Individual yondashish – bu pedagogik prinsipga ko’ra, pedagogik jarayonda pedagogning tahsil oluvchilar bilan o’zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida tahsil oluvchining rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individuallashtirilgan o’qitish bunday o’quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida o’qitish yo’llari, usullari, sur’ati tanlanadi va turli o’quv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi.
Yakka tartibda o’qitish texnologiyasi – bunda o’quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va o’qitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi. O’qitishning barcha shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarida u yoki bu darajada individual yondashish qo’llaniladi, ammo individuallashtirilgan o’qitishda, individual- lashtirish, o’quv maqsadlariga erishishning asosiy vositasi hisoblanadi.Individuallashtirilgan o’qitishning asosi, tahsil oluvchining individual- pedagogik xususiyatlarini o’rnatish hisoblanadi.Olingan natijalar asosida, o’qitish usuli tanlanadi. Qabul qilingan texnologiyalar, qoidalar va prinsiplarga ko’ra o’qitish jarayoni amalga oshiriladi.

Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin