Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha. Xramosoma, tuzilishi va tarkibi. Reja



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə1/9
tarix27.04.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha.


Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha.
Xramosoma, tuzilishi va tarkibi.
REJA:

  1. Hujayra yadrosining tuzilishi.

  2. Yadro membranasining tuzilishi va tarkibi.

  3. Yadroning hujayrada tutgan o’rni.

  4. Yadrochaning tuzilishi va vazifasi.

  5. Xromasoma tuzilishi.

Eukariotik hujayralarning eng muhim xususiyati sitoplazmadan membrana orqali ajralib turadigan yadroning bo’lishidir. Bo’yalmagan tirik hujayralarda yadro bir jinsli pufakchadek ko’rinadi. Ba‟zan yirik yoki mayda donachali strukturalar bo’ladi. Hamma hollarda ham o’zining yorug’lik sindirish ko’rsatkichi bilan farqlanadigan yadrocha aniq ajralib turadi. Hujayra nazariyasining mualliflaridan Shleyden va Shvanlar hujayraning o’sishi va rivojlanishida markaziy rolni yadro o’ynashligini taxmin qilgan edilar. Ular, bu rol nimadan iborat va u qanday namoyon bo’lishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lmagan bo’lsada, ularning taxminlari keyinchalik to’liq tasdiqlandi.


Yadroning eng muhim ahamiyati shundaki, bu hujayra, to’qima, organ va butun organizm uchun zarur bo’lgan barcha axborotni o’zida tutadi, tinimsiz boradigan barcha fiziologik, biokimyoviy jarayonlarni boshqarib turadi.

Yadroning tuzilishi.
A-o’simlik,B-oshqozon osti bezi hujayralari yadrosining elektron mikroskopik tuzilishi. 1-yadro, 2-yadrocha, 3-yadro qobig’i, 4-pora, 5-xromatin,6-mitoxndriya,
7-xloroplast, 8-Golji apparati, 9-endoplazmatik to’r,10-hujayra qobig’i, 11vakuola, 12-tonoplast.
Bakteriyalar va ba‟zi ko’k yashil suv o’tlari shakllangan yadroga ega emas; ularning yadrolari yadrochasiz va sitoplazmadan aniq ko’rinadigan yadro membranasi bilan ajralib turmaydi. Lekin yadroning asosiy komponenti irsiy axborotni olib yuruvchi xromosomalar hamma hujayralarda bo’ladi. Bunday hujayralarni prokariotlar deyiladi. Ularning yadro zonasi ham eukariotlarniki kabi rolni bajaradi. Yuksak o’simliklarning to’rsimon naylari hujayralari, eritrotsitlar hayotining ko’p davrida yadroga ega bo’lmaydi, ammo ular ham ixtisoslashmagan vaqtda yadroli bo’ladi. Yadroning soni turli hujayralarda turlicha, bir yadroli hujayralar tipik hisoblanadi. Ammo, ko’p yadroli hujayralar ham uchraydi. Ba‟zan, bu bir necha hujayralarning qo’shilib ketishidan yuzaga keladi. Masalan, ko’ndalang chiziqli muskullarda, yuksak o’simliklarning sut tomirlarida yadroning soni ko’p, suv o’tlaridan vasheriya hujayralarida hattoki, bir necha yuzta bo’lishi mumkin.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin