1. Harbiy gigienaning maqsadi nima



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix11.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128456
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Harbiy gigiyena (YN) savollariga javoblar



№1-Билет
1. Harbiy gigienaning maqsadi nima
Harbiy gigiyena faning vazifasi Harbiy qo‘shinlaming tibbiy va sanitar-gigiyenik ta’minoti o‘z oldiga harbiy 
xizmatchilarning salomatligini saqlash, uni mustahkamlash va jangovarlik ruhini oshirish, ularga malakali 
tibbiy xizmat ко‘rasatish, kasalliklarni oldini olish, yuqori darajadagi mehnat qobiliyatini saqlash vazifalarini 
qo‘yadi. Bu vazifalarni bajarishda harbiy gigiyenaning tutgan o‘rni ham katta.
 
 
2. Dala sharoitida qo’shinlarning ovqatlanishini tashkil qilish
Harbiy harakatlar davrida ovqatlanishni tashkil qilish va uning sanitar nazoratini amalga oshirish, harbiy 
xizmatchilarning urush harakatlari vaqtidagi ovqatlanishining o‘ziga xos xususiyatlari jangovar vaziyatni 
hisobga olish hisoblanadi. Urush harakatlari davrida harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil qilish va 
ta’minlash qism komandiri va xo‘jalik ta’minoti vzvodi boshligʼining zimmasiga yuklatiladi. Harbiy 
xizmatchilarni issiq ovqatlar bilan ta’minlash uchun BOP-batalon ovqatlantirish punkti tashkil etiladi. 
Qo‘shinlar mudofaada turgan sharoitlarda BOP front chizig‘idan 500-1000 m ichkarilikda, hujum qilish 
sharoitlarida esa, issiq ovqatlarni tayyorlash harakat davomida tashkil qilinadi. BOP ovqatlanishni tashkil 
qilish uchun zarur bo‘lgan tabelli vositalar bilan ta’minlanishi, mahsulotlarni saqlash va tashish va ularga 
termik ishlov berish uchun kerak boʻladigan vositalarga ega boʻlishi kerak. BOP ning jihozlari tarkibida 
quyidagilar boʻlishishart: palatkalar, harakatlanuvchi oshxonalar, ichimlik suvi uchun sisternalar, dala sharoiti 
uchun stol va stullar. Harbiy harakatlar vaqtida asosan safar oshxonalaridan foydalaniladi - KP-125, KP-130; 
bundan tashqari PAK - 200 (safar avtooshxonasi), 200 kishini 3 turdagi taom bilan ta ’minlaydigan oshxona, 
PK - 200 gusenitsali traktorga tirkalgan safar oshxonasi, PKS -125, PKS-250, desantchilar uchun KG-30D kabilar 
BOPni tashkil etishda iloji boricha joyi toza boʼlgan maydonlarni tanlash maqsadga muvofiq, shu bilan birga 
joy tabiiy suv manbalariga yaqinroq boʻlishi kerak. BOP tarkibiga ldruvchi obyektlarni iloji boricha bir-biridan
uzoqroqda joylashtirish, lekin boradigan yo‘llar yaxshi jihozlanishi va koʼrsatkichlar bilan jihozlanishi lozim. 
Mahsulotlarga termik ishlov berishda kulinariya va sanitar-gigiyenik qoidalarga rioya qilinishi shart. Issiq 
ovqatlarni tayyorlash kuniga 3-marta boʼlishi kerak: nonushta va kechki ovqatlanish uchun bir turdagi issiq 
ovqat va issiq choy, tushlik uchun 3 turdagi taom tayrlanishi kerak. Tayyorlangan ovqatlarni sovib qolishiga 
ruxsat etilmaydi. Tayyorlangan ovqatlar BOP ning o‘zida yoki maxsus termoslar yordamida qism tarkibidagi 
boʼlinmalarga 2 soat davomida tarqatilishi kerak. aks holda ovqatdan zaharlanish hodisalari yuzaga kelish 
xayfi tugʼiladi. Jangovar topshiriqlarni kichik-kichik bo‘linmalar bilan bajarish sharoitida issiq ovqatlar 
mustaqil tarzda konservalangan mahsulotlardan tayyorlanishi mumkin. Bu mahsulotlar quruq payoklar
tarkibiga kiritilgan. Bunday payoklar tarkibiga konservalangan mahsulotlardan tashqari briketlar ham 
kiritilgan. Quruq payok tarkibida albatta choy va qand bo'lishi shart. 
Oqilona ovqatlanishni tashkil qilishning asosiy mezoni sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Harbiy xizmatchilar organizmining fiziologik ehtiyojiga muvofiq ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi;
2. Oziqli moddalarning o‘zaro muvozanatlashganligi;
3. Tinchlik va harbiy harakatlar sharoittiga muvofiq ovqat isteʼmol me’yorlari bo‘yicha taqsimlanishi.
Harbiy xizmatchilarning ovqatlanishi tashkil qilishdagi oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, ularni 
ovqatlantirish kunlik ta’minot me’yori asosida amalga oshiriladi (MV-ning №288 buyrug‘i) va bunda 
belgilangan ovqat mahsulotlarining energelik qiymatiiligi harbiy qismlarning tarkibiga va qo'shin turlariga 
bog'liq holda o‘zgarib boradi. 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin