Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha. Xramosoma, tuzilishi va tarkibi. Reja


Yadro shirasi – karioplazma. Yadroning kimyoviy tuzilishi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə4/9
tarix27.04.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103727
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha.

Yadro shirasi – karioplazma. Yadroning kimyoviy tuzilishi U strukturasiz holda xromosoma va yadrolarni o’rab turadi. Yadro shirasining ilashimliligi sitoplazmaning asosiy moddasi ilashimliligidek. Yadro shirasining kislotaliligi sitoplazmanikidan biroz yuqori. Karioplazmada oqsillar va RNK bo’ladi. I.B.Zbarskiyning bergan ma‟lumotlariga qaraganda, sichqonning jigar hujayrasi karioplazmasida 92-98% (quruq og’irligi) globulin fraksiyasi oqsili va 2-8% RNK bo’ladi. Yana yadroda nuklein kislotaning sintezida ishtirok etuvchi fermentlar va ribosomalar bo’ladi. Ultratsentrifuga yordamida yemirilgan hujayralardan yadrolarning toza fraksiyasini ajratishga erishildi, ular kimyoviy tahlil qilinib, alohida komponentlarni nisbatlari aniqlandi. Yadroning quruq moddasining asosiy massasini 70-96%ini oqsillar va nuklein kislotalar tashkil qiladi; undan tashqari yadroda lipidlar va boshqa sitoplazmaga xos moddalar ham uchraydi. Yadro oqsillari 2 tipda bo’ladi. 1) gistonlar yoki protaminlar - asosli oqsillar. Protaminlar baliqlarning spermasida, boshqa hamma hujayralarda esa gistonlar topilgan. Yadrodagi gistonlarning miqdori nisbatan doimiy va DNK miqdoriga proporsional o’zgaradi. DNK bilan ular dezoksiribonukleoproteinlarni hosil qiladi. 2)yuqoriroq molekulyar og’irlikka ega bo’lgan kislotali oqsillarning yadrodagi miqdori turlicha bo’lishi mumkin. Hujayradagi DNK ning 99% i yadrodagi xromatin tarkibida bo’ladi. Asosli oqsillar yadro xromatini tarkibiga kiradi; kislotali oqsillar esa ko’proq yadro qobiqlarida, yadrocha va karioplazmada bo’ladi. Lipidlar miqdori juda oz bo’lib, asosan yadro qobig’ida joylashadi. Mineral moddalardan yadroda fosfor, kaliy, natriy, kalsiy va magniylar topilgan.
Yadroning fermentlari.
Yadroning fermentlari giston emas oqsillardan tashkil topgan. Yadroning nuklein kislotalar metabolizmida qatnashuvchi fermentlari eng muhimlaridir. Ularga DNK sintezini amalga oshiruvchi DNK-polimeraza kiradi. RNKpolimeraza esa DNK, shuningdek fermentlardan nukleozidfosfataza va gistonasetilazalarga ham bog’liqdir. Yadroning fermentativ tarkibining xarakterlovchi eng muhim belgilaridan biri, unda sitoxromoksilaza va suksindegidrogenaza kabi eng muhim oksidlovchi fermentlarning bo’lmasligidir. Yadroda nukleozitlarni metabolizmi bilan bog’liq bo’lgan adenozin dezaminaza, nukleozitfosforilaza va guanazalar ayniqsa ko’p topiladi. Yadroda yana eruvchi glikoliz fermentlaridan aldolaza, yenulaza, piruvatkinaza va 3-gliseraldegid degidrogenazalar uchraydi. Bu fermentlarning bo’lishi ATFni yadroda hosil bo’lishining asosiy yo’li glikolitik faollikdan kelib chiqadi, deb xulosa chiqarishga asos bo’ladi. Yadro fermentlarini ikki guruhga ajratish mumkin, ulardan biri hamma joyda uchraydi, ikkinchisi-ba‟zi bir to’qima hujayralarida uchraydi xolos. Birinchi guruh fermentlaridan nukleozidlar (adenozindezaminaza, nukleozidfosforilaza va guanaza) almashinuvi bilan bog’liq bo’lganlar yadroda ko’p miqdor uchraydi. Xogebum va Shneyder (1952) lar fikriga ko’ra, ulardan eng muhim ahamiyatga ega bo’lgani va faqat yadroda uchraydigani nukleozidfosforilazadir. Bu ferment NAD kofermentining sintezida qatnashadi. Boshqa fermentlar, masalan esteraza, yadroda har xil miqdorda uchraydi. Ishqoriy fosfataza, nukleotidfosfataza va β-glyukokuronidaza yadroda faqat bo’lmaydi, yoki juda oz miqdorda bo’ladi. Katalaza va arginaza ba‟zi yadrolarda uchraydi, boshqalarda esa bo’lmaydi. Fermentlarning yadroda turli miqdorda uchrashi va ularni hujayraning fiziologik holatiga bog’liq holda fermentlar faolligini o’zgarib turishi, bir organizmning turli hujayralaridagi yadrolar o’zlarining kimyoviy tarkibi va fermentativ ixtisoslashuvi jihatidan bir-biridan farqlanishini ko’rsatadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin