Madaniyat va san’at sohasini moliyalashtrishning o’ziga hos xususiyatlari.
Reja. Kirish. 1. Madaniyat va san'at sohani moliyalashtirishning mexanizmi.
2. San’at va madaniyat sohasi menejmenti.
3. Madaniyat va san’at sohalarida innavatsion jarayonlar.
Xulosa.
Foydalangan adabyotlar.
Kirish Bugungi kunda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish borasida oldimizda qator strategik vazifalar turibdi. Ularning barchasi ustuvor ahamiyatga egadir.Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlarning strategik vazifalarini ishlab chiqishda barcha sohaning moliyalashtirish manbalarining omillarini soddalashtirish va rivojlantirish, shu bilan birga ularning sonini va sifatini oshirish zarur.San’at boshqaruvida qo’llanilayotgan amaliy boshqaruv usullarini o’rganish, umumlashtirish, xulosalar qilish. San’at boshqaruvida kreativlik yutuqlarini O’zbekiston sharoitiga moslashtirish, boshqaruvning yangi texnologik mexanizmlarini o’rganish asosida Respublikamizdagi barcha san’at muassasalari faoliyatini to’g’ri boshqarishga yordam beruvchi tavsiyalarni ishlab chiqish. Tanlangan mavzu nazariy muammolarga bag’ishlangan bo’lsada, maqola yozish davomida faqatgina nazariya bilan cheklanib qolmaslikka, qo’yilgan masalaning amaliy ahamiyatiga ham jiddiy e’tibor berildi. Zero har qanday nazariy fikrdan maqsad - amaliy holatni yaxshilash, erishilgan natijaning darajasini sifat jihatidan bir qadar oshirishdir. Mazkur tadqiqot davomida art menejment sohasining ilg’or tajriba va tavsiyalaridan keng foydalanildi. San’at va madaniyat sohasi menejmenti va marketingi erishgan ilmiy yutuqlarni nazariy umumlashtirish, uning eng ilg’or usul va uslubiyotini ijodiy o’rganish, O’zbekiston san’ati va madaniyatining istiqbolida zamonaviy artmenejment tavsiyalaridan foydalanish. Mazkur ish avvalo madaniyat va san’at xodimlari uchun, madaniy faoliyat va san’at faoliyatini yurituvchi ijodiy muassasalar uchun, madaniyat ishlari tizimining mutaxassislari uchun nazariy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot xulosalari, shuningdek san’at muassasalari, teatrlar, muzeylar, istirohat bog’lari, ko’rgazmalar, kontsert-gastrol birlashmalari faoliyatida ham nazariy jihatdan qo’llanilishi mumkin