Normativ hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi: turlari, taomillari, muhokima qilish. Reja



Yüklə 21,17 Kb.
səhifə1/5
tarix14.09.2023
ölçüsü21,17 Kb.
#143435
  1   2   3   4   5
10mavzu


Normativ hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi: turlari, taomillari, muhokima qilish.
Reja:

  1. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida

  2. Huquqiy eksperiment, korrupsiyaga qarshi ekspertiza

  3. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Norma ijodkorligi sohasida qanday o‘zgarishlar bor?


2021 yil 20 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni imzoladi. Shu bilan O‘zbekistonda 2012 yil 24 dekabrdan beri amalda bo‘lib kelgan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 342-sonli Qonun o‘z kuchini yo‘qotib, endilikda normativ-huquqiy hujjatlar (NHH) ijodkorligi sohasidagi qonun hujjatlarining “onasi” yangi tahrirda qabul qilindi.
Ushbu Qonunda 2012 yilda qabul qilingan tahririga nisbatan bir qator muhim yangiliklarni uchratish mumkin. Unda qonunchilikni raqamlashtirish, tartibga solish ta’sirini baholash, jamoatchilik muhokamasi instituti va boshqa ko‘plab yangiliklar o‘z aksini topgan.
Quyida qonunning ikki tahririni bir-biriga solishtirish orqali yangi qonundagi yangi jihatlarni ko‘rib o‘tamiz.
Prinsiplar, yangi ta’rif va tushunchalar, chek qo‘yilgan chalkashliklar
Qonunning avvalgi tahriri 7 bob, 44 moddadan iborat bo‘lsa, yangisi yangi normalar bilan to‘ldirilgani hisobiga 8 bob, 60 moddadan iborat ko‘rinishga keltirilgan.
Yangi Qonunda NHH tushunchasining ta’rifi va NHH turlarida o‘zgarishlar bo‘lmagan. Biroq, yangi Qonunda avvalgisidan farqli tarzda ushbu Qonunning prinsiplari keltirilgan. Ular quyidagilar:

  • konstitutsiyaviylik;

  • qonuniylik;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ustuvorligi;

  • oshkoralik;

  • ilmiylik;

  • ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va kompleksliligi;

  • ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligi.

Qonunning 4-moddasida fuqarolar referendum yo‘li bilan NHH qabul qilishi mumkinligi ko‘rsatildi. Biroq buni fuqarolarga yangicha huquq berildi, deb tushunmaslik lozim. Zero, fuqarolarning referendum yo‘li bilan NHH qabul qilishda qatnashish huquqi «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi Qonunda nazarda tutilgandi, endilikda ushbu Qonunda ham nazarda tutilmoqda.
Qonunning avvalgi tahriridagi “qonun hujjatlari” tushunchasi ko‘plab anglashilmovchiliklarni keltirib chiqargani tufayli “qonunchilik hujjatlari” tushunchasiga almashtirildi. Ya’ni, “NHHlar qonun hujjatlaridir va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi” degan norma “NHHlar qonunchilik hujjatlari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi”. Ko‘rinib turibdiki, bu orqali qonunchilik tushunchasiga ham aniqlik kiritilmoqda va u NHHlar majmuini bildirishi ta’kidlanmoqda.
Yangi qonunda yana bir chalkashlikka chek qo‘yilgan. Ya’ni, avvalgi tahrirda:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlar deb atalgan. Bu esa yuqoridagi 3ta turdagi NHHni eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda Oliy Majlis tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadigan NHHni bildiruvchi qonun tushunchasi bilan chalkashtirishlarga sababchi bo‘ldi.
Yangi qonunda ushbu xatolik bartaraf etilib, yuqoridagi 3ta turdagi NHH qonunlar emasqonun hujjatlari deb ta’riflandi.
Yangi Qonunda kodeks tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra, kodeks – huquqiy prinsiplar va normalarni mustahkamlovchi, birlashtiruvchi, tizimlashtiruvchi, shuningdek ijtimoiy munosabatlar eng muhim sohasining huquqiy jihatdan kompleks tartibga solinishini ta’minlovchi qonunni anglatadi.

Yüklə 21,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin