Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix04.03.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#86611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
uz la wtnd 2015 16

407
Ko’z Kasalliklari 
16
BOB
KO‘Z ANATOMIYASI (TUZILISHI) - YOKI 
KO‘Z NIMADAN IBORAT 
yosh bezi
qorachiq
rangdor 
parda
yosh yo‘li
ko‘zdan
burungacha
Kon’yuktiva- ko‘z so-
qqasini qoplab turuvchi 
yupqa pardadir.
Muguz parda juda tiniq 
bo‘lib, u rangdor parda 
va qorachiqni qoplab 
turadi.
XAVFLI BELGILAR
Ko‘z juda nozik a’zo bo‘lib, ko‘p e’tibor talab qiladi. Quyidagi xavfl i 
belgilardan birortasi paydo bo‘lsa, tez tibbiy yordamga murojaat qiling:
1. Ko‘z soqqasining kesilishi yoki yorilishi natijasida hosil bo‘lgan 
(ichigacha o‘tgan) har qanday jarohatlarda.
2. Muguz pardasida og‘riqli kul rang dog‘ paydo bo‘lishi va atrofi n-
ing qizarib ketishi (muguz pardasining yarasi).
3. Ko‘z ichidagi qattiq og‘riq (glaukoma yoki ko‘z rangdor pardasin-
ing yallig‘lanishi).
4. Ko‘z ichi yoki bosh og‘riganda ko‘z qorachiqlarining juda o‘zgar-
ib ketishi.


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
408
5.Ko‘z muguz pardasining orqasida 
qon to‘planishi (420-bet).
6. Bir yoki ikkala ko‘zning xira tortib qolishi.
7. Ko‘z antibiotik mazini 5,6 kun ishlatgandan 
keyin ham tuzalib ketmaydigan har qanday infek-
siya yoki yallig‘lanish hodisalari.
Ko‘z qorachiqlari orasidagi farqlar 
miya shikastlanishi yoki chayqalishi, 
ko‘z jarohatlanishi, glaukoma yoki 
ko‘z rangdor pardasining yallig‘la-
nishidan kelib chiqishi mumkin. 
(Qorachiqlarning biroz farq qilishi 
ba’zi odamlarda uchrab turadi.)
KO‘Z JAROHATLANISHI
Ko‘z soqqasining har qanday jarohatlanishi xavfl idir, chunki u 
ko‘rlikka olib kelishi mumkin. Hatto muguz pardasining (ko‘z qorachig‘i 
va rangdor pardani qoplab turuvchi tiniq parda) kichik kesilishi ham, agar 
unga to‘g‘ri davo qilinmasa, u infeksiyalanib, ko‘rish qobiliyatiga shikast 
yetkazishi mumkin.
Agar ko‘z jarohati chuqur va ko‘zning rangdor pardasi (ko‘z oqi, 
qavat tagida joylashgan) (ko‘z pigmenti)gacha yetgan bo‘lsa, bu holat 
juda xavfl i hisoblanadi.
Agar zarbdan bo‘lgan jarohat (musht bilan urgandek) ko‘z soqqas-
ining qon bilan to‘lishiga sabab bo‘lsa, ko‘z xavf ostidadir (420-bet). Agar 
og‘riq bir necha kundan so‘ng birdaniga kuchaysa, bu juda xavfl idir, chun-
ki u o‘tkir glaukoma boshlanganidan darak beradi. (415-bet).
Davolash:
♦ Agar, kasal jarohatlangan ko‘z bilan hali ham yaxshi ko‘ra olsa, 
ko‘zga ishlatiladigan antibiotik mazidan (680-bet) qo‘ying va uni yumshoq, 
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
409
qalin bog‘lam bilan qoplang. Agar ko‘z bir yoki ikki kunda tuzalavermasa, 
tibbiy yordamga murojaat qiling.
♦ Agar, kasal jarohatlangan ko‘zi bilan 
yaxshi ko‘ra olmasa va jarohati chuqur bo‘lsa yoki 
ko‘z muguz pardasining orqasida qon bo‘lsa (420-
bet), ko‘zga toza bog‘lam qo‘ying-da, tezda tibbiy 
yordamga murojaat qiling. Ko’zni ustidan bos-

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin