Bolalar kiyimlarini modellashtirini yaratishda trikotaj maahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari



Yüklə 89,4 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü89,4 Kb.
#40050
Saydullayeva Zebiniso Soatjon qizi


BOLALAR KIYIMLARINI MODELLASHTIRINI YARATISHDA TRIKOTAJ MAAHSULOTLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI.

Saydullayeva Zebiniso Soatjon qizi

Kamolidin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti magistranti, Toshkent, O‘zbekiston.

ANNOTASIYA

Mazkur maqolada O‘zbеkiston Tasviriy san’at galеrеyasi ekspozitsiyasidan Milliy bankning badiiy fondi durdonasiga aylangan tangalar kollеksiyasi, avangard va etnografik badiiy asarlar ekspozisiyalari va to‘plamlari ifoda etilgan.

Kalit so‘zlar: san'at asarlari, , modern, tangalar kollеksiyasi, numizmatika, ekspozisiya.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomil­lashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qola­veradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezi­dentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqi­shini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan video­selektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonivich 2016 yil 21-dekabrdagi PQ–2687-son qarori bilan 2017-2019- yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish choratadbirlari dasturi tasdiqlangan. Ushbu hujjat bilan to‘qimachilik sanoatini yanada isloh qilishning muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Respublikada keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish uchun zarur huquqiy baza va qulay sharoitlar shakllantirildi.

Trikotaj ishlab chiqarish sanoati yengil sanoatning eng tez rivojlanuvchi va yuqori samaradorlikka ega bo’lgan tarmoqlaridan biridir. Trikotaj mahsulotlarining xilma-xilligi, betakrorligi, xususiyatlari jihatidan tengi yo’qligi ularga bo’lgan talabni yildan-yilga oshirib bormoqda. Xalq iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishda to’qimachilik sanoati tarmoqlarining ichida “trikotaj ishlab chiqarish texnologiyasi” o’zining unumdorligi, samaradorligi, ishlab chiqarish sharoitlari bo’yicha qulayligi bilan ajralib turadi.

Bolalar kiyimini modellashtirishda to’g’ri tanlangan gazlamaning ahamiyati kattadir. Bolalar kiyimini tanlash uchun, arzon, yuqori darajali gigienik, ekspluatation va estetik sifatga ega bo’lgan materiallar tavsiya etiladi. Bolalar kiyimlariga qo’llanilayotgan material chidamlilik xususiyatiga ham ega bo’lmog’i darkor, sababi bolalar serxarakat bo’ladilar.

Gazlamalarni tanlash modellarning qo’llanilish maqsadiga ko’ra, ularning kompozitsion qarorlari xarakteri va yo’nalishiga qarab amalga oshiriladi. Bolalar kiyimlari zamonaviy bozor tuzilishi va bezagi bo’yicha turli matolarning ishlatilishi bilan xarakterlanadi. Bolalar kiyimi ayniqsa, sport kiyimlari tabiiy matolardan tayyorlanadi. Masalan, velyer, maxra, lastik, trikotaj, tabiiy tola aralashgan neylon va boshqalardan tikiladi. Shuningdek sun’iy matolar xam ishlatilishi mumkin. Bunda sport turi, bola yoshini xisobga olish kerak. Sport kiyimlarini ishlab chiqarishda gazlamaning tolaviy tarkibidan tashqari uning 31 o’rilish turi, dinamik- mexanik xususiyatlarini inobatga olish zarur bo’lib bunda, gazlamaning pishiqligidan tashqari uning uzilishi (yirtilishi)ham muhimdir.

Bolalar kiyimini tayyorlash uchun gazlama tanlash so’rovnomasi natijalari bo’yicha iste’molchilarning 59 % trikotaj, 15 % plashlik hamda teri maxsuloti bilan kombinatsiyalashishini, 14 % maxra hamda 11% flanel gazlamalarini tanladilar.

Trikotaj sanoati - toʻqimachilik sanoati tarmog’i. Trikotaj sanoati korxonalarida trikotaj polotnolar, jumladan, texnik polotnolar, paypoq, buyumlari, ichki va ustki trikotaj kiyimlar, qoʻlqoplar, bosh kiyimlar, sharflar hamda sanoat va tibbiyotda qoʻllaniladigan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Trikotaj buyumlari ishlab chiqarishda paxta, jun va kimyoviy tolalardan tayyorlangan iplardan keng koʻlamda foydalaniladi.

Rаqobatbаrdosh mаhsulotlаr korxonаlаrning jаhon bozoridаgi o’rnini oshirishdа muhim hisoblаnаdi. Buyum modеli chiroyli bo’lgаni bilаn ekspluаtаtsiya jаrаyonidа sifаtini yaxshi sаqlаy olmаsа, ungа bo’lgаn tаlаb kаmаyishi muqаrrаr. Bulаrning oldini olish uchun tаyyor mаhsulot sifаtini oshirib, rаqobаtbаrdoshligini tа’minlаsh lozim. Buyum sifаtini oshirishdа ishlаtilаdigаn mаtеriаllаrning fizik-mеxаnik ko’rsаtkichlаri stаndаrt tаlаblаrgа jаvob bеrishi lozim. Mаtеriаllаrning sifаtli tаyyorlаnishigа birinchi nаvbаtdа ishlаtilаdigаn ip xom – аshyolаrining stаndаrt tаlаblаrigа jаvob bеrishi muhim аhаmiyatgа egа. Bugungi kunda to’qimachilik sanoatining trikotaj ishlab chiqarish tarmog’i keng o’rin egallaydi. Hozirda yuqori kuchlanishga ega bo’lgan trikotaj to’quv jihozlarining hisobiga trikotaj mahsulotlarining assortimentlari kengayib bormoqda. Trikotaj mahsulotlarining chiroyliligi, o’ziga jalb etuvchi ko’rinishi, yengilligi, elastikligi, havo o’tkazuvchanligi, nam shimishi kabi hususiyatlari mavjud. Trikotaj to’qima matolaridan ustki trikotaj ko’ylak –kostyumlar, sport trikotaj ichki assortimentlari, trikotaj jemper, jaket, va boshqalar ishlab chiqarilmoqda.

Trikotaj matolaridan tikilgan kiyimni kiyib yurish qulay, odam badanini siqmaydi. Ularning issiqni saqlab qolishi va gigienik xususiyatlari juda yaxshi. Trikotaj matolari yuvilganda va xatto kimyoviy tozalashda ham bo’ylamasiga kirishadi, eniga esa kengayadi. Shu tufayli trikotajdan tikilgan buyumlar o’z shaklini tez yoqatadi. Ichki kiyimlarni tikish uchun bo’ylamasiga ko’ndalangiga to’qilgan matolar ishlatiladi. Mayka, ishtonlar, bolalar kiyimlari uchun bu matolar paxta tolali ipdan "Glad" o’rilishda ishlab chiqariladi. Bu buyumlar lavsan tolali xajmdor iplardan tayyorlanadi. Issiq saqlovchi ichki kiyimlar uchun paxta tolali iplar, nitron va viskoza aralashmasidan olingan iplardan, sirtiga tuk chiqariladigan matolar ishlatiladi.

Tikuvchilik materiallaridan ratsional foydalanish va yuqori sifatli kiyim-kechak tikish uchun ularning assortimentini va xossalarini bilish zarur. Trikotaj matolaridan bo’lgan mahsulotlar assortimenti doimo moda talabiga muvofiq o’zgarib turadi. Bu o’zgarish bolalar kiyimini tashkil etuvchi buyumlar soni, ularning turi va yangi assortiment paydo bo’lishi hisobiga kechadi. Zamonaviy bolalar kiyimi model to’plamini yaratish uchun trikotaj matolari tanlandi va ularning turlari, tarkibi, fizik-mexanik hamda, gigienik xossalari o’rganildi. Turli foiz ko’rsatkichlaridan tashkil topgan trikotaj aralashma tolali matolarni ishlab chiqish bo’yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida katta ijobiy natijalarga erishilmoqda

Bolaning tanasining o’lchamlari ikki yo’nalishda o’rganiladi. Yoshi keng miqyosda olingan, masalan, 3 yoshdan 18 yoshgacha bolalar guruhi bir vaqtda o’lchanadi. Bunday usul, ko’ndalang tadqiqot usuli deyiladi. Bolalar tanasi yoshiga xos o’zgaruvchanliklarga ega bo’lganligi sababli ularni o’lchash ishlari va statistik parametrlar hisobi intervali bir yilga teng guruhlar bo’yicha olib boriladi, aks holda, natijalar normal taqsimot qonuniyatiga bo’ysunmaydi. Kichik maktab yoshi


7 yoshdan 11-12 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda organizmning tuzilishi va funksiyalari bir tekisda rivojlanadi. Biroq gavdani o’sish tezlikning sekinlashishiga qaramay qizlarda 11 yoshgacha, bolalarda 12 yoshgacha gavda vazniga nisbatan bo’y o’sishi tezroq bo’ladi: oyoqlarning uzunligi sezilarli ortadi, ko’krak ko’rsatkichi ko’krak qafasining aylanasi gavda uzunligiga nisbati va ko’krak qafasining aylanasi bilan gavda uzunligining yarmini farqi kamayadi ya’ni gavdanini cho’zilishi kuzatiladi. Bo’y va gavda vaznida hamda gavda o’smilarining mutanosibligidan bolalar bilan qizlar aniq farq qilmaydi. Bundan tashqari 11-12 yoshgacha qizlarning ko’krak kafasining aylanasi bolalarga nisbatan 1-2 sm ga. o’pkaning tiriklik sig’imi 100-200 sm3 kam bo’ladi. Shuning uchun qizlarga beriladigan siklik xarakterli va kuch bilan bajariladi. Sport bilan shug’ullantirishda skeletning shakllanishining xususiyatlarini xisobga olish kerak.

Hozirda malakatimizda tabiiy tolali trikotaj gazlamalardan kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi korxonalar xorijiy mamlakatdan yangi texnologik uskunalar keltirib o’rnatilmoqda, ular yordamida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilib, unumdorlikni ortishiga erishilmoqda. Mahsulotlarni korxonaga xos yorliq va qutilarda bozorga chiqarish yo’lga qo’yilgan va ular o’zining firma do’konlariga ega. Trikotaj gazlamalaridan bolalar futbolkasini loyihalash bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishning asosiy texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi, chunki uning tannarxiga, mahsulotning qiyofasi katta ta’sir qiladi. Ushbu turdagi mahsulotning tannarxini kamaytirish ishlab chiqaruvchi korxonalarning asosiy vazifalaridan biridir. Trikotaj gazlamalaridan maktab yoshidagi bolalar futbolkasini loyihalashda korxona maxsulot tannarxni, asosiy va yordamchi materiallarning narxi, furnituralar narxi, foydalanilayotgan jihozlar narxi va qo’shimcha harajatlarni kamaytirish kabilarni o’z ichiga oladi. Trikotaj gazlamalaridan bolalar futbolkasining tannarxini katta qismini asosiy materiallarning narxi tashkil etadi. Shuning uchun materiallar sarfining kamaytirish, ya’ni loyihasini takomillashtirishga katta e’tibor berish kerak. Tikuv buyumining razmer, to’laligi, detal andozalarini o’zaro joylanishi, ishlov berish usullari, material bilan qomatda turish darajasi va unga sarf bo’lgan gazlama miqdori, bolalar kiyimining tashqi qiyofasi bilan belgilanadi. Hisob-kitoblar asosida keltirilgan qiymatlarga asoslanib osonlik bilan fasonning loyihani tejamli yoki tejamsizligini aniqlash mumkin. Buning uchun yangi hisoblangan fasonni detallarni komplektini yuzasini, detallar komplektini normalashgan yuzasi bilan solishtiriladi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur maqolada trikotaj sanoati ommaviy ishlab chiqarishning zamonaviy ko’rinishi, trikotaj matolarining tuzilishi va tarkibi, mavjud yangi tuzilishidagi tikuv-trikotaj matolarining tahlili va ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlar, respublikamizda kichik tikuvchilik korxonalarida trikotaj gazlamasidan ishlab chiqarilayotgan tikuv buyumlari assortimentini o’rganilib, xalq ehtiyoji va marketing tadqiqot natijalari, ular asosida bolalar kiyimlari uchun model va eskiz model na’munalari ishlab chiqilib yoritib berildi.

Ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish uchun mehnatni ilmiy asosda tashkil etish lozim. Ushbu tadbirlarni samarali tarzda amalga oshirish uchun ishlab chiqarishni tashkil etishning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o’ziga xos hususiyatlarini kichik tikuvchilik korxonalari ish jarayonlari, zamonaviy ko’rinishi, trikotaj matolarining tuzilishi va tarkibi, respublikamizda mavjud yangi tuzilishdagi tikuv trikotaj matolarining tahlili va ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlar yoritib berildi. mehnatni tashkil qilishning hozirgi vaqtdagi mohiyatini anglab olish kerak bo’ladi. Shuning bilan birgalikda korxonalar istehmolchilar guruhini segmentlashni yanada chuqurroq tahlil etib borishi lozim, bu kelajakda yangi xodimlarni ish bilan ta’minlashga va korxona samaradorligini yanada oshishiga asos bo’ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh.

  2. O’zbekistоn Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2016 yil 21- dekabrdagi “2017 — 2019 yillarda to’qimachilik va tikuv-trikоtaj sanоatini yanada rivоjlantirish chоra-tadbirlari dasturi to’g’risida” gi PQ-2687-sоnli Qarоri.

  3. Ergasheva R. Nabidjanova N.N Yangi tuzilishdagi trikotaj matolardan tikuvtrikotaj buyumlari assortimentini yaratish mavzusidagi magistrlik dissetatsiya ishi Namangan 2014 yil

  4. Muqimov M.M "Trikotaj texnologiyasi" T., 2002 y

  5. https://meros.uz/

Yüklə 89,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin