Sharoitlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish reja



Yüklə 63,68 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü63,68 Kb.
#209274
  1   2   3
ZjIg83l8MHeNFfUC34


  1. MAVZU. BOZOR SHAROITLARIDA MOLIYAVIY RESURSLARNI SHAKLLANTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH

Reja :

    1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali

    2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi




    1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari ulardagi resurslarining bir qismi bo‘lib, bu resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa resurslari ko‘rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xom- ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga o‘xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt vositalarining «pul shakli» va «pul qiymati» tushunchalarini farqlamoq lozim.
«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar vositalarining pul qiymati» tushunchasi, odatda, pul mablag‘larining o‘zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo‘ljallanilgan vositalar va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi.
Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqoridagi dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga o‘xshashlar) haqiqatda ular pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o‘z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat baholari emas, balki haqiqatdagi bozor baholari harakatga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektni yomon oqibatlarga, xususan, mablag‘lar va resurslarning yo‘qotib qo‘yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, halqaro amaliyotdagi ma’lumotlarga ko‘ra bankrotga uchragan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tugatilayotgan paytda unga tegishli bo‘lgan aktivlar qiymatining 40 foizdan ortiq bo‘lmagan qismini olishga muvaffaq bo‘linishi mumkin. Shu munosabat bilan hatto, sog‘lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo‘lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so‘ng pul mablag‘iga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga mo‘ljallangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy- buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyatlaridan iborat bo‘lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab

chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo‘lishi mumkin.
Tijoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo‘yish va shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat va intellektual mulk ob’ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko‘rinishida qo‘yilmagan bo‘lsa, ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas.
Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayoni kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul tushumi maydonga chiqadi. O‘z navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom ettirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag‘lari fondlariga bo‘linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash mumkin:
T = F aa + F mxm + F ix + F f ,
Bu yerda: T - tushum;
Faa - asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga mo‘ljallangan amortizatsiya ajratmalari fondi;
Fmxm -moddiy xarajatlarni (xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektroenergiya va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi;
Fix - ish haqi fondi;
Ff — tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda (soliqlar to‘languncha va foydadan boshqa to‘lanmalar amalga oshirilguncha).
Ayrim iqtisodchi-olimlarning tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday yondashuvlarning noto‘g‘ri ekanligi shubhasiz.
Bozor iqtisodiyotining xorijiy nazariyasi va amaliyotida pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil qilinadi. Bu narsa xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o‘zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun
mo‘ljallangan pul tushumlarining bir qismi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning real moliyaviy resursi mol yetkazib beruvchilar va kontragentlarning hisob varaqlariga o‘tkazilmasdan uning aylanmasida bo‘lgan paytda unga qo‘shimcha daromad keltiradi. O‘tish davrining dastlabki yillaridagi o‘zaro mol yetkazib berish (xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha noto‘lovlar krizisi bank kreditlari foizining yuzdan oshgan darajasida tekin tijoriy kredit imkoniyatining mavjudligi o‘zining «qo‘lbola» birlamchi manbai bo‘lib xizmat qildi. Shunga o‘xshash narsa ish haqi fondiga nisbatan ham tegishli bo‘ldi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir
«tadbirkor» va «bankir»larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandiki, chunki to‘lanmagan ish haqi ularning aylanmasida bo‘lgan edi.
Amortizatsiya ajratmalari fondi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy resurslarining tarkibiy tuzilmasida muhim rol o‘ynaydi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tegishli hisob varaqlarida joylashganligiga qarab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning real moliyaviy resurslari bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o‘rinni egallay boshlaydi. Foyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z mablag‘larining asosiy manbai bo‘lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar shakllantiriladi.
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati xo‘jalik yurituvchi sub’ektning kreditga layoqatligini va uning qarziy mablag‘larni jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarziy mablag‘larning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z mablag‘lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga yetgani, uning to‘lovga layoqatligi borasida kreditorilarda ham, hamkorlarida ham shubha tug‘dirmasligi mumkin.
Amaldagi tijoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslarini ularning shakllanish manbalariga ko‘ra quyidagilarga ajratish mumkin:

  • mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni tiklash fondi);

  • boshqa realizatsiya (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo‘lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;

  • moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar; o‘z aksiyalari va qimmatli qog‘ozlarning boshqa ko‘rinishlarini sotish; boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividentlar va foizlar; sug‘urta qoplamalari va boshqalar);

  • kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo‘yicha; ijtimoiy sug‘urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar);

    • badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.)





    1. Yüklə 63,68 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin