7-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Xromatografiya. Birikmalarni ajratishning spetsifik (о‘ziga xos) kо‘rsatish imkoniyatini beradigan usul yordamida fraksiyalarni tahlil etish.
Kerakli jihozlar: Osimlikning barglari, xromatografik qog’oz
Umumiy ma’lumot: Xromatografiya (xromo-rang, bo’yoq, va grafiya-chizmoq, chizaman) — gaz, suyuklik yoki erigan moddalar aralashmasini adsorbsion usulda ajratish va analiz qilish. xromotofografiya rus botanigi M.S.Svet tomonidan 1903 yilda kashf etilgan. 1931 yilda Kun va uning shogirdlari xromotofografiya yordamida tuxum sarigʻidagi ksantofil, lutein va zeaksantin moddalari hamda a va rkarotinlarni ajratishdi. 1941 yilda A.Martin va R.Sing taqsimlash xromotofografiyasiga asos soldi va oqsil, uglerod birikmalarini oʻrganishda uning keng imkoniyatlarini koʻrsatib berdi. 1940—45 yillarda S.Mur va U.Staynlar aminokislotalarni xromotofografiya usulida ajratish va miqdoriy analiz qilishga katta xissa qoʻshdi. 1950 yilda Martin va Jeyms gazsuyuklik xromotofografiyasi usulini ishlab chiqdi.
Ishning borishi: Xromotofografiya usullari oʻsimlik tarkibidagi birikmalarni aniqlash, ajratib olish, neft, gaz tarkibini oʻrganishda keng qoʻllanadi.
Pigmentlar aralashmasini tayyorlash uchun o‘simlikdan yangi uzib olingan yoki uning ilgaridan olib quritilgan bargi ishlatiladi. O‘simliklarda pigmentlar pigment-lipoproteid komplekslari ko‘rinishida bo‘ladi.
O‘sib turgan yoki quritilgan bargdan 2-3 g olib, qaychi bilan mayda-mayda qilnb qirqib, chinni hovonchaga solinadi va maydalangan shisha kukun ishtirokida yaxshilab eziladi, so‘ngra esa unga 10-15 ml atseton solib, yana 1-1,5 daqiqa davomida eziladi. Barg hujayralari shirasidagi ortiqcha kislotalarni neytrallash uchun esa bargni ezish davomida skalpel uchida CaCO3 dan ozroq olib aralashmaga solinadi. Hosil bo‘lgan pigmentlar aralashmasi Kamov yoki suv nasosi yordamida buizsp kolbasiga filtrlanadi.
Filtrdan o‘tkazilgan pigmentlar aralashmasidan mikropipetkada olib, ilgaridan qirqib tayyorlab qo‘yilgan 15x3 sm kattalikdagi xromatogramma qog‘ozining pastki qismiga oddiy qalam bilan bilinar-bilinmas qilib chizilgan chiziq bo‘ylab 1-1,5 sm uzunlikda tomiziladi. Eslatib o‘tamiz, xromatogramma qog‘oziga chiziladigan bu chiziq qog‘ozning pastki uchidan 2-3 sm balandlikda bo‘lishi kerak.
Mixail Semenovich Svet 1903 yilda barg pigmentlarining murakkab tarkibga ega ekanligini o‘rgangan oddiy tajribasi
Pigmentlar aralashmasi tomizilgach, xromatogramma qog‘ozi ochiq holda yoki elektr lampasi qarshisida quritiladi. Xromatogramma qog‘ozi yaxshi qurigach ikkinchi marta yana shu kattalikda filtratdan tomiziladi va qayta quritiladi. Mana shu jarayon ya’ni pigmentlar aralashmasini tomizish va uni quritish ishlari 5-6 marta takrorlanadi. Xromatogramma qog‘oziga pigmentlarning atsetonli aralashmasidan tomizish qog‘ozda to‘q yashil rang hosil bo‘lganiga qadar davom ettiriladi. So‘ngra xromatogramma qog‘ozi atseton hidi ketgunga qadar ochiq havoda quritiladi va pigment aralashmasi tomizilgan uchki tomonni silindrga solingan benzinga 1-1,5 sm botqizib qo‘ygan holda tik qilnb osiladi.
Qand ustunida barg pigmentlarining iz qoldirishi
Eslatib o‘tamiz, xromatogramma qog‘ozini silindrdagi benzinga tushirganda pigment aralashmasi tomizilgan qog‘ozdaki chiziq benzin qavatidan 1-1,5 sm yuqoriroqda bo‘lishi kerak. Aks holda pigment benzinda erib, qisman yo‘qotilishi mumkin yoki pigmentlarning ajralishiga xalaqit berishi mumkin.
Xromatogramma qog‘ozi silindrdagi benzinga tushirilganda unga shimilayotgan erituvchining kam parlanib, tezroq qog‘oz bo‘ylab ko‘tarilishi va silindrda to‘yingan benzin parlarini hosil qilishi uchun silindr germetik ravishda berkitilishi kerak. Oradan ma’lum vaqt o‘tishi bilan qog‘ozga shimilayotgan benzin pastdan yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Benzinning pastdan yuqoriga ko‘tarilishi bilan unda erigan pigmentlar ham bir-birlaridan ajralgan holda ko‘tarila boshlaydi.
Erituvchi va unda erigan pigmentlarning ko‘tarilish harakati olingan qog‘oz sifatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni qog‘oz zichligiga qarab eritmalar harakati “sekin”, “o‘rtacha” va “tez” holatda bo‘ladi. Qog‘oz bo‘ylab eritma harakati qanday bo‘lmasin pigmentlar quyidagi tartibda taqsimlanadi: eng pastda xlorofill “b” undan yuqorida xlorofill “a” va ksantofill, eng yuqorida esa karotin.
Tajribadan olingan ma’lumotlar asosida pigmentlarning tarkibi va ularning taqsimlinishi xaqida xulosa qilinadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Barg pigmentlarini bir-biridan ajratishning xromotografik usulini qaysi olim kashf etgan?
2. M.S.Svet bargdagi xlorofill pigmentlarini qanday aniqladi?
3.Laboratoriya sharoitida barg pigmentlari xromotografik usulda bir-biridan qanday ajratiladi?
Dostları ilə paylaş: |