1-laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: tirik bakteriya hujayralarni mikroskopda kuzatish laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi



Yüklə 0,62 Mb.
tarix13.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#142976

1-laboratoriya mashg‘uloti


Mavzu: TIRIK BAKTERIYA HUJAYRALARNI MIKROSKOPDA KUZATISH


Laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga tirik bakteriya hujayralarni mikroskopda kuzatishni va ularni bir-biridan ajrata olishni o‘rgatish.
Kerakli asbob va reaktivlar: mikroskop, o‘rtasi chuqur buyum oynasi, qoplag‘ich oyna, bakterial ilmoq, spirt lampa, vazelin, iflos suv.
Uslubiy ko‘rsatmalar. O‘qituvchi talabalarga iflos suvda uchraydigan tirik bakteriyalar haqida ma`lumot beradi.Bakteriyalarni tashqi tuzilishiga qarab bir-biridan farqlanishini tushuntiradi, talaba :
1.Tajribani o‘qituvchi bilan birgalikda bajaradilar.
2. Preparatni mikroskopda ko‘rish usullarini qayta o‘qib o‘rganadilar.
3.Tajriba asosida olingan ma`lumotlarni daftariga yozib oladilar va rasmini albomga chizadilar.
Darsning vazifasi.
Mashg‘ulot davomida talaba surtma prеparat tayyorlash, oddiy va murakkab usulda bo‘yash, immеrsion sistеmada mikroskop ostida ko‘rishni o‘zlashtirib, o‘rganib olishi lozim
Nazariy qism:
1-ish.
Ishning borishi: Bakteriyalarni tirik holda ko‘rish uchun to‘xtab qolgan iflos suv ishlatiladi. Bu suvni tayyorlash uchun 20-25 gr quruq pichan maydalanadi va 200 ml suv solingan idishga botirilib, 30° li termostatda 2-3 kun saqlanadi. Mikroorganizmlar neytral sharoitda yaxshi rivojlanishini nazarda tutib, idishga ozgina oq bo‘r solinadi. Hosil qilingan iflos suvdan osma hamda ezilgan tomchili preparatlar tayyorlanadi. Osma tomchili preparat tayyorlash uchun o‘rtasi chuqur buyum oynasining chuqurchasi atrofiga vazelin surkab qo‘yiladi(5-rasm).


5-rasm.Osma tomchi preparati tayyorlash uchun ishlatiladigan o‘rtasi chuqur buyum oynasi: а - ustidan ko‘rinishi; b- yonidan ko‘rinishi

Tozalangan qoplag‘ich oyna o‘ng qo‘lga olinib sterillanadi, ya’ni sirtidagi mikroblarni yo‘qotish uchun spirt lampa alangasi ustidan 2-3 marta o‘tkaziladi. So‘ngra chap qo‘lga bakterial ilmoq olinib, cho‘g‘ bo‘lguncha spirt lampasi ustiga tutiladi. Sterillangan ilmoq yordamida tekshiriladigan obyektdan - sasigan suvdan bir tomchi olib qoplag‘ich oyna ustiga tomiziladi. So‘ngra u teskarisiga aylantirilib, buyum oynasidagi atrofiga vazelin surkalgan chuqurcha ustiga qoplanadi.


2-ish. Ishning borishi: Ezilgan tomchili preparat tayyorlash uchun tekis buyum oynasi artib tozalangandan keyin sterillanadi va ustiga tekshiriladigan suyuqlik tomchisi tomiziladi. So‘ngra usti qoplag‘ich oyna bilan yopiladi(6-rasm).
6-rasm.Preperatni buyum oynachasiga tomizib qoplag‘ich oynachani qo‘yish

Natijada suyuqlik ezilgan holatga aylanadi. Tayyorlangan preparatlar mikroskopning 8x va 40x li obyektivlari orqali tekshirilib, ularning ichida harakatsiz va harakatlanayotgan tirik mikroorganizmlar borligi aniqlanadi(7-rasm).





7-rasm. Har-xil mikroorganizmlar

Eslatma: a — qoplagʼich oyna o‘rniga emulsiyadan tozalangan fotoplyonka bo‘laklari ishlatilsa, undan bir marta foydalanib, so‘ngra tashlab yuboriladi; b — o‘rtasi chuqur oyna o‘rniga oddiy buyum oynasi ishlatilganda uning ustiga o‘rtasi doira shaklida o‘yib olingan va pamlangan filtr qog‘oz yopishtirib qo‘yiladi. Uning ustiga tekshiriladigan tomchi tomizilgach, qoplag‘ich oyna yopiladi.


Olingan bilimlarni baholash uchun nazorat savollari:
1. Bakteriyalar qayerlarda ko‘p uchraydi?
2. Bakteriyalarning inson hayotidagi o‘rni qanday?
3. Bakteriyalarni tirik holda ko‘rish uchun qanday ishlar amalga oshiriladi?
4. Mikroorganizmlarni yaxshi rivojlanishini ta`minlash uchun nima qilish kerak?
5. Osma tomchi preparat qanday tayyorlanadi?
6. Ezma tomchi preparat qanday tayyorlanadi?
7. Iflos suvda qanday bakteriyalarni uchratish mumkin?
8. Bu mashg‘ulоtda qanday reaktivlar kerak bo‘ladi?
Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin