9-laboratoriya mashg’uloti azotobakterning elektiv kuluturasini tayyorlash. Kerakli jihozlar



Yüklə 51 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü51 Kb.
#161705
9-Labaratoriya


9-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Azotobakterning elektiv kuluturasini tayyorlash.
Kerakli jihozlar: Petri idishi, tuproq, shpatelb, mannit yoki gliserin, karbol kislotada eritilgan eritrozin bo’yog’i, buyum oynalari, kedr moyi, spirt lampa, bakterial ilmoq.
Nazariy tushuncha: Azotobakter. 1901 yilda nemis olimi Beyerink molekulyar azotni o’zlashtiradigan klostridiumdan boshqa bakteriyalar ham borligini aniqladi. Bu bakteriyalar to’dasi (koloniyasi) qo’ng’ir rangli bo’lganligi sababli, ularga azotobakter xrookokkum degan nom berdi (31-rasm).
Azotobakter aerob sharoitda hayot kechiradi. Mikroskopda shar shaklida ko’rinadi. Azotobakter bittadan, ikkitadan yoki uchtadan bo’lib, shilimshiq g’ilof ichida joylashadi. Bu g’ilof kapsula deb ataladi. Kapsula bakteriyalarni noqulay sharoitdan himoya qilish vazifasini bajaradi.


31 - rasm. Molekulyar azotni o’zlashtiriuvchi azotobakter xrookokkum (Azotobacter chroococcum) bakteriyasi: 1 - bittadan va ikkitadan qo’shilgan-sharsimonlari; 2 - sakkiztasi
qo’shilgan sarsina tipdagilari.

Azotobakterning yosh hujayrasi harakatchan, monotrix tipda


xivchinlangan bo’ladi. Bu bakteriya klostridiumga nisbatav molekulyar azotni

  1. 6 baravar ko’proq o’zlashtiradi. Agar erga kalbsiyli va fosforli o’g’itlardan tashqari, bor yoki molibden solinsa, azotobakterning hayot faoliyati faollashadi. Kislotali tuproqlarda azotobakter yashamaydi, uning hayot kechirishi uchun tuproqning rN-6 dan past bo’lmasligi kerak.

Tuproqni azotobakter bilan boyitish maqsadida sun’iy bakterial o’g’it ishlatiladi. Azotogen yoki azotobakterin deb atalgan bu o’g’it dalaga ekinlar urug’i bilan birga solinadi. Uning ta’sirida hosil 20% gacha ortadi. Bir gektar erga 3 kg azotogen sarflanadi. Azotogen bilan aralashtirilgan urug’larni shu kunning o’zidayoq ekish zarur.
Ishning borishi: Azotobakterni to’plab olish uchun 100 g tuproqqa 2 g mannit yoki gliserin aralashtiriladi. Bu aralashma ustiga 20-30 ml suv quyib, undan xamirsimon loy tayyorlanadi. Uni Petri idishiga solib, usti shpatelb bilan silliq qilib suvaladi. So’ngra idishning og’zini yopib, 30°li termostatda bir necha hafta saqlanadi. SHundan so’ng idishdagi loy betida oq rangli yaltiroq koloniyalar hosil bo’lganligini ko’rish mumkin, keyinchalik bu koloniyalar qo’ng’ir tusga kiradi. Bakteriyalar bilan tanishish maqsadida koloniyaning bir bo’lakchasini olib, 1-2 tomchi suvda suyultiriladi va shu suyuqlikdan mazok tayyorlanadi. Mazok kurigandan so’ng 5 minut davomida spirt bilan fiksasiyalanadi. Fiksasiyalangai mazok ustiga karbol kislotada eritilgan eritrozin bo’yog’i tomizilib, so’ngra bo’yaladi. Keyin yuviladi, quritilib, bir tomchi kedr moyi tomiziladi va mikroskopning immersion ob’ektivi orqali ko’riladi. Eritrozin bo’yog’i tuproq zarrachalarini bo’yamasdan faqat bakteriyalarni bo’yaydi. Bu preparatda azotobakter xrookokkum hamda ularni o’rab olgan kapsula ko’rinadi.





Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin