Ma’ruza 1. Psixologiyaga evolyusion kirish
Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari
Psixologiya tarixi
Psixologiyaning fanlar tizimidagi o’rni va boshqa fanlar bilan aloqasi
Psixologik fanlar tizimi va tamoyillari
Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari
Psixologiya bu psixika, qonuniyatlar, ularning ko’rinishi, shakllanishi va rivojlanishi haqidagi fandir.
Psixologiya bu psixik ko’rinishlar haqidagi fandir bunda biz quyidagi holatlarni tahlil qilishimiz mumkin:
Psixik jarayonlar: bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xayol, diqqat, xotira, tafakkur, nutq); emosional (xissiyotlarni paydo bo’lishi, ularni ehtiyojlarga ta’siri) va irodaviy jarayonlar (ehtiyoj, motiv, iroda, qaror qabul qilish, maqsad va boshqalar);
Psixik xususiyatlar (temperament, xarakter, qobiliyat, iayllar, yo’nalganlik va boshqalar)
Psixik holatlar (stress, affekt, anduh, monotonlik, o’rganilgan yordamga muhtojlik, tush, uyg’oqlik, holatlarning o’zgarishi va boshqalar)
Predmeti: psixika
Obyekti: inson va hayvonlar (zoopsixologiya), kichik va katta guruhlar (sosial psixologiya)
1. Psixologiya haqida tushuncha
Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko’ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o’rin egallashiga barcha obektiv hart va haroitlar yetarlidir. Qat’iy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubshasizdir. Chunki, psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkabi bo’lib, biosferik ta'limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o’rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta'limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o’zaro ta'sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, qo’shilishi to’g’risida mulohazalar, faraziy asosda bo’lsa ham, yuritilmoqda.
Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan moddalarning o’zaro birikuvi, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to’planishi inson tana a'zolariga ijodiy ta'sir ko’rsatishi, natijada favquloddagi holatlar sodir bo’lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha “intueri” sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo’lishi mumkin. Bular qatoriga telepatik (yunoncha “tele” uzoqni “pathos” sezaman degan ma'no anglatadi) samaralar, o’ta sezgirlik, ekstrasenzitivlik (lotincha “extra” o’ta, “sensus” sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha “extra” o’ta, “sensus” his qilaman ma'nosini bildiradi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini kiritsa bo’ladi.
Shuningdek, omadsizlik, ichikishlik, kasalning intizor kutishi, nasib etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo’lish kabi ruhiy holatlar, hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo’q. Ammo bu borada bilish ob'ekti (lotin. “objectum” jism demakdir) bilan sub'ektining (lotin. “subjectum” tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay imkoniyatga ega ekanligini ta'kidlab o’tish o’rinlidir. Ushbu fikrni yaqqollashtirish maqsadida ayrim misollar va talqinlarni qaytadan tahlil qilib o’tamiz.
Jumladan, chaqaloq dunyo yuzini ko’rishdan e'tiboran idrokida tevarak-atrofni va unga mehrigiyosi bilan termilayotgan kishilar muhitini aks ettira boshlaydi, dastavval ob'ektiv (tashqi) va sub'ektiv (ichki, odamlar o’rtasidagi) muhitga moslahish sodda instinktlar (lot.”instinctus” tabiiy qo’zg’atuvchi, tug’ma xususiyat demakdir), hartsiz reflekslar (lot.”reflexus” aks ettirish) yordamida oddiy ta'sirlanish va taassurot tarzida namoyon bo’ladi. Taraqqiyotning mazkur davrida u o’zligini tushuna va anglay olmaydi, hatto buning yuzaga kelishi haqida mulohaza yuritishi ham aslo mumkin emas. Bola bir yoshgacha davrda tez sur'atlar bilan rivojlanadi, yil davomida uning jismoniy a'zolari 50 foizgacha takomillaHishi mumkin. Jismoniy o’sish-psixik (ruhiy) taraqqiyotni tezlashtirishga puxta zamin hozirlaydi, natijada ko’rish, ushlash, yurish, talpinish, g’azablanish va quvonish, samimiylik ham beg’uborlik singari insoniy tuyg’ulari vujudga keladi, nutq faoliyati paydo bo’lishi uning tushunish darajasini yangi bir sifat bosqichiga ko’taradi. Psixikaning muayyan xususiyatlari, holatlari, hodisalari, xossalari, sifatlari, fazilatlari, qonuniyatlari orqali moddiy dunyoni tushuna boradi va unda o’z faoliyatining mazmunida barcha ob'ektlarni amalga oshira boshlaydi. Bolalik dunyosining ichki murakkab qatlamlaridan asta-sekin " o’zlik" ni, shaxsiy "men" likni tushunish tuyg’usi, sezish, his qilish jarayonlari shakllana boshlaydi hamda u yoki bu har xil xususiyatli to’siqlarni yengish imkoniyati ro’yobga chiqadi.
Mazkur taraqqiyot bosqichi psixologiya fanida "men" davri yoki " o’zlik"ni anglash davri deb yuritiladi, u bolada nutq paydo bo’lganidan boshlanib, bir necha rivojlanish bosqichlarini o’z ichiga qamrab oladi. "Men" davrining anglashilgan shakllari va ko’rinishlarining namoyon bo’lishi o’smirlik davriga to’g’ri keladi. O’smirlik davrida o’g’il va qizlarning ruhiyatida o’zlikni anglashga bog’liq bir talay muammoli savollar va ularning turmushda qaror toptirish tuyg’ulari, istaklari, orzulari paydo bo’lib, ko’pincha bu narsalar yakka shaxsning "kimligi", "qandayligi", "kimga va nima uchun kerakligi "ga yo’naltiriladi. Bolaning psixik xususiyatlari, funktsiyalari (lot.”function” ijro etish, bajarish degan ma'no anglatadi) uni qurshab turgan jonli va jonsiz tabiat ajoyibotlarini jismoniy va ijtimoiy vositalar orqali egallash uchun xizmat qiladi.
Xuddi shunga o’xshash o’zligini anglash jarayoni insoniyatning barcha tarixiy va evolyutsion (lot. “evolution” tabiiy ravishda o’zgarish) taraqqiyoti davrlariga xos xususiyat sanaladi. Ibtidoiy jamiyatda kishilarning kuch-quvvati yashash uchun kurashga va tashqi dunyoni egallashga sarflangan, ana shu tariqa tabiat haqidagi dastlabki bilimlar, tajriba saboqlari orqali o’zlashtirilgan. Yarim yirtqich holatdagi ajdodlarimiz olovni kashf qilganlar, yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar, tabiat ne'matlaridan bahramand bo’lganlar va xuddi shu qabilda tabiat bilan tanisha boshlaganlar, moddiy dunyoning saxiyligi, tabiatning ehsonlari va ofatlari, hayvonot olamini madaniylashtirish (xonakilashtirish), yer ilmini o’rganish bo’yicha bilimlarning to’planishi natijasida inson tabiatning qulligidan qutila borgan soniyadan e'tiboran o’zligini (kimligini) anglash imkoniyati tug’ila boshlagan.
Lekin u davrning odamlari bolaga o’xshab o’zligini oqilona, odilona, omilkorlik bilan tasavvur eta olmaganlar. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy davrlarida kishilarda ichki ruhiy imkoniyatlar yuzaga chiqa boshlagan, tug’ma mayl va layoqatlar alomatlari asta-sekin iste'dodga, qobiliyatga aylana borgan. Ammo bu jarayon birining o’rniga ikkinchisini mexanik (yunoncha “mechanike” qurol yoki sodda tarzda demakdir) ravishda yuzaga kelganligini bildirmaydi, balki, aksincha, murakkab sifat o’zgarishlari, organlarning takomillashuvi, tajribalarda to’plangan tatbiqiy bilimlar tartibga solinayotganligini ifodalaydi.
Insonning jismoniy (biologik), ruhiy (psixik), ijtimoiy (sotsial) rivojlanishi natijasida yer kurrasida moddiy dunyo, ma'naviyat, yozuv, san'at, adabiyot, fan, texnika yaratilgan. Bularning zamirida inson tafakkuri, ongi, aql-zakovati, kuchli irodasi, mustahkam xarakteri (yunoncha “character” qiyofa, xislat degani), ijodiyoti, xayolati yotadi. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida odam o’zini hayajonlantirgan, taajjubga solgan savollariga javob izlash imkoniyati vujudga kelgan. Buning natijasida "Inson qanday fikrlaydi?", "Odam qanday yangilik yaratishi
mumkin?", " Ijod qilish qay yo’sinda paydo bo’ladi?", "Moddiy dunyoni qay tariqa bo’ysundirish mumkin?", "Aql-zakovatning o’zi nima?", "Insonga uning ichki ruhiy dunyosi qaysi qonunlar asosida bo’ysunadi?", "Inson o’ziga-o’zi ta'sir o’tkaza oladimi?", "O’zgalarga-chi?" kabi turli-tuman muammolar yechimini qidirishga harakat qiladi. Mana buning barchasi psixologik bilimlar tug’ilish nuqtasini vujudga keltiradi va ana shu daqiqadan boshlab inson o’zini o’zi anglaydi. Binobarin, psixologik bilimlar namoyon bo’lishi o’zini o’zi anglashni omiliga aylanadi, ular borgan sari tobora uyg’unlashib, mutanosiblashib borib, izchil, uzluksiz aloqaga o’sib o’tadi.
Bebaho ahamiyatga ega bo’lgan insoniyatning buyuk yutug’I - bu tafakkurning kashf qilinishiga olib keldi. Avvallari uning fikri, xayoli tashqi dunyoni egallashga qaratilgan bo’lsa, tafakkur kashf qilingan davrdan boshlab sub'ekt-ob'ekt (inson fikrlashi tashqi olamga qaratilgan) munosabati o’rnini sub'ekt (insonning fikri o’zini o’zi anglashga yo’naltirilgan) munosabati egallay boradi. Demak, inson ob'ektiv dunyoni sub'ektiv tarzda aks ettirish orqali o’zini o’zi tadqiq qilishdek murakkab, qaltis ishni amalga oshirishga qaror qiladi. Ana shu boisdan, psixologiya faninnig vazifalari ko’lami kengaydi, murakkablashdi, ichki tarkibida keskin burilish yasab, o’z predmetiga insonni ilmiy jishatdan o’rganishdan tashqari o’zini o’zi anglashni ham kiritdi.
Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iboratki, uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo’lib, ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta'sir o’tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o’laroq o’z tatbiqiy ma'lumotlari, natijalarining ko’pqirra, ko’pyoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko’rsatkichiga ega. Ayniqsa, bu borada o’zini o’zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o’rganish ilmidan tafovutlanib, o’zining psixik jarayonlari, funktsiyalari, holatlari, hissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o’z aksini topadi. Inson o’zini anglay borib, o’z insoniy xislati, xususiyati, sifati, xulqini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o’zini o’zi boshqarish va takomillashtirsh, o’zini o’zi qo’lga olish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi tarbiyalash bo’yicha boy materiallar to’plagan, bu esa o’z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o’zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma'lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta'minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi haroitga ko’chirish, takomillashtirsh, rivojlanish dinamikasini ta'minlash, yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o’ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o’z predmetiga ega bo’lib, amaliy sotsial psixolog, injener
(muhandis) psixolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o’z ichiga qamrab olgandir.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta'kidlab o’tish kerakki, psixologiya fani ko’hna tarixga ega bo’lishga qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V.Vundt tomonidan 1879 yilda Leyptsig (Germaniya) universitetida asos solingan birinchi eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchun endigina refleksiyani (lotincha “reflexus” o’zining ruhiy holatini tahlil qilish degani) ilmiy jihatdan o’rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga kiritish davri (mavridi) keldi.
Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo’lgan bo’lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi aniqlangani yo’q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo’nalishdagi sohalar bo’yicha to’plangan ma'lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar mavjud bo’lishidan qat'iy nazar, u alohida xususiyatga ega bo’lgan mustaqil fandir.
Psixologiya fanini tahlil qilishda uning qay fan sohasi bilan aloqasini aniqlashdan ko’ra ilmiy va kundalik turmush psixologiyasi o’rtasidagi munosabat to’g’risida mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Ma'lumki, har qanday fan negizida odamlarning turmush va amaliy tajribasi muayyan darajada o’z aksini topgan bo’ladi. Masalan, kimyo predmeti moddalarning xususiyatlari, ularning zichligi, og’irligi, o’zaro birikuvi to’g’risidagi kundalik turmush bilimlariga suyanadi, matematika fani sonlar, miqdoriy munosabatlar, geometrik shakllarning xossalari, trigonometrik funktsiyalar haqidagi inson tasavvurlari asosiga quriladi. Lekin psixologiya yuzasidan ana shunday mulohazalar yuritish yoki bildirish mumkin emas, chunki uning zamirida tubdan boshqacha o’ziga xoslik yotadi. Har qaysi shaxs kundalik turmushning o’ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo’lib, o’z saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko’rsatgichiga egadir, hatto turmush tajribasida to’plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham mumkin (“Qari bilganni - pari bilmas”). Chunki, yirik yozuvchilar (shaxslararo munosabat va muomala, muloqot xususiyatlari yuzasidan kuzatuvchanlikka egadirlar), vrachlar, o’qituvchilar, savdogarlar uzluksiz ravishda kishilar bilan muomalaga kiriHishlari natijasida ularning ichki dunyosi va xulq-atvoriga oid bilimlar bilan yuksak darajada
qurollangandirlar. Lekin har qanday insonda ham ozmi yoki ko’pmi psixologik bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir-birlarini tushunishlari, ta'sir o’tkazishlari, xulq-atvor oqibatini oldindan bashorat qilish, kishining yakka hol xususiyatlarini hisobga olgan holda unga yordam ko’rsatishni ta'kidlab o’tishning o’zi kifoya.
Endi kundalik turmushning psixologik bilimlari bilan ilmiy psixologik bilimlar o’rtasidagi tafovutlar yuzasidan mulohaza yuritish ayni muddaodir. Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar, dastavval, yaqqol va alohida olingan holat, vaziyatni o’z ichiga qamrab oladi. Masalan, sinchkov bola o’z muddaosiga yetish uchun otasiga, onasiga, buvasiga, opasi hamda akasiga har xil uslub bilan ta'sir o’tkazadi, turlicha vositalardan foydalanadi. U ko’zlangan maqsadiga eriHish uchun katta yoshdagi odamlarning individual-tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutadi. Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar aniq vaziyatga qaratilganligi, biror shaxsga yo’naltirilganligi bilan ilmiy psixologik bilimlardan farq qiladi.
Ilmiy psixologiya esa muayyan metodlar, vositalar, uslublar, usullar, operatsiyalar yordamida ma'lumotlar to’plash va ularni umumlashtirishga intiladi, izlanyotgan ob'ektning xususiyati, holati, munosabati, bog’lanishi kabilarni aks ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta'riflar, qonuniyatlar, xossalar yordamida psixologik mexanizmlar kashf qilishga harakat qiladi. Odatda shaxsning xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xislatlari, xulq-atvorlari, xatti-harakatlari bo’yicha turmush haroitidagi bilan fan olamidagilar (hatto ilmiy tushunchalar, atamalar) o’zaro o’xshab ketsa-da, lekin ilmiy psixologik mazmun, mohiyat, majmua o’zining tuzilishi, tarkibi, aniqligi, mantiqan izchilligi, ma'noning yig’iqligi bilan keskin ajralib turadi.
Yuqorida yuritilgan mulohazalar kundalik turmush tajribasida to’planadigan psixologik bilimlar bilan ilmiy bilimlar orasidagi dastlabki (birinchi) farqni harhlashga yo’naltirilganligi bois alohida ahamiyat kasb etadi. Lekin shu narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, turmushga oid amaliy psixologik bilimlarga asoslanmasdan turib, ilmiy psixologik nazariyalarni yaratish mumkin emas. Xolbuki shunday ekan, amaliy bilimlar genetik kelib chiqishi nuqtai nazaridan birlamchi hisoblanadi. Shu narsani alohida ta'kidlab o’tish zarurki, kundalik turmush psixologik bilimlari aksariyat hollarda farosatlilik, sezgirlik, topqirlik xususiyati asosida intuitiv tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Buning asosiy sababi shuki, ko’pincha egallanayotgan bilimlar hayotiy tajribada uchragan voqelikka nisbatan munosabat, amaliy sinovlar negizida vujudga keladi, keyinchalik undagi ayrim dag’allik va nuqsonlar silliqlanadi. Shuning uchun bunday psixologik bilimlar maxsus uslublar yordamida qabul qilinadi, ammo mantiqiy tahlil qilinmasdan turib to’g’ridan-to’g’ri muomala tizimiga uzatiladi.
Turmushda uchraydigan go’daklarning har xil shakldagi xarxashalari va ularning maqsadga eriHish istaklari kundalik hayotiy tajribalarning sinovlarida toblanadi, sezgir bolalar katta yoshdagi odamlarning zaif va mustahkam tomonlarini puxta o’rganadilar, bu borada muayyan qarorga kelganlaridan so’ng har qaysi shaxsga yakka hol yondaHishini amaliyotga tatbiq qilib ko’radilar. Ana shu tariqa amaliy psixologik bilimlar ma'lum tizimga kiritiladi, ularning barqaror xususiyat kasb etganlari esa turmushda qo’llanila boshlanadi.
Ijtimoiy hayotda (muhitda) juda ko’p uchraydigan, ayniqsa, o’qituvchilar, murabbiylar, trenerlar, rahbarlar, vrachlar faoliyatida namoyon bo’luvchi ta'limiy, tarbiyaviy, tibbiy uslub arzimas ijobiy siljishni payqash imkoniyatini yaratadi. Amaliy faoliyatda erishilgan ushbu samara psixologik tahlilga muhtojdir, chunki uni keltirib chiqaruvchi ob'ektiv yoki sub'ektiv omillarni dalillash ancha mushkuldir. Buning uchun o’zgalarga ta'sir o’tkazish usuli, ularda ichki imkoniyatga ishonch tuyg’usini uyg’otish qo’zg’ovchisi, ta'sirga beriluvchanlikni kuchaytiruvchi motivlar (frantsuzcha “motif” qo’zg’atuvchi sabab ma'nosini bildiradi) tabiatini chuqur tahlil qilish kerak. Faqat mana shu yo’l bilangina siljishning psixologik ma'no kasb etishini dalillash mumkin, xolos.
Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlardan farqi shundan iboratki, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar anglashilgan, mantiqiy puxta, oqilonalik xususiyatiga ega bo’ladi. Ilmiy psixologik bilimlar faraz va g’oyalarni ilgari surish daqiqasidan boshlaboq shakllana boradi, ulardan kelib chiqadigan oqibatlarni mantiqan tekshirish bilan yakunlanadi. Bunda ham olg’a surilgan g’oyalar tekshirish jarayonida biron-bir tasdiq yoki inkor ma'nosiga erishsagina ilmiy psixologik bilimlar tizimiga kiritiladi. Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlar bilan qiyoslanishni davom ettirsak, unda ular o’rtasidagi tafovutlar yanada yaqqolroq ko’zga tashlana boshlaydi. O’zidan o’zi ma'lumki, hayot psixologiyasida to’plangan bilimlarni me’ros sifatida bevosita qoldirish yoki ularni yosh avlod ongiga qaysidir yo’l bilan uzatish imkoniyati o’ta cheklangandir. Chunki, keksa (katta) avlod tomonidan yaratilgan turmush psixologiyasini yosh avlod to’g’ridan-to’g’ri qabul qila olmaydi. Har bir yosh yakka hol ravishda hayotiy psixologik bilimlarni shaxsiy tajribasidan o’tkazganidan keyingina ularning to’g’riligiga ishonch hosil qiladi. Ana shu boisdan keksa yoki katta avlod bilan yosh avlod o’rtasida yuz beradigan nizolar, tushunmovchiliklar uzluksiz, to’xtovsiz ravishda davom etayotganligi sababli abadiyat qonuniyatlariga aylanib ketgandir. Avlodlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar, anglashilmovchilik to’sig’i, hayot dialektikasini vujudga keltirib, mangulik muammosiga aylanib qolgan insof, iymon, nafosat, adolat, erk tushunchalari atrofidagi bahslarni davom ettirishga puxta zamin hozirlaydi.
Ilmiy psixologik bilimlar bundan farqli o’laroq tajribalarda, ilmiy tushunchalar va qonuniyatlarda yanada oydinlashadi, so’z va alomatlar orqali, nutq yordamida muayyan yozma nutq manbalarida qoldiriladi. Shuning uchun ularning yoyilish ko’lami keng, tarqalish sur'ati tezdir.
Kundalik turmushda to’planadigan psixologik bilimlar kuzatishlar, mulohazalar u yoki bu yaqqol holatga nisbatan qarorga kelishlar zamiriga quriladi. Ilmiy psixologik bilimlar tashxis qilish, sinash, tajriba (eksperiment) o’tkazish orqali bir voqelikni bir necha marta takroran tekshirishlar yordamida umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush psixologiyasining materiallari tabiiy ravishda ro’y bergan vaziyat, holat, voqelik kabilarni tahlil qilish natijasida yuzaga kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng qamrovli tajriba ma'lumotlariga tayanadi. Tajribalar esa bir necha bosqichlardan, qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar tabiiy ko’rinishini kutib o’tirmasdan, balki zarur haroit yaratiladi. Shu faktni (omilni) yana bir marotaba ta'kidlash o’rinliki, ilmiy psixologiyada katta hajmdagi materiallar, shu jumladan, qonuniyatlar, xususiyatlar umumlashtiriladi, insonning ichki imkoniyati, iste'dodi, ishchanligi, qobiliyati yuzasidan umuminsoniy tavsifga ega bo’lgan teran xulosalar chiqariladi. Buning natijasida odam psixikasini aniqlash, bashorat qilish, ayrim ruhiy nuqsonlarni tuzatish, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug’iladi, bu esa ijtimoiy, ijtimoiy psixologik bog’lanishlar mohiyatini oqilona tavsiflash uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy va yakka hol turmush og’irliklari va tashvishlarini kamaytirish, aqliy hamda jismoniy zo’riqishlarni pasaytirish, shaxslararo nizolarni bartaraf etish singari sa'yi-harakatlarni faqat ilmiy psixologik materiallarga asoslangan holda oshirish mumkin.
Shuning uchun psixologiyaning turli sohalarida (yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, sotsial psixologiya va boshqalar) o’tkazilgan tadqiqot ishlari ilmiy asosda psixika, psixik holat, psixik hodisa, psixik jarayon, psixik funktsiya, psixik xususiyat, ijodiyot, faoliyat, ong, xulq, muomala singari tushunchalar bo’yicha materiallar to’plab beradi. Shuningdek, psixik aks ettirishning (fizik, fiziologik, psixik, ong, o’zini o’zi anglash) moddiy asoslari, mexanizmlari yuzasidan qonuniyat ochishga imkon yaratadi, hatto insonning o’zligini anglash va boshqarish sari yetaklaydi.
Endi psixologiya fanining premeti to’g’risidagi savolga javob berishga harakat qilaylik. Ma'lumki, psixologiya tarixida bu muammoni tahlil qilishga bag’ishlangan son-sanoqsiz tadqiqotlar mavjuddir. Lekin ular haqida batafsil fikr yuritmoqchi emasmiz, chunki bu narsa navbatdagi paragrafda berilishi rejalashtirilgan.
"Psixologiya" (yunoncha “psychelogos”) so’zini o’zbek tiliga tarjima qilsak, u "jon", "ruh" haqidagi "fan, ta'limot" degan ma'no anglatadi. Biroq hozirgi davrda "jon" tushunchasi o’rniga "psixika"ni qo’llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan "jon", "psixika" tushunchalari aynan bir xil ma'noni bildiradi. Lekin "psixika" tushunchasi bugungi kunda "jon"dan kengroq ko’lamga ega bo’lib, ham ko’zga ko’rinuvchi, ham ko’zga ko’rinmovchi tomonlarini o’zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muomala yaqqol namoyon bo’lish xususiyatiga ega bo’lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko’zga ko’rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular o’rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi.
Psixika to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanihamiz. Odatda psixik hodisalar deganda ichki, sub'ektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo’lishi tushuniladi, boshqacha so’z bilan aytganda psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir.
Ichki, sub'ektiv tajribaning o’zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg’ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya'ni bularning hammasi sub'ektiv psixik hodisalar sanaladi. Sub'ektiv hodisalarning asosiy xususiyati - ularning bevosita sub'ektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o’zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo’layotganligini anglab turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo’lishidan tashqari, ular bevosita ko’z o’ngimizda namoyon bo’lib turadi.
Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi.Yuqorida ta'kidlab o’tilgan sub'ektiv hodisalar xususiyatidan kelib chiqqan holda ayrim psixologlar psixologiya fani sub'ektiv kechinmalarning paydo bo’lishi va ularning kechishi bilan shug’ullanishi zarur, uning asosiy metodi o’zini o’zi kuzatish (shaxsning o’z fikrlari, his-tuyg’ulari va xatti-harakatlarini o’zi kuzatishi) bo’lmog’i kerak degan xulosaga keladilar. Lekin psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni mutlaqo ta'minlay olmasligini tasdiqladi.
Psixikaning turli shakllarda ko’rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha “psyche” - jon “somo” - tana ma'nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo’lining mo’jizakorligi moddiy va ma'naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo’ladi, o’zining xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani o’rganish mumkin.
Psixologik voqelik-fakt deganda sub'ektning ichki kechinmalarining tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning ob'ektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o’rganish
tushuniladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog’liq bo’lmagan holda hukm suruvchi ob'ektiv borliq, ya'ni atrofimizdagi narsa va hodisalar, muhit, haroit va boshqalarning psixikada aks etishi psixologik voqelik deb ataladi.
Shunday qilib, yuqorida biz psixologiya to’g’risidagi tasavvurlar, uning predmeti hamda unga kiruvchi ilmiy tushunchalar, psixologik holatlar, voqelik yuzasidan fikr almashdik, ilmiy psixologik materiallar o’rtasidagi bog’liqlik va tafovut bo’yicha mulohaza yuritdik.
Bugungi kunda psixologiya to’g’risidagina emas, balki uning sohalari bo’yicha ham boy ilmiy materiallar to’plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta'lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus psixologiya, iste'dod psixologiyasi) tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya, psixogigiena, psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixologiya (mehnat tuzatish, sud psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi) harbiy psixologiya, savdo va reklama psixologiyasi, sport psixologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.
Psixologiya predmeti quyidagilarni qamrab olishi zarur:
1) psixologik bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira va hokazo)
2) psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala),
3) psixikaning holatlari (kayfiyat, xayolparishonlik kabilar),
4) psixikaning hodisalari,
5) psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari,
6) psixikaning qonunyatlari,
7) psixikaning mexanizmlari,
8) psixik haroit, muhit, vaziyat,
9) o’zaro sababiy bog’lanishlar,
10) tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari, printsiplari va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |