Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix04.03.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#86611
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
uz la wtnd 2015 16



Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
406
♦ Bolalar tashqarida yurganlarida oyoq kiyimlarini kiyishlari va 
ovqatdan oldin qo‘llarini yuvishlari kerak.
KUYDIRGI (SIBIRSKAYA YAZVA)
Kuydirgi O‘zbekiston hududlarida kam uchraydigan bakterial infek-
siyadir. Ko‘pincha, bu kasallik hayvonlar terisi yoki qo‘y junlari bilan ish-
lovchi odamlarda bo‘ladi. Shunga qaramay, har qanday odam bu kasal-
likka chalinishi mumkin, chunki bakteriya havoda bo‘lishi ham mumkin. 
Jun bilan ishlovchilar og‘ir o‘pka shamollashi (zotiljam, pnevmoniya)ga 
olib keluvchi o‘pka infeksiyasiga chalinishlari mumkin. Ba’zan u qonli ich 
ketishga ham olib kelishi mumkin.
Bu kasallik odatda bet, bo‘yin yoki qo‘llarda yaralar hosil qiladi. 
Yaralar kichik qizil dog‘ bo‘lib boshlanadi, so‘ng pufakka aylanadi, keyin 
esa qorayadi va atroflari jigar rang va shishgan bo‘ladi. Yiring bo‘lmaydi. 
U qichishishi mumkin, ammo odatda unchalik og‘rimaydi. Ba’zan odam 
davolanmasdan ham bir necha haftada tuzalib ketadi. Lekin ba’zan yara 
bo‘lgan joy qattiq ogriydi, odam harorati ko‘tariladi va davolanmasa o‘lib 
qolishi ham mumkin.
Davolash:
♦ Penitsillinning katta dozalari bilan davolashni boshlang va uni 
7-10 kun qiling. Penitsillinga allergiyasi bor odamlar Eritromitsin, 
Doksitsiklin yoki Levomitsetin qabul qilishlari mumkin.
♦ Zararlangan joyni sovunlab yuving va ustini toza bog‘lam bilan 
berkiting
OGOH BO‘LING: Bu yuqumli kasallik, shuning uchun bog‘lamlarni ish-
latib bo‘lgandan so‘ng yondirib yuboring. Ishlatilgan bog‘lamlarni yechib 
olayotganingizda va ularni yondirayotganingizda og‘zingizni ro‘molcha 
bilan berkiting, jarohatni tozalaganingizdan so‘ng, qo‘llaringizni yaxshilab 
sovunlab yuvish esingizdan chiqmasin.
Oldini olish:
♦ Odamlar va hayvonlarga em dori ishlatilishi mumkin.
♦ Biror odamni kuydirgiga qarshi davolayotganda, uni ogohlantir-
ishni yodingizda tuting, chunki u tanadan chiqadigan suyuqliklar 
orqali yuqadigan kasallikdir.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin