TIBBIYOT OLIY BILIMGOHLARI TALABALARI UCHUN
O‘QUV ADABIYOTI
H. K. SHODIYEV, S. R. AHMEDOV
TERI VA TANOSIL
KASALLIKLARI
O‘zbekiston Respublikasi oliy vz
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun
o‘quv qo‘llanmasi sifatida tavsiya etilgan
Toshkent
Ibn Sino nomidagi
nashriyotmatbaa birlashmasi
1993
55.8
Taqrizchi—BOICOB ADHAM SHAVKATOVICH—Toshkent 1tibbiyot oliy bilimgohining teri va tanosil kasalliklari kafedrasaning mudiri, tibbiyot fanlari doktori, profeosor
Toshkent bolalar tibbiyoti oliygohining bolalar dermatologiyasi kafedrasining jamoasi mazkur qo‘llanmashgag chop etilishiga homiylik qilgan Sugdiyona savdo ishlab chiqarish birlashmasiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Shodiyev X. Q., Ahmedov Q. R.
SH 74 Teri va tanosil kasalliklari: Tibbiyot oliy o‘quv yurt. talabalari uchun o‘quv qo‘llanma.— T.: Ibn Sino nomidagi nashriyotmatbaa birlashmasi, 1993.— 248 b.— (Tibbiyot oliy bilimgohlari uchun o‘quv adabiyoti).
1. Avtordosh.
Shodiyev X. K., Axmedov K. R. Kojnne i venericheskiye bolezni.
Mazkur O‘quv qo‘llanmasi tibbiyot oliy bilimgohlarining pediatriya kulliyoti talabalariga, bolalar dermatologiyasi bo‘yicha malakasini oshirayotgan vrachlarga, shuningdek pediatrdermatologlarga mo‘ljallangan.
55.8ya73
III 4108170000—060 e’lon qilinmagan
354 (04) 93
ISBN 5 – 638 – 00848 – 9
© H.Q.Shodiyev , Q.R. Ahmedova,
1993
SO‘Z BOSHI
Dermatovenerologiyadan o‘zbek tilida yozilgan darslik yoki o‘quv qo‘llanmasining yo‘qligi va rus tilidagi darsliklarni o‘qishda talabalarning qiynalishlari va bu darsliklarda teri kasalliklarining o‘lkamizga xos xususiyatlari yoritilmaganligi mazkur o‘kuv ko‘llanmasinn yozishga undadi.
Qo‘llanma tibbiyot oliy bilimgohlarining pediatriya kulliyoti talabalari uchun kafedra xodimdari tomonidan tuzilgan dastur asosida o‘n to‘rt mashgulotga bo‘lib yozilgan. Bu dastur Toshkent bolalar tibbiyot oliy bilimgohining o‘quvuslubiy bo‘limida muhokama qilinib, ilmiy kengashida tasdiqlangan. Har bir mashgulot oltp qismdan iborat bo‘lib, kuyidagilarni o‘z ichiga oladi: mashg‘ulot mavzusi, mavzuning qisqacha mazmuni, mashg‘ulotning maqsadi, uyga vazifa, adabiyotlar, talabalarning o‘z ustida ishlash rejasi. Mavzularning qisqacha mazmunida kasalliklarning sabablari, rivojlanish jarayonining, klinik belgilari va davolash sohasidagi zamonaviy ma’lumotlar qisqacha tarzda berildi. Hozirgi vaqtda o‘zbek tilida yozilgan darslik va qo‘llanmalarda ba’zap tushunish kiyin bo‘lgan jumlalar uchrab turpbdi. O‘zbek tilidagi terminlar goho masalaning mohiyatini to‘lik ochib berayotgani yo‘q. Ana shunday kamchilnklarni chetlab o‘tish matusadida biz dermatozlarni ta’riflayotganda sodda va aniq terminlar va iboralardan foydalandik. Qo‘llanmaga baho berish va o‘z taklifmulohazalarini bildirish kitobxonga havola albatta. Ammo kitobxonning aksariyatini talabalar tashkil etishini hisobga olish, ularning turli viloyatlardan kelganligini e’tirof etish qo‘llanmani sodda tilda yozishga undadi. Shuningdek, dermatozlarning nomlarini keltirishda ularni xalqimiz orasida qo‘llanilayotgan nomlar bilan atashga harakat qildik. Masalan, ekzemani gush, psoriazni qo‘’bus, teri leyshmaniozini pashshaxo‘rda, impetigoni shirincha, ektimapi ko‘zyara, folljkulitni sizlogich deb atashga, ya’ni qadimiy turkiy atamalarnn qo‘llashga jazm etdik.
Qo‘llanmada mashg‘ulot maqsadining alohida ta’kidlanishi talaba zimmasiga aniq vazifa yuklaydi. Bu vazifalarni to‘g‘ri bajarish uchun uyga vazifa bo‘limi yordam beradi, shushshgdek, o‘zo‘zini nazorat etishga sharoit yaratadi. Adabiyotlarning ko‘pchiligi asosan rus ti shda bo‘lganligi tufayli mazkur kitoblarning nomlari ham rus tilida berildi. Talabalarning o‘z ustida ishlash rejasi oliy tibbiy pedagogika va Sog‘liqni saklash vazirligining o‘quvuslubiy pdorasi talablariga javob beradi degan umid bildiramiz.
Ma’lumki, teri va tanosil kasalliklari diagnostikasida qo‘llaniladigan maxsus laboratoriya tekshiruv usullari dermatovenerologiya bo‘yicha yozilgan darsliklarda qisqa yozilgan, ba’zi darsliklarda bu kerakli bo‘lnm umuman yoritilmagan. Shu sababli o‘lkamizda ko‘p uchraydigan teri va tanosil kasalliklarining laboratoriya diagnostikasini qisqacha ta’riflashga qaror kildik, Bu ilovada biz fatsat talabalar ehtiyojini qondirish bilan chegaralanmasdan, balki dispanserlar va maxsuye kasalxonalar laboratoriyalarida ishlayotgan mahalliy millatga mansub laborantlarimiz talablarini ham kondirishga harakat qildik.
Teri kasalliklari diagnostikasida qo‘llanilayotgan klinik tekshiruv usullari endigina mustaqil ishlay boshlagan yosh shifokorlarimizga ham asqotadi degan umiddamiz. Chunki o‘zbek tilida dermatologik klinik tekshiruv usullari bayon etilgan adabiyotlar yo‘q.
Vrachdermatolog o‘zining ish faoliyatida ko‘pgina jumboqlarga yoki yechimi chigal masalalarga duch keladi. Bunday masalalar ayniksa tanosil kasalliklariga duchor bo‘lgan bymorlar bilan ishlaydigan vrachlarimiz faoliyatida ko‘p kuzatiladi. Mazkur o‘quv qo‘llanmayei yordamida biz yosh mutaxassislarni diagnostik chigallarning osonroq yechishiga yordamlashmoqchi bo‘ldik. Dolaversa, o‘quv dasturiga binoan oliygoxlarimiz talabalaridan klinik masalalarni yechish talab etiladi.
O‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilingach, asosiy hujjat hisoblangan kasallik tarixini barcha davolash muassasalarida o‘zbek tilida bayon etish talab qjlina boshladi. Kasallik varaqalarini o‘zbek tilida yozishda paydo bo‘lgan qiiinchiyajklar bilan bir qatorda dermatologik bemorlarda asosiy kasallik bayonini o‘zbek tilada yozish o‘ziga xos qiyinchiliklar tugdirdi. Hanuzgacha ko‘pgina kasalxonalarda kasallik tarixiniig bu mas’uliyatli qismi palapartish, sifatsiz yozilmokda. Shifokorlarimiz duch keladigan mazkur qiyinchilikni yengish maqsadida asosiy kasallikning bayonidan namunalar berdik. Bunda biz respubyaikamizda ko‘p uchraydigan va vrachlarimizni har kuni kayta va kayta yozishga undaydigai dermatozlarni tanladik.
Xullas, qo‘lingizdagi dermatovenerologiyadan qisqacha o‘quv qo‘llanmasi ko‘pgipa ko‘rsatma, talab va mulohazalar asosida yozildi. Qo‘llanmaiing o‘ziga xos uslubda yozilganligi, an’anaviy usullardan chetga chikilganligi tufayli qator kamchiliklari bo‘lsa, ajab emas. Biz qo‘llanmaga doir har kanday taklif va tansidiy mulohazalarni bajonidil qabul qilamiz.
1-MASHG‘ULOT
1. Mashg‘ulotning mavzusi. Dermatovenerologiya to‘g‘risida umumiy tushuncha. Terining umumiy tuzilishi va va vazifalari. Teri toshmalari. Zaxm, kasallikning umumiy kechishi.
2. Mavzuning qisqacha mazmuni. Dermatovenerologiya ikkita aloxida sohani (dermatologiya va venerologiya) o‘z ichiga oladi.
Dermatovenerologiya teri va teri kasalliklari haqidagi fandir. U terining normal va patologik tuzilishini, vazifalarini o‘rganadi. Shuningdek turlituman kasalliklarda kuzatiladigan klinik manzarani va alohida teri kasalliklarini (dermatozlarni) o‘rganadi. Dermatologiya asosan ikki qismdan: umumiy va maxsus qismlardan iborat.
Umumiy dermatologiya terining anatomiyasi, fiziologiyasi, patogistologiyasini o‘rganadi. Teri kasalliklarini keltirib chiqaradigan sabablar va ularning rivojlanish jarayoni to‘zgrisida ma’lumotlar beradi. Teri kasalliklari diagnostikasida hal qiluvchi ahamiyati bo‘lgan morfologik elementlarga atroflicha ta’rif beradi. Shuningdek dermatozlarni umumiy va mahalliy davolash, ularning oldini olish choralari to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar beradi.
Maxsus dermatologiya muayyan teri kasalliklarining (kasalliklarning klassifikatsiyasi (tasnifi) bo‘yicha) etiologiyasi, patogenezi, simpatomatologiyasi, diagnostikasi, davolash usullari va oldini olish bo‘yicha barcha ma’lumotlarni beradi. Mazkur fan biror kasallikka ta’rif berayotganda terining alohida a’zo ekanligini e’tirof etadi va uni organizmning boshka a’zolari bilan chambarchas bog‘langan deb tushunadi. Bundan prinsipda yondoshish dermatozlarshshg tabiatini to‘g‘ri tushunishga va samarali davo usullarini ishlab chiqishga yordam beradi. Maxsus dermatologiya teri kasalliklarini turlituman soxalarga bo‘lib o‘rganadi: dermatomikozlar, dermatozoonozlar, allergik dermatozlar, piodermitlar, genodermatozlar va boshqalar.
Venerologiya tanosil kasalliklari haqidagi fandir. Ko‘pincha jinsiy yakinlik qilish paytida o‘tadigan yuqumli kasalliklar tanosil kasalliklari deb nom olgan. Umuman «venerologiya» so‘zi lotincha «venus (Venera) so‘zidan olingan bo‘lib, sevgi ma’budasi demakdir. Bu ibora tanosil kasalliklarining asl mohiyatini ochib bera olmaydi.
Tanosil kasalliklarining barchasi yuqumlidir, ya’ni ularning maxsus kasallik paydo qiluvchi mikroorganizmlari mavjud. Xozirgacha tanosil kasalliklari qatoriga zaxm, so‘zak, yumshoq yara, chov limfogranulematozi kiritilardi. Bugunga kelib bu guruhga mansub dardlar jinsip aloqa paytida yuqadigan kasalliklar degan nom oldi. Oxirgi o‘no‘n besh yil ichida jinsiy aloqa paytida yuqadigan kasalliklar soni birmuncha oshdi: mikoplazmoz, xlamidioz, donovanoz, jinsiy a’zolar gerpesi uchuri, o‘tkir uchli kondiloma, yuqumli mollyusk, trixomoniaz, amyobiaz, lyamblioz, achitqi zamburuglar keltirib chiqaradigan vulvovaginit, chovnrtng bitlashi, ko‘tir va boshkalar shular satoriga kiradi. Ijtimoiy nutstai nazardan mazkur kasalliklarning barchasi tanosil kasalliklaridir.
Mazkur o‘quv qo‘llanmasida jinsiy yaqinlik qilish paytida o‘tadigan kasalliklardan ko‘p tarqalganlari va dikqatga sazovorlari: zaxm va so‘zak muhokama qilinadi. Shuningdek orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (SPID) to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berildi.
TERINIIG UMUMIP TUZILISHI
Teri odam tanasini tashqi tomondan qoplab turadigan a’zo hisoblanadi. U murakkab tuzilishga ega. Katta yoshdagi odam terisining umumiy yuzasi 1,5—1,6 m2ni tashkil etadi. Terining qalinligi (tori osti yog kavatidan tashqari) 0,5—1 mm dir. Teri odam tanasining ba’zi sohalarida (ogiz, burun, orka chikaruv teshigi, siydik yo‘li va qip) astasekin shilliq kavatga aylanadi. Terining rangi quyidagilarga: tana sathining u yoki bu sohasidagi to‘kimalarning turiga, qon tomirlari bilan ta’minlanish darajasiga, teridagp iaxsus rang beruvchi modda — melanishning miqdoriga bog‘liq. Teri sathida turlituman shaklga ega bo‘lgan maydonchalar va pushtalarni kuzatish mumkin. Bu maydoncha va pushtalar terining u yoki bu sohasida katta yoki kichik, uzun yoki qisqa bo‘lsada ma’lum bir yo‘nalishda tortilgandir. Bu manzara qo‘l va oyoq kaftlarida yaxshi va sezilarli kuzatiladi. Ayniqsa qo‘l kafti va oyok kaftidagi yonmayon yo‘nalishga ega bo‘lgan do‘mbodcha va pushtalar har xil shaklda bo‘lib, har kimda har xpl bo‘ladi. Shu tufayli ikki marta takrorlanmaydigan bu chizikchalar va po‘nalishlar ba’zi odamlarni tanishda, ya’ni birbiridan ajratishda muhim belgi hisoblanadi (dactiloscopia).
Odam tanasining deyarli barcha sohalarida teri soch bilan koplangandir. Faqatgina terining ayrim joylaridan (qo‘l kafti, oyoq kafti, labning qizil xonshyasidan, zakar boshchasidan, katta va kichik jinsiy lablarning ichki yuzasidan) soch chiqmaydi.
Teri ikki asosiy kavatdan iborat: ustki kavat (epidermis) va asl teri (dermis, cutis propria). Tuzilish jixatdan birbiridan tubdan farq qiladigan terining bu ikki qavati birbiri bilan chambarchas boglangandir. Terining asl kavati xisoblangan dermaning ostida terya osti kavat (hypoderma, tela adiposa)) joylashgan.
Terining ustki kavati (teri po‘sti) epnteliy to‘qimasidan tashkil topgandir. Epidermis teri sathining turli sohalarida turlicha rivojlangan bo‘lib, shu tufayli mazkur qavatning qalinligi turlichadir. Do‘l kafti va oyoq kaftida juda qalin, yuqori qovokning terisida va jinsiy olatning qalpog‘ida esa juda yupqa. Teri po‘sti hujayralari epidermotsitlar deb ataladi. Mazkur hujayralarning asosiy qismi keratin moddasini ishlab chiqaradi, ya’ns terining po‘st tashlashida ishtirok etadi, shu sababli keratinotsitlar deb ataladi. Epidermisda boshqa vazifalarni bajaruvchi hujayralar ham bor. Masalan, teriga rang beruvchi melanin moddasini ishlab chiqaruvchi melanotsitlar deb ataluvchi hujayralar; sezish vazifasini bajaruvchi Merkel hujayralari, fagotsitoz xususiyatiga ega bo‘lgan Langergans hujayralari va boshqalar.
Epidermis — teri po‘sti. Teri po‘stn (epidermis) 5 qavatdan iborat. Agar bu qavatlarni pastdan yukoriga qarab sanaydigan bo‘lsak, eng ostki qavat — asosiy, o‘suvchi kavat (Stratum basale) hisoblanadi. By kavat bir qator tizilgan silindrsimon (prizmatik) hujayralardan iborat. Bu hujayralarni birbiridan qisqa, ko‘zga ko‘rinmas yoriqsimon bo‘shliqlar ajratib turadi. Bu hujayralarning tuxumsimon shakldagi yadrolari xromatin moddasiga boydir. Shu tufayli ularning yadrolari boshka qavatlarda joylashgan xujayralarning yadrolaridan to‘qroq bo‘yaladi va mikroskopda yavdol ko‘zga tashlanib turadi. Asosiy (bazal) kavat o‘suvchi qavat degan nomni bejiz olmagan. Chunki epidermisning ustki kavatlarida joylashgai hujayralar o‘suvchi qavat hosilasidir, ya’ni teri po‘stini tashkil etuvchi xujayralar bazal qavat hujayralarining bo‘linib ko‘payishi (mitoz) natijasida hosil bo‘lgan.
Keratinotsitlar protoplazmasining yuqori qismida, yadro ostida melanin donachalari joylashgan oq tanli odamlarda melanin donachalari faqat bazal qavat hujayralarining protoplazmasi tarkibida kuzatiladi. Terisp bugdoy rang kishilarda esa bu modda tikanli qavat hujayralarida ham bo‘ladi. Qora tanlilar terisi melanin moddasiga juda boy. Bu irqqa mansub odamlar terisining hatto donador qavat hujayralarida ham melanin donachalari kuzatiladi. Oq tanli kishilar terisining ba’zi sohalarida (ko‘krak bezlari, moyak xaltasi — yorg‘oqning terisi, tashqi chikaruv teshigi atrofida) melanin donachalari tikanli qavat hujayralarida ham uchrashi mumkin.
Asosiy qavat keratinotsitlari orasida melanotsitlar joylashgan. Epidermis tarkibidagi melanotsit hujayralari birinchi marta 1917 yilda V. Bloch tomonidan kashf etilgan. Bu o‘siqchasimon xujayralarning protoplazmasi melanin donachalari bilan to‘lgan. Melanotsitlar o‘z o‘siqchalari (tarmoqlari) yordamida yonida joylashgan keratpnotsitlar bilan bog‘lanib turadi. Aslida teriga rang beruvchi modda — melanin pigmenti melanotsitlar ichida hosil bo‘lib, o‘z tarmotslari orqali melaninni keratinotsitlarga o‘tkazib beradi. Melanin moddasining hosil bo‘lish jarayoni murakkab jarayondir.
Melanin DOFA — oksidaza fermenti ta’sirida 3,4digidrooksifenilalanin (DOFA)dan hosil bo‘lar ekan. Umuman olganda melanin tirozindan hosil bo‘ladi, ya’ni tirozin (aminokislota) mis bilan bog‘langan tirozinaza ta’siri ostida ultrabinafsha nurlar yordamida astasekin DOFAga aylanadi. DOFA esa o‘z navbatida DOFA — oksidaza ta’sirida melaninga o‘tadi. Bu jarayonnj quyidagi shaklda tushuntirish mumkin:
Melanin pigmentining hosil bo‘lish jarayoni gipofiz bezida hosil bo‘ladigan, mylanin moddasi ishlab chiqarilishiga undaydigan modda (gormon) bilan idora etiladi. Shuningdek, melanin ishlab chiqarish adrenalin, noradrenalin, kalqonsimon bez va jinsiy bezlar gormonlari ta’sirida idora etiladi. Melanin moddasining ko‘p yoki kam hosil bo‘lishi quyosh nurlari aktivligiga ham bog‘liq. Ana shu tufayli quyoshli mamlakatlarda yashovchi xadilarning terisi qoramtir bo‘ladi, shimoliy xadklarning terisi oq bo‘ladi. Ba’zi kimyoviy moddalar, masalan, furokumarin terida rang hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Vegetativ asab sistemasiping simpatik bo‘limini ta’sirlash, ya’ni aktivlashtirish — pigment hosil bo‘lish jarayonini keskin susaytirib yuboradi, hatto melanin hosil bo‘lishini butunlay to‘xtatib qo‘yadi. Melanin moddasining hosil bo‘lishida ko‘pgina vitaminlar, jumladan askorbin kislota muhim rol o‘ynaydi.
O‘suvchi qavatda joylashgan Merkel xujayralari son jihatidan keratinotsitlardan ancha kam bo‘lsada, ulardan anchagina yirik. Bu hujayralarning sitoplazmasi juda tiniq va bunda osmiofil donachalari mavjud. Merkel (hujayralariga miyelin moddasi bo‘lmafn nerv tolalari jips holda ulangan. Shu sababli teri po‘sti sezish xususiyatiga ham egadir.
Teri po‘stining bazal qavati ustida joylashgan navbatdagi qavati tikanli qavat (Stratum spinosum) deb ataladi. Bunda 3—8 qator noto‘g‘ri va ko‘p qirrali keratinotsit hujayralari mavjud. Tikanli qavat keratinotsitlari birbiridan hujayralararo yoriq va ariqchalar bilan ajralib turadi. Biroq mazkur hujayralar sertarmoq va shoxlangan bo‘lib, ana shu «tikanli» shoxlar yonmayon joylashgan hujayralar protoplazmasi ichiga kirib ketgandir. Shu yo‘l bilan hujayralar jipsligi ta’minlanadi. Bu qavatning tikanli deb nom olishining sababi ana shunda. Tikanli qavat hujayralari birbirlari bilan desmosomalar yordamida ham uzviy bog‘langan. Desmosomalar ikki qo‘shni hujayra elementlaridan tashkil topgan bo‘lib, har bir desmosoma o‘ziga ro‘para joylashgan ikkinchi hujayra qobigining qattiqlashgan qismini mujassamlashtirgan. Tikanli qavat hujayralari teri po‘sti yuzasiga yaqinlashgan sari o‘z shaklini o‘zgartirib, yassilashib boradi, ya’ni tikanli davatning pastki qatorlarida joylashgan hujayralar kubsimon shaklda bo‘lsa, uning ustki qatorlarida esa yassi epiteliy shaklida uchraydi. Tikanli qavat hujayralarining yadrolari yumaloq yoki pufaksimon bo‘lib, xromatin moddasiga boy emas. Shuning uchun mazkur qavat hujayra yadrolari bo‘yoqlarni o‘ziga kam oladi, bo‘yaganda och, ranglar bo‘yaladi. Hujayra sitoplazmasida kuzatiladigan toiofibril.:( deb ataluvchi shoxsimon o‘simtalar hech qachon bir hujayradan ikkinchisiga o‘tmaydi, ular sitoplazma qobirida tugallanadi.
Tikanli qavat keratinotsitlari orasida Langergans hujayralari ham joylashgan. Bu hujayralarning yadrosi oddiy bo‘yoqlar bilan yomon bo‘yaladi, ular bir qancha shoxlarga bo‘linadigan sertarmoq hujayralar hisoblanadi. Tarkibida melanin pigmenti po‘q. Langergans hujayralari uzoq yillar davomida nerv hujayralarining maxsus turi deb hisoblangan. Chunki ular oltin bo‘yoqlar bilai juda yaxshi bo‘yaladi, hujayralarning bu xususiyati nerv hujayralariga ko‘proq xosdir. Ba’zilar Langergans hujayralarini sobiq pigment hujayralari ham deb hisoblashadi. Keyingi tekshiruv va kuzatuvlarning ko‘rsatishicha, bu hujayralar hujayralar fagotsitozida faol ishtirok etar ekan. Hozir Langergans hujayralarining teri immunitetidagi roli to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘payib bormoqda.
Donador qavat (Stratum granulosum) tikanli qavatning eng yuqori qatorida joylashgan hujayralar bo‘lib, shakl jihatidan astasekin yassilashib sezilarsiz donador qavatga o‘tib ketadiki, bu ikki kavat o‘rtasidagi chegarani hamma vaqt ham aniqlab bo‘lavermaydi. Umuman donador qavat 1—2 qator yassi — rombsimon epiteliy hujayralaridan iborat, terining ba’zi sohalarida (qo‘l kafti, oyoq kafti) 3—4 qatorni tashkil etadi. Bu hujayralar birbirlari bilan jips joylashgan, ularning yadrolari tikanli qavat hujayra yadrolariga nisbatan kichikdir. Donador qavat hujayralari sitoplazmasi tarkibidd keratogialin donalari mavshuddir, ular anilin bo‘yoqlari bilan juda yaxshi bo‘yaladi. Shu tufayli mikroskopda aniq ko‘rinadi (donadar kavat nomini ana shundan olgan). Keratogialin donachalari o‘z tarkibiga ko‘ra dezoksiribonuklein kislotaga (DNK) juda yaqindir. Donador qavat hujayralari protoplazmasida tonofibrillar deyarli uchramandi. Teriniig ba’zi sohalarida (yuz terisi, burmalar) donador qavat ko‘pincha kuzatilmaydi.
Teri po‘stining uch kavatn (asosiy, tikanli va donador kavatlar) birgalikda o‘suvchi yoki muallifn nomi bilan Malpigiy (Malpighi) kavati deb nomlanadi. Xozirgi davrda Malpigiy kavati deganda bazal va tikanli kavatlar tushuniladi.
Yaltiroq qavat (Stratum lucidum) donador nazat ustida joylashgan, u teri po‘stining 4qavati hisoblanadi. Bu qavat yadrosiz bir xil tuzilishga ega bo‘lgan keratinotsit hujayralaridan, anikrogi eleidin moddasidan tuzilgan. Mazkur davatda zleidin oqsil modasidan tashkari, glirogen va yor moddalari (olein kislota, lipoidlar) ham bor. Eleidin kavati oddiy bo‘yash usullari bilan bo‘yalganda yaltiroq, tiniq shpshasimon chiziq holida ko‘rinadi, yaltiroq yoki shishasimon kavat nomi ana shundan olingan.
Shox qavat yoki muguz qavat (Stratum corneum) teri po‘stining eng ustki kavatidir. Bu qavat tashki muhit bilan bovosita aloqa qiladi, shu sababli doimo har xil omillar ta’sirida faollik ko‘rsatadi. Muguz qavat qo‘l va oyoklarning ichki yuzasida, qorin sohasi, odam tavasining yon yuzalarida, ayniksa tashki jinsiy a’zolar terisida juda yupqadir. Ko‘l kafti, oyok kaftida esa anchayin qalin, ya’ni juda rivojlangap. Shox qavat hujayralarining soni tashki ta’sirotlarning ko‘p yoki kamligiga ham bogliq. Teriga ta’sir etuvchi omillar kanchalik ko‘p bo‘lsa, muguz qavat shunchalik kalinlashadi. Bu hol fiziologik giperkeratoz deb ataladi. Muguz qavat yupqa va yadrosiz shox hujayralar yig‘indisidap iborat. Muguzli po‘stlar birbiri bilai jips joylashgan. Shox tangachalar keratin deb ataluvchi muguzli (shox) moddadan iborat. Keratin — albuminga o‘xshash oqsil modda bo‘lib, oltingugurtga boydir, lekin tarkibida suv kam.
Asya teri — derails, coriuin. Asl teri ko‘shuvchi (biriktiruvchi) to‘kimadan iborat. Biriktiruvchi to‘qima tolalari orasida kollagen, elastik va argirofil tolalar, shuningdek silliq mushak tolalari mavjud. Shuningdek mazkur to‘yusha tolalari orasidagi maxsus bir tuzilishga ega bo‘lmagan amorf falik moddalar joylashgan. Bunday moddalarning dikkatga sazovori glikozoaminoglikandyar. Boshqacha qilib GAG (gialuron va xondroitinsulfat kislota) deyiladi. Asl teri hujayralari turlituman bo‘lib, ular fibrotsitlar, gistiotsitlar, melanofaglar, fibroblastlar, limfotsitlardan iborat. Shuningdek plazmatik hujayralar, retikulyar va endotelial hujayralar, leykotsitlardan tuzilgan. Mana shu hujayralar va tolalarni birbiri bilan biriktirib umumiy yagona to‘qima hosil qilishda amorf oraliq moddalarning ahamiyati katta. Asl terida shartli ravishda ikki kavat farqlanadi:
a) yuzaki — so‘rrichsimon kavat (Stratum papillare), b) chuqur — to‘rsimon qavat (Stratum reticulare).
Derma ma’lum sohalarda teri po‘stiga kirib ketgan, bu hol mikroskopda so‘rgichni eslatadi. Terining fiziologik giperkeratoz kuzatiladigan sohalarida so‘rg‘ichlar yaxshi rivojlangan, teri burmalarida esa so‘rgichlar unchalik yaxshi ko‘rinmaydi. So‘rgichsimon kavatda mayin va elastik, argirofil tolalar ko‘prov; joylashgan. Bu yerda mukopolisaxaridlar ham to‘rsimon qavatga nisbatan ko‘p mikdorda. Aksincha, to‘rsimon qavatda yetuk rivojlangan fibroblastlar, kollagen tolalari ko‘prok joylashgan. Kollagen tolalar to‘plamp, ular orasidagi elastik tolalar, turlituman hunjayralar qon tomirlari (kapillarlar) butun bir chigal to‘rni eslatadi, to‘rsimon qavat nomi ana shundan olingan.
Teri po‘sti (epidermis) va asl teri (derma)ning orasida ko‘zga ko‘rinarko‘rinmas yupsa parda joylashgan. Bu parda asosiy membrana (membrana basilaris) deyiladi. Bazal parda diqqat bilan kuzatilganda, unda o‘suvchi qavat hujayralarining barmoqsimon o‘simtalari va argirofil tolalardan iborat chigal to‘rni ko‘rish mumkin. Ana shu o‘simtalar va tolalar yig‘indisi maxsus pardani, ya’ni bazal membranani hosil qiladi. Keyingi yillarda asosiy pardaga ko‘p e’tibor berilmoqda. Teri po‘sti hujayralarning, xususan bazal qavat hujayralarini oziq moddalar bilan ta’minlash ham ana shu asosiy parda orqali amalga oshiriladi. Bazal parda gisto kimyoviy tuzilishi jihatdan xondroitinsulfat kislota, shuningdek lipidlar va mukopolisaxaridlardan tuzilgan. Terida kuzatiladigan u yoki bu kasalliklarning shakllanishi asosiy pardaning biologik xolatiga ham bog‘liq.
Teri osti yog‘ qavati (hypoderma). Teri osti yog‘ qavati turlicha rivojlangan. Qorin va dumba sohasida ularning qalinligi bir necha santimetrga yetadi. yor to‘qimalari o‘zining mayinligi bilan terini tashqi ta’sirotlardan himoya qiladi. Mazkur qavat asl teri bilan uzviy bog‘langandir. To‘rsimon qavat kollagen tolalari qalin bog‘lamlar hosil qilib, teri osti yog‘ qavati ichiga kirib borgan. Ular yog qavati bag‘rida keng boglamli to‘rlar hosil kiladi, bu boglamlarning ichi yor hujayralari bilan to‘lgaidir. yog‘ hujayralari sharsimon shaklga ega, ularning tuxumsimon yadrolari hujayra sitoplazmasining chetida joylashgan.
Yangi tugilgan chaqaloqlar va bogcha yoshigacha bo‘lgan bolalarning teri osti yet qavati yumshoqligi va yor bo‘lakchalarining ko‘pligi bilan kattalarnikidan farq qiladi. Gipoderma orprlpgining tana og‘irligiga nisbati bolalarda kattalarnikiga nisbatan 5 marta ko‘pdir. Bolalarda yog‘ hujayralarining sitoplazmasi ko‘piksimon oppoq bo‘lib, yadrosi katta bo‘ladi. yog‘ hujayralari tarkibidagi stearin va palmitin yog kislotalarining miqdori kattalarnikidan ko‘p, olenn yog kislotasining miqdori esa kamdir.
Teri bezlari. Teri yog va ter bezlariga boydir. Yog bezlari (glandulae sebaceae) terining barcha sohalarida joylashgan, faqat ko‘l kafti va oyoq kaftida yo‘q. yog‘ bezlari va soch tolasi yonmayon joylashgandir, ularning yog‘ chiqaruv teshigi soch tolasining tanasida ochiladi. Terining ma’lum sohalaridagina (labda, zakar boshchasida, kichik jinsiy lablarda, ko‘krak bezlarining so‘rg‘ichlarida) yog bezlarining alohida tashki chiqaruv teshigi bo‘lib, teri yuzasiga ochiladi. Bitta soch tolasining atrofida 6—8 tagacha yog‘ bezlari joylashgan bo‘lishi mumkin. yor bezlari morfologik tuzilishi jihatidan oddiy alveolyar bezlar qatoriga kiradi. Bezlarning tanasi biriktiruvchi to‘kimali qavatdan iborat, ularning eng tashqi qobig‘i bir qator tuzilgan prizmatik epiteliydan tashkil topgan. Alveolyar hujayralarning markaziy qismi yog bilan to‘lgan. Yog‘ bezlariniig tashqi chiqaruv yo‘llari ko‘p qavatli epiteliy hujayralari bilan qoplangan.
Bolalar terisi kattalarnikiga nisbatan yog bezlari bilan ko‘proq ta’minlangan. Ularda bezlarning hajmi ham kattaroq. Ayniqsa yuz terisida, boshning sochli qismida, jinsiy a’zolar sohasida bezlar juda ko‘p. Bolalarda yog bezlarining faoliyati ham kattalarnikidan kuchliroadir. Shu sababli ularda turlituman yallig‘lanish jarayonlari ko‘proq kuzatiladi. Bolaning yoshi kattalashgan sari yog‘ bezlarining faoliyati susaya boradi, ma’lum bir qismi bujmayib o‘z ishini butunlay to‘xtatadi.
Ter bezlari (glandula sudoriferae)HiiHr soni 3,5 milliongacha yetadi. Odam terisining barcha sohalari ter bezlari bilan to‘lgan. Jinsiy olat boshchasida, kichik jinsiy lablarning tashqi yuzasidagina ter bezlari uchramaydi.
Ikki xil ter bezlari farqlanadi: ekkrin va apokrin ter bezlari. Ter bezlariniig ko‘p qismi ekkrin bezlari hisoblanadi, ya’ni bu bezlarning hujayralari o‘z faoliyatlari natijasida nobud bo‘lmaydi. Apokrin bezlari hujayralarining ma’lum qismi ter ishlab chiqargach, nobud bo‘ladi. Apokrin bezlari hajmi jih.atdan ekkrin bezlaridan kattadir. Shuningdek ularning ter chiqaruv yo‘llari xuddi yog‘ bezlari singari soch tolasining tanasiga ochiladi. Apokrin bezlari ma’lum sohalarda: qo‘ltidda, orqa chiqaruv teshigi atrofida, ko‘krak bezlarining so‘rgichlari atrofida, katta jinsiy lablarnipg terisida joylashgai. Ularning ish faoliyati jinsiy bezlar faoliyati bilan borliqdir. Shu tufayli ularning faoliyati balogatga yetish davrida boshlanadi. Jinsiy aloqa paytida ter ishlab chiqarish xususiyati kuchayadi. Ter bezlari asl terining eng pastki qatlamlarida, teri osti yog‘ qavatining yakinida joylashgan. Shu sababli ularning ter chiqaruv yo‘llari uzun bo‘lib, asl teri va teri po‘sti orqali o‘tadi.
Sochlar. Sochlar (pilus) turlituman bo‘lib, bola hali ona qornidagi paytidayoq o‘sib chiqadi. Bu birlamchi sochlar lanugo deb ataladi. Birlamchi sochlar bola tug‘ilmasdanoq yoki tugilgandan so‘ng ko‘p o‘tmasdan tushib ketadi. So‘ngra ikkilamchi, ya’ni doimiy sochlar chikadi, doimiy sochlar ikki turga bo‘linadi: uzun va mayin sochlar. Uzun sochlar qo‘ltiq ostida, qov sohasida, tashqi jinsiy a’zolar terisida, yuz terisida chiqadi, boshning sochli qismida, qo‘l va oyoqlarda ko‘p o‘sadi. Mayin sochlar balog‘atga yetish davrida o‘sa boshlaydi. Teri kuyidagi vazifalarni bajaradi:
a) himoya vazifasi — turlituman ta’sirotlardan saqlaydi;
b) issiqlikni idora etishda qatnashadi;
v) chiqaruv vazifasi (ter va yog‘ni teri sathiga chiqaradi. Yod, brom va boshqa zaharli moddalarni tashqariga chiqaradi);
g) tashqi sezgilarni (og‘riq, harorat, bosim va hokazo) bosh miyaga yetkazadi;
d) singish (shimish) vazifasi, ya’ni turlituman kimyoviy moddalarning teri orqali so‘rilishini amalga oshiradi;
ye) nafas olishda qatnashadi;
yo) moddalar (keratin, melanin, mineral tuzlar, vitamin V, A, S) almashinuvida ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |