Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti
talabasi Jo’raqulova Feruzabonuning Maktabgacha ta'lim tarbiyani tashkil etish
fanidan “Maktabgacha ta'lim tizimida kompetensityaviy yondashuvning o’ziga
xosligi” mavzusida yozgan kurs ishiga ilmiy rahbar xulosasi:
Talaba Jo’raqulova Feruzabonu tanlagan mavzusi o’zining bugungi kunda
dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. Kurs ishining kirish qismida mavzuning
dolzarbligi va ilmiy nazariy ahamiyati yoritilgan. Ishning asosiy qismida mazmun
mohiyati va amaliy asoslar ochib berilgan. Kurs ishi rejalar asosida yoritilgan
bo’lib, ishda mavzuning ilmiy-nazariy asoslari
ochib berilgan, shu bilan birga
ishni amaliy jihatdan yoritib berilgan. Maktab ta’limiga tayyorlash asoslari va
vazifalari, vositalari ochib berilgan. Maktab ta’limiga tayyorlash borasida bir
qator vazifalar keng yoritib berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-
son qarori, maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom
va yetuk ,jismoniy
rivojlantirish, shu bilan birga maktabga tayyorlangan holda shakllantirish
maqsadini ko’zlaydi. Bolaning maktabgacha yoshda, bolalar bog’chasida olgan
bilim va ko’nikmalarining qariyb 80 foizi, qolgan 10 foizi maktab va keyingi
hayotga to’g’ri keladi. Bu bolalarning sog’lig’iga ham tegishli, faqat to’g’ri vosita
rejimi, to’g’ri ovqatlanish va gigiena standartlariga
rioya qilish bilan yosh
avlodning sog’lig’ini saqlab qolish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni
sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va rivojlanish samaradorligining asosiy
sharti jismoniy faoliyatga bo’lgan hayotiy ehtiyojni tushunishdir. Jismoniy
madaniyat bo’yicha tajribali mutaxassislar maktabgacha yoshdagi bolalar bilan
ularning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, jismoniy
sifatlarini yaxshilash,
vosita ko’nikmalari va qobiliyatlarini egallash bo’yicha doimiy va maqsadli
ishlarni olib borishlari kerak. Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev maktab
ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida
bu sohadagi islohotlarni kechiktirmaslik lozimligini ta’kidladi. Sog‘lom avlodni
shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy strategik vazifalaridan
biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni sog'lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va
rivojlanish samaradorligining asosiy sharti jismoniy faoliyatga bo'lgan hayotiy
ehtiyojni tushunishdir.
Psixologik-pedagogik adabiyotlarni o'rganishda
maktabgacha yoshdagi
bolalar bilan jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirish ishlarini tashkil etish zarurati
va maktabgacha ta'lim muassasasining jismoniy tarbiyasida ushbu jarayonni
takomillashtirish imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmaslik o'rtasidagi
qarama-qarshilik aniqlandi. Aniq qarama-qarshilik tadqiqot muammosini
aniqlashga imkon berdi: maktabgacha yoshdagi bolalar bilan jismoniy tarbiya va
sog'lomlashtirish ishlarini tashkil etishning eng samarali shaklini izlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi,
ularning salomatligini
saqlash va mustahkamlash usullari ilg’or o’qitish usullaridan chetda qolmasligi
kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda yaxshi natijalarga
erishish, jamiyatning yangi talablariga javob beradigan sog’lom turmush tarzi
ko’nikmalarini singdirish uchun ular asosida qurilgan yangi vositalar va yangi
o’qitish texnologiyalari zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy
Maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim
órin tutadi” deya ta’kidlaydi. Maktabgacha yosh – har bir bola hayotidagi juda
muhim davr. Ko’pgina ota-onalar farzandlari yomon o’sib
borayotganini
boshdan kechirmoqdalar. Aslida, bu mutlaqo normal hodisa.Maktabgacha
yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda yaxshi natijalarga erishish,
jamiyatning yangi talablariga javob beradigan sog’lom turmush tarzi
ko’nikmalarini singdirish uchun ular asosida qurilgan yangi vositalar va yangi
o’qitish texnologiyalari zarur.
Kurs ishi mavzusi aynan shu mavzuga atalgan bo’lib sog’lomlashtirish
tadbirlari haqida so’z yuritilgan.
Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Talaba 1 bobda maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan jismoniy tarbiya va soğlomlashtirish tadbirlarini tashkil
etishning nazariy asoslari haqida óz tushunchasini bayon etdi. 2
bobda
sog`lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish usullari va o`ziga xosligini yoritib
berdi. Talaba o’zi mustaqil ravishda izlanib, keraklicha adabiyotlardan
foydalangan deb hisoblayman.