Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013


mang. ♦ Ko‘z soqqasida o‘rnashib qolgan tikon  yoki turli parchalarni olishga harakat qila



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix04.03.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#86611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
uz la wtnd 2015 16

mang.
♦ Ko‘z soqqasida o‘rnashib qolgan tikon 
yoki turli parchalarni olishga harakat qila 
ko’rmang
Tibbiy yordamga murojaat qiling.
KO‘ZDAGI ZARRANI QANDAY OLISH KERAK
Ko‘ziga zarra tushgan odam ko‘zini yumib chap, o‘ng, baland va 
past tomonga qarasin. Yoki siz uning ko‘zini ochib turganingizda baland 
va pastga qarasin. Bunda ko‘z ko‘p yosh chiqaradi va ko‘pincha kirlar o‘z-
o‘zidan yosh bilan chiqib ketadi.
Kir va qum zarrasini chiqarish uchun ko‘zingizni toza suv bilan 
yuving (410-bet) yoki toza lattaning bir burchagini yoki namlangan pax-
tani ham ishlatishingiz mumkin. Agar kir zarrasi yuqori qovog‘ingiz ostida 
bo‘lsa, qovoqni ingichka cho‘p ustiga ag‘daring. Siz shunday qilganingiz-
da odam pastga qarab tursin.
Ushbu zarracha ko‘pincha qovoq 
qirg‘og‘idagi kichik tarnovchada 
bo‘ladi. Uni toza latta bilan olib 
tashlang.
Agar siz zarrani osonlikcha olib tashlay olmasangiz, maxsus ko‘z 
uchun ishlatiladigan antibiotik mazidan ko‘zga qo‘yib, tibbiy yordamga 
murojaat qiling.


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
410
KO‘ZNING KIMYOVIY MODDALARDAN KUYISHI
Ko‘ziga ishqor, ohak suvi, benzin yoki pestitsi-
dlarning tushishi xavfl i bo‘lishi mumkin. Ko‘zni ochiq 
tuting. Tezda ko’zingizni toza, sovuqroq suv bilan 
yuving va 30 minut davomida yoki og‘rig‘i qolgun-
ga qadar chayib turing. Ignasiz shpritsga suv to‘ldirib 
ko‘zga sochish yaxshi natija beradi. Bunda sog‘lom 
ko‘zingizga suv tushirmaslikka harakat qiling.
KO‘ZLAR QIZARISHI VA OG‘RISHINING BOSHQA SABABLARI.
Turli muammolar ko‘zni qizartirishi va og‘ritishi mumkin. To‘g‘ri 
davolash ko‘pincha kasallik sababini to‘g‘ri topishga bog‘liq, shuning 
uchun ko‘zni diqqat bilan tekshirib, mavjud bo‘lishi ehtimoli bor har bir 
belgini yaxshilab izlab ko‘ring. Ushbu jadval kasallik sababini topishga 
yordam berishi mumkin.
ko‘zga biror narsaning 
tushishi (kir zarrasi kabi) 
(409-bet)
odatda faqat bir ko‘zga ta’sir qiladi; qiz-
arish va har xil og‘riq bo‘ladi
kuyish yoki zaharli suyuq-
liklar (410-bet)
bitta yoki ikkala ko‘z; qizarish va har xil 
og‘riq
kon’yuktivit (411-bet) 
Allergik tumov (allergik 
kon’yuktivitlar, 307-bet) 
traxoma (411-bet) qizamiq 
(558-bet)
odatda ikkala ko‘zda bo‘ladi (lekin bir 
ko‘zda boshlanib, keyinchalik kuchayishi 
mumkin) odatda ko‘zning tashqi qirg‘og‘i 
qizarib turadi. „achishtiruv-
chi” og‘riq, odatda yengilroq
o‘tkir glaukoma (415-bet) 
rangdor pardaning yal-
lig‘lanishi (414-bet) muguz 
pardasining shilinishi yoki 
unga yara chiqishi (419-
bet)
odatda faqat bitta ko‘z zararlanadi; mu-
guz pardasiga yaqin joylarning qizarishi 
og‘riq odatda juda kuchli bo‘ladi
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
411
KO‘ZNING KIMYOVIY MODDALARDAN KUYISHI
KON’YUKTIVIT (KO‘ZNING SHAFAQ BOSISHI (KO’Z SHILLIQ 
PARDASI YALLIG’LANISHI)
)
Ushbu infeksiya bitta yoki ikkala ko‘zning qizarishiga, yiringlashiga 
va bir qadar achishib turishiga olib keladi. Qovoqlar ko‘pincha uxlagandan 
so‘ng yopishib qoladi. Bu kasallik ko‘proq bolalarda uchraydi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin