1. Muzeylar- bizning shonli tariximiz. Maktabimiz muzeyi. Muzey – bilim maskanidir



Yüklə 29,62 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü29,62 Kb.
#206365
13 mavzu maktabim muzeyi


Mavzu: Maktabim muzeyi

Reja: 
Kirish


  1. 1.Muzeylar- bizning shonli tariximiz.
    2.Maktabimiz muzeyi. 



  2. 1. Muzey – bilim maskanidir.


2.Maktab muzeyining vazifalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
O’zbekiston respublikasi maktablariga muzeylar tashkil qilinmoqda bunda sabab muzeylar tarix ko’zgusi bo’lganligi tufayli juda kuplab tarixiy buyum rasmlari va video tarzda maktablarda muzeylar tashkil etilmoqda

Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o`tmishimiz, tariximiz aks etgan. Yurtboshimiz I. A. Karimov : “Tarixsiz –kelajak yo`q “,- deganlaridek, tariximizni bilish, uni o`rganish bizning oliy va sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi.
Maktabimizdagi “Tarixiy o`lkashunoslik “ muzeyi ilmiy –ma’rifiy maskanlardan biri bo’lib, bu yerga doim o’qituvchi va o’quvchilar muzeyni tomosha qilish, uni o’rganish va o’zlariga bir olam zavq, taassurotlar olish uchun tashrif buyurishadi. Qolaversa, shahrimizdagi boshqa maktablardan ham o’qituvchi va o’quvchilar tajriba almashish uchun muzeyimizga keladilar. Bizning maktab muzeyi 2007-yil maktabimiz direktori Mavluda Usmonovna tashabbusi bilan tashkil etildi. Bu madaniyat maskanida ko’plab eksponatlar mavjud. Eksponatni yig’ishda maktabimizning o’qituvchi, o’quvchilarining, qolaversa, ota-onalarning hissasi katta. Muzeyda, hatto, ko`p yillik tarixga ega eksponatlar ham bor.

Muzeyga kirar ekansiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz aks etgan tarixiy buyumlarga, jihozlarga duch kelasiz. Unda ota-bobolarimizning XVIII-XIX asrni aks ettiruvchi qo`l mehnatlari, tarixiy kitoblar, qadamjolar, ma’rifatparvar allomalarimiz haqidagi ma’lumotlar bor. Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Alimova Xolbeka Yuldashevna “Tarixiy o`lkashunoslik muzeyi” ishlarini faollik bilan yuritadi, shu jumladan, muzey qoshida “Milliy qadriyatlarimizni o’rganamiz” nomli to’garagiga ham rahbarlik qiladilar. To`garakka qiziquvchi 17 nafar o’quvchi jalb qilingan. Mashg`ulotlarimizning asosiy maqsadi o’zimizning boy tariximiz, ulug’ qadriyatlarimiz, buyuk o’tmishimizni anglashdir. Ustozimiz Alimova X.Yu dars jarayonida xalqimizning boy tarixi haqida doimo to’lqinlanib gapiradilar. Ayniqsa, ustozimizning buyuk ajdodlarimiz haqidagi hikoyalarini tinglash juda ham maroqli. Ustozimizning hikoyalarini tinglaganimiz sari qalbimizda shonli tariximizdan g’ururlanish va faxrlanish tuyg’usi jo’sh uradi.


Adabiyot darsida”Alisher Navoiy merosini o`rganamiz”, tarix darsida “Buyuk ipak yo`li”, vatan tuyg`usi darsida “Qadimiy-qadamjolar”, mehnat darsida “Xalq hunarmandchiligi”, geografiya darsida “Xaritashunoslik”, kimyo darsida “Foydali qazilmalar”, zoologiya va botanikada “Cho`l tabiati va hayvonot dunyosi” mavzularini o`tishda biz muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishib, o`zimizning amaliy ko`nikmalarimizni oshirib boramiz. Bu amaliy mashg`ulotlar fanlarga bo`lgan qiziqishimizni yanada kuchaytiradi.

Maktabimiz muzeyi men kabi o`quvchilar o`rtasida katta qiziqish uyg`otgan maskandir. Bu yerda tengdoshlarim bilan o`zimizning bilimimizni, dunyo qarashimizni kengaytirishga harakat qilamiz. Bundan tashqari ustozimiz Alimova Xolbeka Yuldashevnaga muzey boyligi bo`lmish eksponatlarini ko`paytirishda o`z yordamimizni ayamaymiz. Bunday tashabbusingiz uchun sizdan minnatdormiz, aziz ustozim!


Maktab muzeyining vazifalari.
O`lkani va unda mavjud bo`lgan tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish, o`rganish va ulardan foydalnish har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Tarixchilarga bu qonun muqaddas dasturul amal bo`lib xizmat qiladi. Biz esa yoshlarni tarixiy yodgorliklarni avaylab saqlashga, tarixiy obidalarga mehr-muhabbat bilan qarashga o`rgatib, bu yodgorliklar faqat o`tmishni o`rganish uchungina emas, shu bilan birga ilm-fanni, xalq maorifi va madaniyatini yanada rivojlantirish uchun ham bebaho durdona ekanligini singdirish ruhida tarbiyalashimiz kerak.
Maktab muzeyi yoshlar oldiga quyidagi vazifalarni: birinchidan, jamiyat hayoti va xalq turmushidagi eng muhim tarixiy voqealarni, davlat va harbiy arboblarning, xalq qahramonlarining hayoti va faoliyati bilan bog`liq bo`lgan binolar, inshootlar, esdalik joylarni o`z o`lkasiga bog`lab o`rganishni, ikkinchidan, arxeologiya yodgorliklari: ko`hna shaharlar, qo`rg`onlar, qal’alar, qadimiy manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, kanallar, yo`llarning qoldiqlari, qadimiy dafn joylari-mozoratlarni, tosh haykallar qoyalardagi tasvirlarni, qadimiy buyumlarni o`z joyiga bog`lab o`rganishni, uchinchidan, me’morchilik obidalari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko`chalar, shahar va boshqa aholi yashaydigan manzillarning qadimiy tuzilishi, qurilishi va qoldiqlarini fuqaro, sanoat, harbiy, diniy xalq me’morchiligi inshootlarini, tabiat landshaftlarini o`z hududiga moslab o`rganishni: to`rtinchidan, sanoat yodgorlik hujjatlari - davlat hokimiyat organlari va davlat boshqaruv organlarining aktlari, boshqa yozma va grafik hujjatlar, kino-foto hujjatlar va tovush yozuvlari, shuningdek, qadimiy va boshqa qo`lyozmalar hamda arxivlar folklor va muzika yozuvlari va shu kabi nodir materiallarni izlab topish, o`rganish va umumlashtirish vazifalarini qo`yadi.
Maktab muzeyi oldiga juda katta va ulkan vazifalar qo`yilgan bo`lsada, xalq va davlat muzeylaridan o`ziga xos xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi. Birinchidan, maktab muzeyi o`quvchilar uchun mo`ljallangan. Ikkinchidan, bu muzey maktab o`qituvchilari jamoasi hamda yoshlar tashkilotlari tomonidan yig`ilgan materiallar asosida tashkil etilgan. Uchunchidan, muzeydan faqat yuksak tarbiyaviy maqsaddagina emas, balki ta’lim jarayonida ham unumli foydalanish mumkin. Politexnika ta’limida kichik muzeyni tashkil etish benihoya katta ahamiyatga egadir.
O`lkada olib borilgan tadqiqotd ishlari davomida to`plangan materiallar asosida o`lkashunoslik muzeyi tashkil qilinadi. O`lkashunoslik muzeyi maktablarda, litseylarda, kasb-hunar kollejlarida hamda xokimiyat doirasida tashkil qilinishi mumkin.
O`lkashunoslik muzeylarining asosiy maqsadi o`lka tabiati, xo`jaligi, tarixi, madaniyati va san’ati haqidagi materiaallarni to`plash, o`rganish, saqlash va namoyish qilishdan iboratdir.
O`lkashunoslik muzeyini tashkil qilish bir necha quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Muzeyni tashkil qilish bo`yicha tashkiliy gurux tuzish. Tashkiliy guruxga xokimiyat, maktab, litsey, kasb-hunar kollejlari vakillari kiradi. Agar muzey o`quv muassasasida tuzilayotgan bo`lsa, asosan o`qituvchilar va o`quvchilardan tashkiliy gurux tuziladi.
2. Muzeyning tematik (mavzuli) rejasi tuziladi, ya’ni bo`lajak muzey ekspozitsiyalarining bo`limlari soni aniqlanadi.
Bunday xujjatni tuzish muzeyini tashkil qilish ishlarini aniq bir yo`nalishda olib borishga imkon beradi.
3. Qidiruv va ilmiy tadqiqod ishlarini olib borish. Mazkur bosqichda o`lka tabiati, tarixi, xo`jaligi, madaniyati va san’ati to`g’risidagi materiallar yig’iladi, o`rganiladi, tartibga solinadi va ro`yxati tuziladi.
4. Muzeyning tematik-ekspozitsion plani tuziladi. Ekspozitsiyaga kiritilayotgan barcha materiallarni ketma-ketlik ro`yxati tuziladi. Mazkur plan muzey zallari, bo`limlari va stendlari bo`yicha tuziladi. Mazkur plan quyidagi jadval shaklida tuzilishi mumkin.
Jadvalning ikkinchi qatorida eksponatning tashqi ko`rinishi ko`rsatiladi (matn, ko`chirma, gazeta, bayroq, to`pponcha, kiyim, fotorasm, kitob, risola, karta, tuproq, o`simlik, ishlab chiqarish maxsulotlari, foydali qazilma namunalari, maketlar va x.k.) uchinchi qatorda eksponatning mazmuni beriladi(ko`chirmaning to`la matni, nomi va nashr haqida ma’lumotlar, bayroqni, kiyimni, namunani va x.k.ni to`la tavsifi). Beshinchi qatorda eksponat olingan manbaalar beriladi(ko`chirma qaerdan olingan, foydali qazilmalar namunalari qaerlardan olingan). Eksponatning o`lchamlari 6-nchi qatorda beriladi, ular asosida eksponatga ajratiladigan joylarning o`lchamlari aniqlanadi. 7-nchi qatorda tematik-ekspozitsion rejani tuzuvchilar ma’lum bir eksponatlarni joylashtirish haqida tavsiyalarni ishlab chiqishadi (markazdami, yirriklashtirilgan xalqadami, vitrinadami va x.k.)
5. Tematik-ekspozitsion reja asosida rassom (yoki shu ish uchun tayinlangan shaxs) jihozlash eskizlarini tayyorlaydi. Bunda u binoni tuzilishini hisobga olishi lozim. Shundan so`ng har bir devor, stend va vitrina uchun montaj jihozlari varaqalarini tayyorlaydi. Montaj varaqasi-bu ma’lum bir eksponatni joylashtirishni chizma tasviridir, U 1:10 mashtabda tayyorlanadi.
Kvadratlarda eksponatning tematik-ekspozitsion rejadagi tartib raqami yozib quyiladi.
Mazkur bosqichdagi ishlarni bajarish bilan birga quyidagi ishlar ham olib boriladi: ekspozitsiya uchun jihozlar(vitrinalar, stendlar), yoritish usulari, asl nusxalarini saqlash; yordamchi eksponatlarini tayyorlash(rasmlar nusxalari, chizmalar, mulyajlar, matnlar va x.k.) Shundan so`ng ekspozitsiya montaj qilinadi va u ma’suliyatli komissiya tomonidan ko`rib chiqiladi.
O`lkashunoslik muzeyining asosiy va yordamchi fondlari bo`ladi.
Asosiy fondda yodgorliklarning asl nusxalari saqlanadi va ular quyidagi guruxlarga bo`linadi:
1. Moddiy yodgorliklar (mehnat qurollari, sanoat jixozlari, foydali qazilma namunalari, harbiy texnika, kiyimlar va x.k.)
2. Yozma materiallar (nashriy va ko`lyozma xujjatlar, varaqalar, kitoblar, gazeta, jurnallar va x.k.)
3. Fotorasm va kinofoto hujjatlarining asl nusxalari.
4. San’at asarlari va grafik hamda tasviriy materiallarning asl nusxalari: kartinalar; rasmlar; skulpturalar; plakatlar; gulxatlar; markalar; planlar; kartalar; chizmalar; grafiklar; fotomaterialar.
Muzeyning yordamchi fondlari quyidagilardan iborat: diogramalar; panoramalar; kartalar; chizmalar; jadvallar; diagrammalar va h.k. Ular asosiy eksponatlarni tushuntirish uchun muxsus tayyorlanadi. Muzeyning fondi doimo to`ldirilib boriladi.
Muzey turlari.
Respublikamiz hududida uch turdagi muzeylar mavjud bo`lib,
birinchi turdagi muzeylarga ilmiy-tatqiqot va madaniy-ma’rifiy ishlarini olib boradigan muzeylar kiradi. Ular bir vaqtning o`zida ilmiy-tatqiqot va madaniy-ma’rifiy hamda ta’lim–tarbiyaviy ishlarini olib boradi.
Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir soha bo`yicha ilmiy–tatqiqot ishlari olib boradigan, muzey labaratoriyalariga ega bo`lgan maxsus muzeylar (masalan, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi va nihoyat,
Uchinchi turdagi muzeylarga faqat o`quv turidagi muzeylar kiradi. Bu muzeylarningning asosiy maqsadi o`quv jarayonini yaxshilashdan iborat. Muzey turlari ko`p jihatdan unda saqlanayotgan kolleksiya fondlarining tavsiflariga va ular faoliyatining yo`nalishiga bog`liqdir.
Shuningdek, turli fan sohalariga bo`lingan muzeylar ham bor. Bu muzeylar orasida ko`proq ma’lum bo`lganlari yoki faqat o`sha soha mutaxassisligagina ravshan bo`lgan ma’lum tarmoqni aks ettiruvchi muzeylar ham mavjud. Masalan, Toshkentdagi O`zbekiston tarixi Davlat muzeyini, Tasviriy san’at muzeyini, Alisher Navoiy nomli Adabiyot muzeyini, Turkiston Harbiy Okrugi muzeyini, Tabiatshunoslik muzeylarini ko`pchilik omma yaxshi biladi, ammo arxeologiya, etnografiya, harbiy-tarixiy, memorial, regional, san’atshunoslik, texnik yo`nalishdagi muzeylarni ko`proq o`sha soha mutaxassislarigina biladilar. Bulardan tashqari yana Toshkentda murakkab va kompleks sohali muzeylar ham mavjud.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, muzey materiallari o`lkamizdagi qadimgi zamonlardan buyon yaratilgan eng noyob yodgorliklar va keyingi davrlarda qo`lga kiritilgan turli sohalardagi yutuqlar, muvaffaqiyat natijalarini namoyish qilish bilan keng mehnatkash ommani, shu jumladan o`quvchi va talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga xizmat qiladi.
Rivoj topgan muzeylar tarix va madaniyat yodgorliklarini targ`ib qiladigan muhim maskanlarga, oqil va fozil kishilar asarlarining, eng nodir qo`lyozmalarining, xalq ustalari yasagan buyumlarning xazinalariga aylanadi. Hozir Respublikada 30 dan ortiq davlat va 150 dan ortiq xalq muzeylari bor. Ularning fondida O`zbekiston xalq ustalarining nodir asarlari alohida o`rin egallab turibdi. Samarqand, Buxoro, Xivadagi ulug`vor me’morchilik yodgorliklari, O`zbekistonning hozirgi zamon me’morchiligi, muzeylarimizning boy fondi fuqarolarimiz uchunggina emas, ko`plab sayyohlik yoxud boshqa sabablar bilan o`lkamizga tashrif buyurayotgan chet ellardagi kishilar uchun ham katta jozibador kuch bo`lib qoldi. Keyingi yillarning o`zida O`zbekistonni 500 mingdan ziyod ajnabiy va 800 mingdan ortiq turistlar kelib ko`rdilar. Shu vaqt ichida davlat muzeylarining o`zini 19 millionga yaqin kishi kelib tomosha qildi (1996 yil.).
Xulosa
Yodgorliklar mafkura ishining ta’sirchan vositasidir. Bu yodgorliklar hamisha safda, ko`z o`ngimizda, ularni istagan vaqtda borib ko`rish mumkin. Binobarin, har bir yodgorlik to`g`risida g`amxo`rlik qilish, unga e’tibor berilishi yaxshi holatda saqlanishi va o`rganilishi lozim. Bu ishga ko`proq maktablarda o`lkashunoslik ishi olib boruvchi raxbar tarix, geografiya va inson va jamiyat fanlari o`qituvchilari zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Karimov I. A. «Vatan sajdagox kabi muqaddasdir». Toshkent. «O`zbekiston» 1996 yil.

  2. A.Nabiev. “Tarixiy o`lkashunoslik ” T. 1979 yil.

  3. S.Koriev «geografik nomlar ma`nosini bilasizmi?» Toshkent. 1970 yil.

  4. Z.CHoriev. “Tarix atamalarining tushunchasi” izoli lug`at. Toshkent. 1999 yil.

Yüklə 29,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin