Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha. Xramosoma, tuzilishi va tarkibi. Reja



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə6/9
tarix27.04.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103727
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha.

Yadrochaning ultrastrukturasi
Zamonaviy metodlarni qo’llash yadrochaning morfologik tuzilishini uning vazifasiga bog’liq holda o’rganishga imkon berdi. Turli hayvon va o’simlik hujayralari yadrochalarini o’rganish ularni to’rsimon yoki tolali tuzilishga egaligini ko’rsatdi. Bu strukturalarni diffuziya holdagi ancha zich massa birlashtirgan bo’ladi. Tolali strukturalarni maxsus ishlov berilgan preparatlarda yorug’lik mikroskoplarida ham ko’rish mumkin. Tolali qismni nukleonema deb, diffuziya holdagi gomogen qismni- amorf qism yoki modda deb atash qabul qilingan. Yana ham aniqroq kuzatishlar yadrochaning asosiy komponentlari diametri 15 nm zich granulalar va yo’g’onligi 4-8 nm bo’lgan ingichka fibrillar ekanligini ko’rsatdi. Ko’p hollarda, fibrillar zich markaziy zonaga to’plangan bo’lib, bu joyda granulalar bo’lmaydi. Granulalar periferik qismda tarqalgan. Bu zonada yo’g’onligi 4-8 nm fibrillar g’ovak holda joylashadi. Granulalar ham, fibrillar ham ribonukleoproteidlardan tuzilgan

Yadrochaning tuzilish xillari sxemasi. 1-nukleolonema,2-fibrillyar,3-granulyar zonalar.
Yadrochaning ultrastrukturasi RNK sintezining faolligiga bog’liq. RNK sintezi kuchli bo’layotganda yadrochada ko’plab granulalar ko’rinadi, sintez to’xtashi bilan ularning soni keskin kamayib ketadi, yadrocha zich fibrilyar tanachaga aylanadi. Ma‟lumki, yadrocha profazada yo’q bo’lib ketadi va telofazaning o’rtasida yana paydo bo’ladi. Bu oraliqda RNK sintezi to’xtaydi. Profazaning oxirida yadrochaning hajmi, granulalarning soni kamayadi, fibrilyar komponent mayda g’ovak qismlarga parchalanib ketadi. Fibrilyar va granulyar komponentlar yadro moddasi ichiga tarqab ketadi va xromosomalar oralig’ini to’ldiradi. Yadrochaning qayta hosil bo’lishi hujayrada RNK sintezining tiklanishi davriga to’g’ri keladi. Yadrochaning mitoz davridagi taqdirini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. O’rta profazada rRNK sintezi to’xtashi bilan yadrocha g’ovaklashadi va tayyor ribosomalar karioplazmaga chiqadi, undan sitoplazmaga o’tadi. Profaza xromosomalari zichlashayotganda yadrochaning fibrilyar komponenti va qisman granulyar qismi xromosomlar yuzasiga to’planib, mitotik xromosom matriksining asosini hosil qiladi. Mitozga qadar sintezlangan bu fibrilyar-donachali material xromosomalar orqali qiz hujayralarga o’tadi. Telofazaning boshlanishida xromosomalar iplari yozila-yotganda xromosoma matriksi komponentlari ajraladi. Uning fibrilyar qismi mayda to’plamlaryadrochaoldi strukturalari hosil qiladi, ular bir-biri bilan qo’shilib ketadi, granulalar paydo bo’ladi va telofazaning oxirida RNK sintezi tiklanadi, normal vazifa bajaradigan yadrocha shakllanadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin