Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha. Xramosoma, tuzilishi va tarkibi. Reja


Hujayraning funksiyasida yadroning roli



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə7/9
tarix27.04.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103727
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha.

Hujayraning funksiyasida yadroning roli
O’tgan asr oxirlarida o’tkazilgan tajribalarda amyoba yoki infuzoriyalarning yadrosiz qismlarini kesib olingan, ular bir qancha vaqtdan so’ng o’lgan. Mufassalroq tekshirishlarning ko’rsatishicha, yadrosi olib tashlangan amyobalar yashaydi, ammo operatsiyadan so’ng, tezdayoq ovqatlanmay qo’yadi va biroz vaqtdan so’ng o’ladi. Agarda yadrosizlantirilgan hujayraga yana yadroni olib kirilsa, normal hayot faoliyat tiklanadi, bir qancha vaqtdan so’ng amyoba bo’lina boshlaydi. Yadrosizlantirilgan dengiz kirpisi tuxumi partenogenetik ko’payishga stimulyatsiya qilinganda maydalanadi, ammo bu ham keyinchalik o’ladi.
Yadroning rolini yanada yaqqolroq illyustratsiyasini sutemizuvchilarning yadrosiz eritrotsiti berishi mumkin. Bu tabiatni o’zi tomonidan qo’yilgan eksperimentdir. Eritrotsitlar yetilib borib gemoglobin to’playdilar, keyin yadrosini tashlab yuborib, 120 kun davomida yashaydilar va ish bajaradilar, ammo ular ko’paya olmaydilar.
Yadroni olib tashlash, sitoplazmaga yadroning xromosomasida joylashgan DNK molekulasida sintezlanadigan yangi RNK larni kelishini to’xtatadi. Ammo, bu sitoplazmada avvaldan mavjud bo’lgan informatsion RNK ni oqsilni sintez qilishini davom ettirishiga xalaqit bermaydi. RNK yemirilgandan so’ng oqsil sintezi to’xtaydi, ammo eritrotsit uzoq vaqt yashaydi va unchalik ko’p oqsil sarf bo’lmaydigan funksiyasini bajaradi. Yadrosini olib tashlangan dengiz kirpisi tuxumi ovogonez vaqtida to’plangan RNK hisobiga yashashni davom ettiradi va bo’linishi ham mumkin. Olimlar mikroxirurgiya metodi yordamida shoxlangan va yumaloq amyobalarning yadrolarini almashtirdilar. Bunda yadroning ta‟sirida amyobalarning tanasining shakli o’zgaradi. Agar oddiy amyobaning yadrosini olib, shoxlangan amyobaga, shoxlangannikini oddiy amyobaga ko’chirilsa, u holda o’sha yadroni ta‟sirida oddiy amyoba shoxlangan amyobani shakliga kiradi va aksincha. Buni tut ipak qurtini chatishtirish ustidagi tajribalar ham tasdiqlaydi. Bunda faqat otalik yoki onalik jinsiy hujayralardan avlodlar olindi. Bunda otalikni sitoplazmasi saqlanadi. Lekin avlodda belgi, masalan, rang yadro tomonidan olib kiriladigan belgiga xos bo’ladi. Lekin spermatozoidlar yadrosini o’rab olgan arzimagan miqdordagi sitoplazma, uning tashqi muhitdan oziq moddalar yutishiga, assimilyatsiya qilishiga va uzoq vaqt hayot kechirishiga sababchi bo’ladi. Demak, yadro bilan sitoplazma o’zaro fiziologik bog’liq holda, birining yashashi ikkinchisining yashashi uchun zarur bo’lgan holdagina yashaydilar. Gerasimov tajribasiga ko’ra, hujayra yadrosi plastidlarning, jumladan yashil plastidlarning o’sishi va ko’payishiga ham ta‟sir qiladi. Tajriba uchun bir hujayrali ko’p yadroli Vasheriya suvo’tining har xil turlarining hujayrasini kesib, protoplastini mayda sharlar holatida suvga qo’yib yuborilgan. O’zida yadro saqlab qolgan sharchalarda darhol po’st hosil bo’lgan, yadrosiz sharchalar esa yalang’och holida qolgan va nobud bo’lgan. Ko’pchilik olimlarning fikricha, yadro hujayra po’stining qalinlashishiga va o’sishiga o’zida ishlab chiqariladigan maxsus fermentlar va gormonlar yordamida ta‟sir qiladi. Hujayra yadrosi sitoplazmaning boshqa organoidlari bilan yaqin fiziologik munosabatda bo’lgani holda hujayradagi moddalar almashinuvining normal borishiga ham ta‟sir ko’rsatadi. Olimlar yadroning hujayra hayotidagi rolini chuqur o’rganish maqsadida bir hujayrali hayvonlar va o’simliklarning har xil turlariga mansub hujayralardagi yadrolarni almashtirib ko’rganlar. Masalan, atsetabulyariya degan suvo’tning yirik hujayrasi tovoncha va qalpoqchalardan iborat. Atsetabulyariyaning har xil turlarida
(Acetabularia mediterranea, A.crenulata) qalpoqchaning shakli turlicha bo’ladi va qalpoqcha uzib tashlansa, u yana qaytib tiklanadi. Agar bir turga oid atsetabulyariyaning hujayra yadrosini ikkinchi turga tegishli, qalpog’i oldindan olib tashlangan individ hujayrasidagi yadroga almashtirib qo’yilsa, bu qayta tiklanadigan qalpoqchaning shakli ikkala tur qalpoqchalarning oraliq formasida bo’ladi. Bundan ma‟lum bo’lishicha, yadro hujayralardagi shakl hosil qilish jarayonlariga ham ta‟sir qila oladi. Yadro hujayra sitoplazmasining boshqa organoidlariga ham kuchli ta‟sir qiladi. Buni quyidagi tajribadan ko’rish mumkin: atsetabulyariya yadrosi faqat hujayra hayot siklining oxirida, jinsiy ko’payish hujayralari (gametalar) hosil qilayotganda bo’lina boshlaydi. Lekin “yosh” hujayraning yadrosini olib, uni gameta hosil qilishga kirishayotgan shu turning boshqa “keksa” individ yadrosiga almashtirib qo’yilsa, “yosh” hujayra yadrosi “keksa” hujayra protoplasti ichida bo’linib, ko’payib, gameta hosil qila boshlaydi. Shunga asosan, A. Gize sitoplazmada yadroning bo’linishga undaydigan maxsus moddalar to’planib borsa kerak, degan xulosaga kelgan. Bu tajriba hujayraning barcha organoidlari orasida fiziologik munosabat borligini ko’rsatadi. Yadro RNK sintezini murakkab koordinatsiyasi va regulyatsiyasini amalga oshiradi. Hamma uch xil RNK DNK dan hosil bo’ladi. Turli metodlar bilan (radiografiya) aniqlanishicha, RNK sintezi yadroda-xromatin va yadrochada boshlanadi va sintezlanib bo’lgan RNK esa sitoplazmaga o’tadi. Shunday qilib, yadro sitoplazmada bo’ladigan oqsil sintezining dasturini tuzadi. Ammo, yadro o’zi ham sitoplazmaning ta‟siriga uchraydi, yadroning normal ishlashi uchun zarur bo’lgan, sitoplazmada sintezlangan fermentlar yadrochaga o’tadi. Masalan, sitoplazmada DNK -polimeraza fermenti sintezlanadi, usiz DNK molekulasi avtoreproduksiyasi bo’lmaydi. Shuning uchun, yadro va sitoplazmaning o’zaro ta‟siri to’g’risida gapirish lozim. Bunda qiz hujayralarga beriluvchi irsiy informatsiyani o’zida tutuvchi yadro ustunlik rolini o’ynaydi.
Xromatin kimyoviy tarkibiga kо’ra, DNK bilan oqsilning murakkab
birikmasidan iborat.1





Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin