Normativ hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi: turlari, taomillari, muhokima qilish. Reja


Qonunni zabt etgan “yo‘l xaritasi”



Yüklə 21,17 Kb.
səhifə2/5
tarix14.09.2023
ölçüsü21,17 Kb.
#143435
1   2   3   4   5
10mavzu

Qonunni zabt etgan “yo‘l xaritasi”
Qonunda NHHlarning tarkibiy qismi sifatida ular bilan tasdiqlanadigan yo‘l xaritasi, nizom, qoidalar, yo‘riqnoma va boshqalarga ham qonun doirasida ta’rif berildi.
Jumladan:
nizom – davlat organlari va tashkilotlarning, ular tarkibiy bo‘linmalarining maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek u yoki bu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tartibini;
qoidalar – biror-bir faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni;
yo‘riqnoma – NHHlarni qo‘llashning aniqlashtiruvchi jihatlarini;
ryeglament – davlat organlari va tashkilotlarning ish tartibini, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish tartibini;
strategiya – mamlakat yoki muhim sohalarni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirishning eng asosiy yo‘nalishlarini;
konsepsiya – u yoki bu sohadagi davlat siyosatining eng muhim ustuvorliklarini, maqsadlarini, asosiy yo‘nalishlarini, vazifalarini va amalga oshirilish mexanizmlarini;
doktrina – O‘zbekiston Respublikasining u yoki bu sohadagi milliy manfaatlarini ta’minlash maqsadlari, vazifalari, prinsiplari va asosiy yo‘nalishlarini;
dastur («yo‘l xaritasi») – u yoki bu sohadagi davlat siyosatining maqsadlariga erishilishini ta’minlaydigan tadbirlar (vazifalar, amalga oshirish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va mas’ul ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar) va mexanizmlar tizimini belgilovchi tarkibiy qismlar sifatida ta’riflandi.
Qoidalari qonunda aks ettirilgan qonunosti hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozimligi belgilandi. Bu talab qonunchilikda normalarning takroriyligini bartaraf etish maqsadida kiritilgan, deyish mumkin.
Qonunchilikda qadr topayotgan o‘zbek tili
NHHlarni davlat tilida qabul qilish talabining qo‘yilayotgani ham yangi qonunning eng muhim yutuqlaridan biridir. Shuningdek, davlat tilidagi NHH matni bilan uning boshqa tildagi matni o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, NHHning davlat tilidagi matni qo‘llanilishi qoidasining o‘rnatilayotgani ham quvonarli jihatlardan biri. Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, ushbu qoidalar avvalgi qonunda mavjud emas edi.

Yüklə 21,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin