Harbiy gigiyenaning maxsus bo’limi bo’lib harbiy mehnat gigiyenasi hisoblanadi. Bu bo’lim harbiy xizmatchilar organizmiga harbiy mehnatdagi maxsus ya’ni spetsifik sharoitlarning ta’sirini o’rganadi. Bunday mehnatning ta’siri harbiy texnikaga xizmat ko’rsatish, undan foydalanish va ta’mirlash jarayonlarida quzatiladi. Harbiy mehnat gigiyenasining asosiy maqsadi - harbiy xizmatchilarning salomatligini saqlash va uni mustaxkalash, yuqori darajadagi mehnat va jangovorlik holatini ta’minlashdir.
Bronetank qo’shinlaridagi mehnat gigiyenasi.
Tankchilar organizmiga boshqa turdagi salbiy ta’sir etuvchi zararli omillar qatoriga tank ichidan turib atrofni yaxshi ko’ra va ko’zataolmaslik, yoritilganlik darajasining o’zgarib turishi, texnik suyuqliklar bilan tez-tez aloqada bo’lish (antifriz), yoqilg’i-moylash materiallari, jangovor vaziyatlarda esa, yong’in va o’qdorilarning portlash xxavfining yuqori ekanligi diqqatga sazovordir. Yoritilish darajasi yaxshi bo’lmagan sharoitlarda ko’rish organining zo’riqishini kamaytirish uchun tank ichida yoritilganlik darajasining bir me’yorda bo’lishini ta’minlash juda 152 muhimdir, chunki amalda tank ichidagi yoritilganlik darajasi kunduz kunlari - o’rtacha 50 lyuksni va kechalari 5-7 lyuksni tashkil qiladi
RYoK saqlanadigan xonalar yuqori samarali shamollatish moslamalariga ega bo’lishi lozim. Ob’ekt tarkibida xo’jalik sanitariyasiga oid xonalar (echinish va qiyinish xonalari, dushxonalar, kiyimlarni quritish xonalari) bo’lishi, xizmatchilar maxsus kiyimlar bilan ta’minlanishi va lozim bo’lganda protivogazlar bilan ishlash mahoratlariga ega bo’lishlari kerak. Raketa qo’shinlari xizmatchilari yaxshi nazariy tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishlari muhim ahamiyatga egadir. Xizmatchilar maxsus ovqat ratsionlari bilan ta’minlanishi maqsadga muvofiqdir. Raketaga xizmat ko’rsatuvchilar har ehtimolga qarshi badan terisi va qo’llar uchun maxsus himoya pastalari bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak
Radiolokatsion stantsiyalardagi harbiy xizmatchilarning mehnat gigiyenasi
Bunday harbiy qo’shinlarda xizmat qiluvchi xizmatchilarni O’YUCH nurlanishlaridan himoya qilish, nurlarning intensivligini pasaytirish va ishlash vaqtini cheklash orqali amalga oshirilishi mumkin (oqim zichligi qiymatini hisobga olib). Ish joylarida oqim zichligi qiymatini pasaytirish uchun " parazitli nurlanish"larni bartaraf qilish lozim. O’YUCH li maydonlardagi ta’mirlash ishlari maxsus kiyimlarda bajarilishi kerak (metallashtirilgan gazlamalardan tayyorlangan kiyimlar, maxsus himoya ko’zoynaklari). O’YUCH maydonlarda ishlash vaqti oqim zichligi quvvatiga bog’liq: OZQ - 10 Vt/sm2 gacha bo’lganda ish vaqti 8 159 soat, 10-100 Vt/sm2 bo’lsa - 2 soat, 100-1000 Vt/sm2 bo’lsa 15-20 daqiqa bo’lib, bunda albatta ko’z himoyalanishi kerak.
Ichki xizmat Nizomi, O’zR MV-ning № 54-sonli va №63-sonli buyruqlariga muvofiq tibbiy xizmat harbiy qismdagi xizmatchilarning o’quv-jangovor faoliyatlarini o’rganishi shart va ularning xavfsiz bo’lishini nazorat qilib turishi kerak: 160 - jangovar harakatlar va jangovar texnikalarni ta’mirlash sharoitlarida, harbiy xizmatchilarni organizmiga zararli omillarning ta’sir to’g’risidagi tushunchaga ega bo’lishi. - bronetank, raketa qo’shinlari va harbiy havo (radio texnik) qo’shinlarida keng foydalanadigan texnika vositalar bilan ishlaganda harbiy xizmatchilarni organizmiga zararli omillarning ta’sirini oldini olish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish. - turli qo’shin turlaridagi harbiy xizmatchilarning mehnat sharoitlarini sanitar nazorati. Shu bilan bir qatorda bu omillarni gigienik nuqtai-nazardan baholay olishi va ularning harbiy xizmatchilar organizmi uchun zararli ta’sirini kamaytirish bo’yicha zaruriy tavsiyalarni bera olishi lozim