Mavzu: chorva xodimlarini shaxsiy va mehnat gigiyenasi reja



Yüklə 66,77 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix04.05.2023
ölçüsü66,77 Kb.
#107228
chorva xodimlarini shaxsiy va mehnat (2)



Mavzu: CHORVA XODIMLARINI SHAXSIY VA MEHNAT GIGIYENASI
Reja:
1. Chorvachilikda mehnat unumdorligini oshirishning shart–sharoitlari.
2. Chorvadorlarning shaxsiy gigiyenasi va ularni har xil kasalliklardan saqlash
choralari.
3. Chorvadorlarni Sogligini saqlash chora–tadbirlari.


Chorvachilik fermalarida chorvadorlarni ish faoliyatini unumdorligini har xil
ishlar bajarishlari va ishlash sharoitini sanitariya–gigiyena tomondan qandayligi bilan
belgilash kerak. Havoning xarorati, harakat tezligi, namligi, zaharli gazlar, hayvonlar
bilan muloqotda bo’lganda, mashina va mexanizmlarda ishlaganda, elektr energiyasidan
foydalanganda o’zini ehtiyot qilishi, yuqumli kasalliklar aniqlanganda o’zlarini ximoya
kilish kabi sabablar ularning Sogligiga va mehnat faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Shuning
uchun hayvonlarni mahsuldorligini oshirish bilan birga, chorvadorlar o’zining mehnat
rejimi va shaxsiy gigiyenasiga ahamiyat berishi kerak.
Chorvadorlarni ishlashi 7 soatdan oshmasligi, har 4 Soatda dam olishi alohida
ahamiyatga ega. Qisqa dam olish vaqtlarida har xil suhbatlar, ro’znoma, oynoma va har
xil adabiyotlarni o’qish bilan shugullanishlari lozim. 
Hozirgi kunda cho’chqachilik, qo’ychilik, parrandachilik va yilkichilik
fermalarida bir smenada ish tashkil etilgan. Ular ertalab erta ish boshlab, kechqurun
kech tugatadi ya’ni kuniga xayvonlarni 3 marta oziqlantirish, sugorish va kuni bilan
mayda cho’yda ishlar bilan mashgul bo’ladi. Lekin ularni ishlashi kuniga 8 soatdan
oshmaydi, ish ogir bo’lsa ham yaxshilab dam olmaydi.
Sutchilik fermalarida ish ikki smenali bulib ya’ni 2 sut soguvchi, biri ertalab,
ikkinchisi kechkurun ishlaydi va har havftada smena almashtiriladi.
Ishchilar Sogligini saqlash va mehnat unumdorligini oshirishning eng asosiy omillaridan
biri ogir mehnat jarayonlarini mexanizasiyalashni, ya’ni ozuqa tarqatish, sut Sogish,
mollarni elektr chang yutgichlarda tozalash, jun qirqish, elektr chupon, go’nglarni
yigishtirish, chiqarish, sugorish va boshqa ishlarni talab etadi.
Qish paytlari chorvadorlar charm oyoq kiyimlari, issiq usti–bosh, jun paypoq va
issiq paytavalardan foydalanishi kerak. Ular ishlayotgan joylarda havoning harorati
me’yorida, harakat tezligi 0,5 – 0,6 m/sek., nisbiy namlik 75%, zaharli gazlardan СO
2

0,15%, ammiak – 0,026%, va N
2
S 0,001 % dan oshmasligi kerak. Xullas, ular uchun
mikroiqlim me’yor talabiga javob berishi chorvadorlarning Sogligini saqlashga sabab
bo’ladi. Ayniqsa yelvizak, zaharli gazlar, havodagi chang va mikroorganizmlar bilan


ifloslanishdan ehtiyot bo’lish kerak. Yoqimsiz obi–havo va boshqa iqlim sharoitlari
ishchilar organizmini sovutib shamollash, revmatizm kasalliklari, issiq va quyosh
nurlarini kuchliligidan kun urish kasalliklariga chalinadi.
Chorvadorlarning shaxsiy gigiyenasi va ishlab chiqarishda ularni har xil
kasalliklardan saqlash usullari - Havoning sovuq paytlari oyoq kiyimlari 1 – 2
o’lchamga kengroq bo’lishi, ichidan issiq paytava, jun paypoq kiyishi lozim. Ish davrida
vaqti–vaqti bilan +18

– 20
0
C li issiq xonada isinib chiqishi shamollash kasalligin oldini
oladi.
Ba’zi bir hayvonlar asov bo’lib o’ynaydi, tepadi, shoxlaydi yoki tishlaydi.
Shuning uchun ular bilan ishlashda ehtiyot bo’lib muomala qilish lozim. Ayniqsa ot va
buqalarda bu xolat ko’p o’chrayli. Buqaga yoshligida qupol muomala qilsangiz yoki
vaqtida oziqlantirmasa payt poylab shoxlaydi. Masalan: Oxunboboyev nomli naslchilik
xo’jaligida zootexnik Suyarov Hamidni burdoqilanayotgan buqa vaqtida
oziqlantirmaganligi uchun ko’zidan shoxlaydi natijada ikki kundan keyin shahar
kasalxonasida halok bo’ladi. 1976 y pivo zavodi ishchisi uyida piva chiqindisiga buqa
boqadi. Vaqtida oziqlantirmaganligi uchun buqa egasining orqa kuragidan shoxlab
yiqitadi va yana shoxlaydi. Shoxining uchi kurak ostiga sanchiladi. Natijada viloyat
kasalxonasida operasiya qilinadi, ammo natijada vafot etadi.
Kasal hayvonlarni ya’ni ko’ydirgi, qo’tirish, brusellyoz, tuberkulyoz, oqsil,
manka, saramas, temiratki va ba’zi gelment kasalliklari Bilan kasallangan xayvonlarni
suti, go’shti va go’ngi kishilar Sogligi uchun xatarli bo’ladi. Shu kasalliklardan
saqlanish uchun vaqtida kasal hayvonlar ajratilishi, davolanishi, oldi olinishi, ishlov
berilishi, molxonalar va go’nglarni dezinfeksiya qilish, hamda xizmatchi kishilarni
shaxsiy gigiyenasiga e’tibor berish kerak.
Misol: 1967 yil Surxondaryo viloyati va Qaroqalpogistonning Chimboy tumani
xo’jaligida sut Soguvchilar orasida sil kasalligini tarkalishi yoki 1969 yil Denov tumani
xo’jaligida shaxsiy so’yilgan qo’y go’shtini iste’mol qilib, 13 kishinigg ko’ydirgi kasali
bilan kasalxonaga tushganligi to’grisida aytish mumkin. Tishlaydigan, tepadigan,


shoxlaydigan va kasal hayvonlar bilan ishlaydigan chorvadorlarni zooveterinarya
mutaxassislari oldindan ogohlantirib, tanishtirib, xavfdan saqlanish to’grisida
tushintirish ishlarini yulga ko’yishi kerak. Ayniqsa 18 yoshga to’lmagan yoshlar va
homilador xotin–qizlar bunday hayvonlar bilan ishlashga qo’yilmaydi. 
Yildan–yilga chorvachilikda ozuqa tayyorlash va taraqatishda xilma–xil yangi
mashinalar, mexanizmlar qullanilmoqda va mehnat unumdorligi oshirilmoqda. Shuning
uchun ham chorva xodimlari shu texnikalar bilan ishlashni, qanday muomala qilishni,
ishlab chiqarish shovqinlari, chang ko’tarilishi va boshqalarni kamaytirishni bilashlari
kerak. Buning uchun har bir fermada mutaxassislar tomonidan ko’rsatma (instruktasiya)
berish, qanday bajarilishini nazorat qilib borish zarur. Yoshiga to’lmagan yoshlar
mashinalarda ishlashga qo’yilmaydi. Agar ish vaqtida biron baxtsiz hodisa ro’y bersa,
bemorga birinchi medisina yordamini berishni bilish, tezda vrach chaqirish yoki
kasalxonaga jo’natish kerak. Bu ishga ferma mudiri, bosh mutaxassislar javobgardir.
Mexanizasiya va mashinalar xavfsizligiga bosh muhandis, elektr xizmatchilari javob
beradi.
Chorva xodimlarini sogligini saqlash va mehnat unumdorligini oshirishda ularni
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Ularni sogqligini
muntazam medisina xodimlari tomonidan tekshirish, organizmini chiniqtirish, kul va
terilarini parvarish qilish, maxsus kiyimlar kiyish, kasal hayvonlar bilan ishlaganda
ularni tezagini tozalash va o’liklarini yo’qotishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya
qilishi kerak.
Xizmatchilar har uch oyda bir marta medisina ko’rigidan o’tkaziladi. Agar sil,
brusellez, teri kasallligi va surunkali dizinteriya bilan kasallanganligi aniqlansa sut
Sogishga qo’yilmaydi xamda gelmint tuxumi topilsa davolanishi shart. Soguvchilar sigir
yelinlarini yuvishi va ildiz mevali ozuqalarni yuvish uchun issiq suv bilan ta’minlash
zarur.
Sigirlarni kul bilan Sogishda, ko’pincha Soguvchilarni kulida ogriq, shish paydo
bo’ladi, terisi gadir–budir, qo’pol bo’lib kavariqlar hosil bo’ladi. Shunday kishilar


quliga iliq vanna qilib, massaj qilinadi, keyin vazelin va malxam surtmalar bilan o’zi
ishqalab massaj qiladi.
Chorvadorlar ish joyida qul yuvgich, sovun, sochiq, dizinfeksiya qiluvchi
suyuqliklarbulishi shart. Kirish – chiqish yo’llariga dezobarer qilinadi. 
Izolyatorda kasal hayvonlarga qarovchi kishilar uchun maxsus kiyimlar xalat,
fartuk, qalpoq yoki ro’mol, etik, qulqop va boshqalar beriladi. Bu kiyimlar faqat ish
vaqtida kiyilib keyin dezinfeksiyalovchi eritmalarda qaynatilib, sovitilib, dazmollanib
zararsizlantiriladi. Sut, qaymoq va boshqa sut mahsulotlari iste’mol qilishdan oldin
zararsizlantiriladi ya’ni qaynatiladi.
Chorvadorlarni soglingini saqlash chora tadbirlari - Chorvachilik fermalarini
dizinfeksiya, dezinseksiya, deratizasiya kabi ishlar veterinariya vrachi nazoratida
bajariladi. Ammo har bir chorva xodimi bu dorilarni ozuqa, oxur, suv idishlariga
tushmasligini ta’minlashi zarur. Xizmatchilar shu ishlarni bajarishda maxsus kiyim,
respirator, protivagaz kiyib yoki ogiz burunlarini doka bilan yopib olishi, qulqoplardan
foydalanishi kerak. Bu ishlarga homilador va bola emizadigan xotin–qizlar qo’yilmaydi.
Dorilarni tayyorlash, asboblarga joylashtirish ishlari hammasi ochiq havoda yoki yaxshi
shamollaydigan binolarda bajariladi. Stollar usti zanglamas metall bilan qoplanib ishdan
keyin stol va idishlar sodali issiq suv biln yuviladi. Idishlar, asbob–anjomlar,
dezinfeksiya mashinalarini ariq, daryo va kullarda yuvish chayqash mumkin emas.
Butun dunyo sogliqni saqlash uyushmasining aniqlashicha (F.G.
Kratkov) suvning iflosligi va sifatsizligidan yiliga dunyo bo’yicha 5 mln kishi vafot
etadi, 500 mln kishi kasallanadi. Shundan ko’rinib turibdiki, chorva xodimlarini toza
iste’mol suvlari bilan ta’minlash, suvni vaktida zararsizlantirib turish tavsiya etiladi. 
Go’sht va sut kombinatlarida ishlaydigan kishilar toza xalat, qalpoq bilan
ta’minlanishi, tirnoqlari olingan, chuntaklarida metall buyumlar bo’lmasligi, xotin–
qizlar har xil taqinchoqlar taqmasligi kerak. Ishga kirishda va ishdan keyin dush qabul
qilishi zarur. Go’sht kombinatining terilash va kolbasa sexida ishlovchilar orasida ham


har xil kasalliklar ko’p o’chraydi. U yerlarda maxsus kiyimlar kiyiladi, chekilmaydi,
go’sht qiymasiga har xil narsalar tushmasligini ta’minlash xizmatchilar vazifasidir. 
Chiqindi va teri zavodlarida ishlaydigan kishilar paratif, ko’ydirgi, brusellyoz,
qoqshol kasalliklariga qarshi emlanadi. Qo’lida yarasi yoki terisi shikasatlangan kishilar
bu ishlarga qo’yilmaydi.
Tik turib ishlab chiqarishda ishlaydigan kishilar qorin ichida bosimni oshishidan
dabba (chov, qorin churrasi), ayollarda esa qorinni pastga tushishi, bachadon holatining
o’zgarishi, oyoq venalarida varikoz kasalliklarini chiqaradi, yoki ko’p o’tirib ishlashda
esa ovqat hazm qilish organlarini faoliyatining buzilishi, sanchiq, bavosil kasalligit,
xotin–qizlarning hayz ko’rish siklining buzilishi hollari uchraydi.
Parrandachilik xo’jaliklarida ishlab chiqarish shovqinlari, lyuminasiya, bakterisid
va ultrabinafsha lampalarining kuchli nuri, dezinfeksiya dorilarini hidi chorvadorlar
asabiga va Sogligiga ta’sir etadi. Shshuning uchun parrandachilik fabrikalari xodimlari
orasida vaqtinchalik ishga yaroqsiz kishilar ko’p uchraydi. Ko’pincha nerv (periferiya
nervi) shamollashi, teri kasalliklari, kasb kasalligi va zoonoz kasalliklar ko’p uchraydi. 
Tovuqxonalarining ichki devorlari, to’siqlari, jo’jalar chiqish zali, yuvish,
laboratoriya, so’yish sexlari kamida, 1,8m balandlikda suvga chidamli, yuvish va
dezinfeksiya qilishga qulay material bilan qoplanadi. 
Nurlantiruvchi lampalar xizmatchilar yo’qligida ishlatilib, yuvish, tozalash
vaqtlari shaxsiy gigiyena koidalariga rioya qilish kerak. Xullas har bir chorvador
o’zi va boshqalar Sogligini hamda hayvonlar Sogligini o’ylashi kerak. Shunga
muvofiq zarurriy chora tadbirlarga rioya qilishlari lozim.

Yüklə 66,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin