7- mavzu: Odam va uning salomatligini o‘qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari. Organlar sistemasi va ularning anatomiyasi, fiziologiyasi, gigienasiga oid masala va mashqlar yechish. Reja



Yüklə 45,33 Kb.
səhifə1/2
tarix05.12.2023
ölçüsü45,33 Kb.
#173565
  1   2
7- маъруза


7- mavzu: Odam va uning salomatligini o‘qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari. Organlar sistemasi va ularning anatomiyasi, fiziologiyasi, gigienasiga oid masala va mashqlar yechish.
Reja:
1. Odam va uning salomatligini o’qitishda masala va mashqlardan foydalanishning ahamiyati.
2. Odam va uning salomatligini o’qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari, o’ziga xos xususiyatlari.
Odam va uning salomatligi darslarida foydalaniladigan masala va mashqlar o‘quvchilardan darslik bilan mustaqil ishlashni, turli xil didaktik materiallar va dasturlami tayyorlash, o‘z -o‘zini kuzatish, turli xil tajribalami bajarishni, taqqoslovchi tablitsa, sxema, mantiqiy fikrlashga va hisoblashga doir masalalar, savollarga javoblami o‘ylab yozishni, o‘z - o'zini va bir birini nazorat qilishni talab etadi. Masala va mashqlar deyilganda o‘quv vazifalarining shunday xillari tushunulidaki, bularda o‘quvchilarda masala va mashqlar mantiqiy fikr yuritish, xulosalar chiqarish yoii bilan muammoga javob topish talab qilinadi.
Odam va uning salomatligi mazmun jihatdan anatomik, morfologik, fiziologik, gigienik, ekologik, evolyusion, sitogenetik tushunchalarni o’z ichiga olganligi sababli, mazkur o’quv fanini o’qitishda foydalaniladigan masala va mashqlar ham xuddi shu mazmunda bo’ladi.
Odam va uning salomatligini o’qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning didaktik maqsadi:

  • O’quvchilarning mavzu bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, tizimga solish, umumlashtirish;

  • O’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish;

  • O’quvchilarda o’zining, o’zgalarning salomatligini asrash, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini tarkib toptirish;

  • Jismoniy tarbiya va sportning organlar sistemasi ishiga va inson salomatligiga bevosita ta’sirini yoritish;

  • Kuzatish va tajriba qo’yish, natijalarni umumlashtirish va xulosa yasash ko’nikmalarini rivojlantirish sanaladi.

O’qituvchi masala va mashqlarning didaktik maqsadi, o’rganiladigan mavzu mazmunini e’tiborga olgan holda masala va mashqlardan foydalanishi, bunda o’quvchilarning mavzu bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, tizimga solish, umumlashtirish, ularda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish, o’zining, o’zgalarning salomatligini asrash, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini tarkib toptirishni nazarda tutishi lozim.
Odam va uning salomatligini o’qitishda foydalaniladigan masala va mashqlar yuqorida qayd etilgan didaktik maqsadlarni amalga oshirish barobarida fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish imkonini yaratadi.
Masalan, quyidagi 1-masalani yechish uchun o’quvchilar suyakning tarkibidagi anorganik va organik moddalar, ularning suyakka beradigan xususiyatlarini aniqlashi, kimyo fanidan anorganik moddalar o’rtasida boradigan kimyoviy reaksiyalar yuzasidan bilimlarini mustahkamlash va umumlashtirish, kimyo fanida o’zlashtirgan bilimlarini biologiyada foylanishi zarur.
Bunday mazmundagi masalalar o’quvchilarning tabiiy fanlar, shuningdek matematik fanlar bilan fanlararo bog’lanishni amalga oshirish imkonini beradi.
1-masala. Suyaklarni yumshatish uchun xlorid kislota eritmasiga solinadi. Sodir bo’lgan hodisani izohlang va reaksiya tenglamasini yozing.
Mazkur mavzuda o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash va umumlashtirishda mashqlardan foydalanish ham yuqori samara beradi.
1-mashq. Quyidagi uzun naysimon suyakni diqqat bilan ko’rib chiqing. Suyakning mikroskopik tuzilishiga oid 1-6 raqamlar bilan belgilanganlarni aniqlang va raqamlar ketma-ketligida yozing. Bantik shaklida bog’langan suyakning mohiyatini tushuntiring va izohlang.





Quyidagi masalani yechishda o’quvchilarning zoologiyadan o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llash imkoniyatini yaratib, o’z fikrini dalillash, xulosa chiqarish ko’nikmalarini rivojlantirish nazarda tutiladi.
2-masala. Sut emizuvchilar va qushlarning qon bosimi bir xil bo’lishi mumkinmi?
O’quvchilar bu masalani yechish uchun qushlar va sut emizuvchilarning yashash muhiti, organlar sistemasi va ularning funksiyalarini taqqoslashi, xulosa yasashi lozim bo’ladi.
Quyidagi masalani yechishda o’quvchilarning fizikadan o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llash imkoniyatini yaratib, o’z fikrini dalillash, xulosa chiqarish ko’nikmalarini rivojlantirish nazarda tutiladi.
O’quvchilar bu masalani yechish uchun fizikadan o’zlashtirgan suyuqliklarning xususiyatlari, suv va havoning xususiyatlarini taqqoslashi, ularni biologik masalalarni yechishga safarbar etishi nazarda tutiladi.
3- masala. Ko’z soqqasida suyuqlik bilan to’lgan shishasimon tanacha joylashgan. Mazkur shishasimon tanachaning suyuqlik bilan to’lganligining ahamiyatini tushuntiring. Agar shishasimon tanacha havo bilan to’lganida qanday o’zgarish sodir bo’lardi.
Quyidagi berilayotgan masalani yechishda o’quvchilar matematikadan o’zlashtirgan bilimlarini amaliyotga qo’llash imkoniyatini yaratadi. Berilgan formula asosida organizmning energiya sarfini hisoblab topishi, ovqat rasioni bilan energiya sarfi o’rtasidagi bog’lanishlarni tasavvur qilish, ovqatlanish normasini tushunishga zamin tayyorlaydi.
4-masala. Odam organizmining 1 minutda qancha energiya sarf qilishini yurak urushining chastotasi (pulьs) yordamida quyidagi formula yordamida:
Q = 0,2 xA- 11,3;
2 aniqlash mumkin.
Bu erda Q-energiya miqdori;
A- yurak qisqarishining chastotasi (puls), qolgan kattaliklar o’zgarmas sonlar.
Agar odam yuragi tinch holatda 70 marta urayotgan bo’lsa, unda bir minutda qancha energiya sarf bo’ladi? Bir soatdachi? Bir sutkada-chi?
Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda mashqlardan foydalanish, ularning natijalarini jadval tarzda umumlashtirish muhim ahamiyatga ega.
Masalan, o’qituvchi “Yurakning tuzilishi va ishi” mavzusida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini umumlashtirish maqsadida darslikdagi o’quv materiallaridan foydalanib, quyidagi jadvalni to’ldirishni tavsiya etishi mumkin:

Yurak ishining fazalari

Funksiyasi

Yurak klapanlarining holati

Cho’ntaksimon

Yarim oysimon

Bo’lmachalarning qisqarishi










Qorinchalarning qisqarishi










Pauza (yurakning umumiy bo’shashi)












O’qituvchi “Odam va uning salomatligi”ni o’qitishda dars bilan bir qatorda darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda masala va mashqlardan foydalanishni uyg’un tashkil etishi lozim.
Odam va uning salomatligini o’qiishda mazkur o’qitish shakllarida masala va mashqlardan foydalanish qo’llash orqali o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish imkoniyati vujudga keladi. Jumladan, o’quvchilarga darsdan tashqari vaqtda quyidagi topshiriqni bajarish tavsiya etiladi.

Yüklə 45,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin