Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013


reya (ko‘zda rivojlanadigan so‘zak) degan kasallik boshla- nishi deb hisoblanadi va gonoreya



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix04.03.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#86611
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
uz la wtnd 2015 16

reya (ko‘zda rivojlanadigan so‘zak) degan kasallik boshla-
nishi deb hisoblanadi va gonoreya (so‘zak)dan (290-bet) 
dalolat beradi. Bola ko‘r bo‘lib qolmasligi uchun, kasallikni 
darhol davolash kerak. Agar ko‘z infeksiyasi bola tug‘il-
ganidan 1 -3 haftadan so‘ng boshlansa, u xlamidioz 
kasalligiga uchragan bo‘ladi. Bola bu kasalliklarning birini 
yoki ikkalasini ham onasidan tug‘ilayotganda yuqtirib 
olgan bo‘ladi. Hozir tug‘ruqxonalarda bola tug‘ilishi bilan 
blenoreyaga qarshi ehtiyot choralari ko‘riladi.
Gonoreyani davolash:
♦ Kanamitsindan 50 mg. dan 75mg. gacha ukol qiling (430-bet). 
Penitsillin ham ba’zan yordam beradi: Benzilpenitsillin-natriydan 200.000 
ED. dan kuniga 2 mahaldan 3 kun davomida qilish yetarlidir. Yoki T-isep-
tol siropidan kuniga 2 mahal 1/2 choy qoshiqdan bir hafta davomida ichir-
ing (641-bet). (Agar iloji bo‘lsa, Seftriakson 125 mg. miqdorida bir marta 
qilish eng yaxshi davodir.)
♦ Shuningdek tetratsiklinli ko‘z mazidan qo‘ying: birinchi kuni 
chaqaloqning ko‘ziga mazdan har soatda, keyinchalik 2 hafta davomida 
kuniga 3 mahaldan qo‘yib turasiz. (Avval 410-betda aytilgandek qilib
ko‘zni yiringdan tozalang.)


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
414
Xlamidiozni davolash:
Yuqorida aytilgandek qilib tetratsiklin mazi bilan davolang. Shun-
ingdek eritromitsin siropidan 2 hafta davomida kuniga 4 mahal 30 mg.dan 
ichiring. (Bu xlamidioz bilan og‘riyotgan bolalarda ko‘p uchraydigan zotil-
jamning oldini oladi.)
Oldini olish:
Ayniqsa, onalarida ushbu kasalliklar bo‘lsa yoki otalari siyishga 
qiynalsa (og‘riq sezsa), ulardan tug‘ilgan barcha chaqaloqlar ko‘zlari 
gonoreya va xlamidiozga qarshi himoyalanishi kerak. (Onalar o‘zlari 
bilmagan holda gonoreya yoki xlamidiya bilan og‘rishi mumkin.) Bola 
tug‘ilishi bilanoq uning ikkala ko‘ziga ham faqat bir marta Kumush 
nitratning 1% li eritmasidan bir tomchi tomizing. Yoki chaqaloq ko‘ziga 
Tetratsiklin yoki 0,5% li Eritromitsin mazidan quying (611-bet). Agar 
bolaning ko‘zlari gonoreya yoki xlamidioz bilan kasallansa, uning 
ota-onasi ham ushbu infeksiyalarga qarshi davolanishi kerak (437-
bet).
IRIT (KO‘Z RANGDOR PARDASINING YALLIG‘LANISHI)
NORMAL KO‘Z
IRITI BOR KO’Z
Belgilari:
„ qorachiq kichiklashgan, 
chegaralari ko‘pincha 
notekis rangdor pardan-
ing atrofi qizg‘ish va qattiq 
og‘riydi
Irit ko‘pincha bir ko‘zda bo‘ladi. Og‘riq birdan yoki asta-sekin 
boshlanishi mumkin. Ko‘zdan ko‘p yosh oqadi. Yorug‘likda ko‘z ko‘proq 
og‘riydi. Ko‘z soqqasiga tegilganda og‘riydi. Konyuktivitdagi kabi yiring 
bo‘lmaydi. Ko‘zning ko‘rishi xiralashadi. Bu tezlik bilan davo qilish zarur 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin