Psixologik trening asoslari fanidan yakuniy



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/26
tarix16.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#131120
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
PSTR JAVOBLAR


PSIXOLOGIK TRENING ASOSLARI FANIDAN YAKUNIY
NAZORAT SAVOLLARIGA JAVOBLAR

1.Psixologik trening haqida umumiy tushuncha


Psixologik trening haqida umumiy tushuncha. Zamonaviy psixologiya sohalarining muammolaridan biri har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o'z o'rnini topishiga ko'maklashish, malakalarini rivojlantirish hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda albatta, psixologik treningni o'ziga xos o'rni mavjud bo'lib, hozirda mutaxassislar fanning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqdalar desak, mubolag'a bo'lmaydi. Natijada, shaxslararo munosabatlar orasida muloqot uslubining o'zgarishi, muayyan kasbiy sohalardagi bilim, ko'nikma va malakalarning ortishi, rahbar, menejer, tadbirkor, kadrlar menejeri, psixolog, murabbiyning faoliyati kabilarda, ayniqsa, shiddatli sharoitlarda juda murakkab faoliyat turlarida yoshlarning peshqadamligi fanning asl mohiyatini tahlil qilishga imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, bugungi globallashuv davri shaxslarida muloqotga bo'lgan (ishlab chiqarish, ta'lim-tarbiya jarayoni, oilaviy munosabatlar, emotsional sferaning barqarorligini ta'minlash kabilarda ) ehtiyojlarning kundan- kunga oshib borishi, ular o'rtasida yuzaga keladigan turli nizoli vaziyatlarni bartaraf etish jarayonida albatta psixologik treninglarning imkoniyatlarini kengligi ham hech kimga sir emas.
Psixologik adabiyotlarni tahlil qilganimizda treningga oid turli qarashlarni, amaliy tavsiyalarni uchratamiz. Xo'sh trening o'zi nima? Treningni tashkil qilishdan maqsad nima? Trening shaxs barkamolligini shakllantirib bera oladimi? kabi savollarga duch kelamiz.
Avvalo, trening - bu odamning muloqot uslubini o'zgartirishga, uyg'unlashtirishga, kerakli ko'nikmalarni singdirishga va boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan yoki ong osti xarakterga ega bo'lgan qarama-qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy jihatdan jadal o'quv faoliyat turi deb ta'kidlasak ham xato bo'lmaydi.
Trening - bu turli faoliyat sohalarida keng qo'llaniladigan juda mashhur va keng tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy qismlardan iborat, shu bilan birga, trening texnologiyasi odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga, o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini rivojlantirish zarurligini anglashga yordam beradigan o'quv shakllardan biridir.
Hozirgi davrda insonlarni eng tabiiy bo'lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo'lish, o'zgalarga samarali ta'sir eta olishga intilishining kuchayishi, bo'lajak kadrlarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga oshirishga tayyorlash, shuningdek, rahbar kadrlarni samarali boshqarish usuliga o'rgatish kabi masalalarni echimini topish borasidagi ishlardan biri - bu ijtimoiy psixologiyaning asosiy sohasi bo'lgan psixologik treninglarni tashkil etishdir.
XXI asrda kishilarning eng tabiiy bolgan muloqotga ehtiyoji, uning muloqot sirlaridan xabardor bo'lish va o'zgalarga samarali ta'sir etishga bolgan intilishi yanada oshdi.
Birinchidan, axborotlashgan jamiyatga o'tganligimiz tufayli axborotlarning ko'pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma'lumotlarni saralash, u bilan to'g'ri munosabatda bo'lishni taqozo etadi. Ikkinchidan, turli kasb faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko'payishi, ular o'rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig'iz sharoitida oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab etadi. Uchinchidan, hozirda shaxslarni ruhiy salomatligini saqlash maqsadida hissiy - emotsional zo'riqishlarni oldini olish va bartaraf etishni rivojlantirish kabilar dolzarb masalalardandir. 2019-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish to'grisidagi konsepsiyning qabul qilinishi va uni amalga oshirish maqsadida barcha ta'lim - tarbiya muassasalari, korxona va tashkilotlar, oila institutlari, hamda mahalla uyushmalarida aholini ruhiy zo'riqishlarini bartaraf etish, natijada aholining salomatligini, ish unumdorligini oshirish keng targ'ib qilinmoqda. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda psixologik treningning o'z orni va ahamiyati katta.
Trening guruhlarda muloqotning madaniy obro'li bo'lishni rivojlantirish maqsadida olib boriladigan psixologik ishlarning faol usuli, ya'ni guruh-guruh bo'lib munozara, bahs, rolli o'yin va boshqa o'yinlarni o'tkazishga qaratilinadi.
Shuningdek, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo'layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning
tadbiqiy sohalari doirasini ham kengaytirdi. Psixologik trening avvalo shaxs yoki gruhni samarali muloqot malakalariga o'rgatish va ulardagi komminakativ bilimdonlikni oshirish usullarini va ularni amaliyotga tadbiq etish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Inson o'z hayotida shaxsiy tajriba, ijtimoiy malaka va ko'nikmalarni ortirib borishi jarayonida hosil bo'ladigan, bevosita shakllanadigan ijtimoiy bilimdonlik yoki kommunikativ sovodxonlikdan farqli psixologiya fanida ushbu jarayonlarni maqsadli shakllantirish, shaxs va yaxlit guruh faoliyatiga talluqli ijtimoiy fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish uchun qo'llaniladigan uslublar majmui mavjud. Ularni qisqacha qilib ijtimoiy psixologik trening (IPT) yoki psixologik trening deb ataladi.
Trening tushinchasi ingliz tilidan kelib chiqqan bo'lib, “train”, “training” ko'plab ma'nolarga ya'ni: o'qitmoq, tarbiyalamoq, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma'nolarga ega. Xuddi shunday ko'p ma'nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi. Xususan, bu turli ijtimoiy faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo'lib, bunda shaxs yoki yaxlit guruhning muloqot sohasidagi bilimdonik darajasi maqsadga muvofiq tarzda maxsus mashqlar tizimi orqali rivojlantiriladi. Ya'ni u shaxsni ijtimoiy muloqotga oldindan maqsadli tarzda tayyorlaydi.

2.Treningni maqsad va vazifalari


Ko'plab soha mualliflari ijtimoiy- psixologik treninglarning etakchi maqsadi sifatida shaxslararo munosabatlarda aloqa malakasini shakllantirish omili ekanligini ta'kidlaydilar. Shaxs qachonki, jamiyatda, boshqa odamlar bilan muloqot va o'zaro munosabatlar jarayonida shaxs sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Insonning kommunikativ qobiliyatlari uning rivojlanishining shartidir va bu rivojlanish natijasi hamdir. Keng ma'noda shaxsning kommunikativ malakasini oshirmay, ijtimoiy munosabatlarini o'zgartirmay turib, shuningdek, ijtimoiy dunyoga va o'ziga bo'lgan umumiy munosabatini qayta ko'rib chiqmasdan insonning shaxsiy fazilatlari majmuasini, shakllantirib bo'lmaydi. Ammo, hozirgi vaqtda ijtimoiy-psixologik treninglarning faqat aloqa vositasi ekanligi bilan bog'lash to'g'ri kelmaydi. Ijtimoiy psixologik trening nafaqat shaxslararo munosabatlarning shakllantirish omili, balki shaxsning o'z-o-‘zini adekvat baholashi, har qanday vaziyatlarda o'zini nazoratga olish imkoniyatlarni yaratib berishi bilan boshqa amaliy mashg'ulotlardan quyidagi maqsadlar orqali farqlanadi.


Jumladan:

  • Shaxsda muloqotchanlik ko'nikmalarini hosil qilish;

  • Hayotdagi qarama - qarshiliklarni to'g'ri tushuna olish va tahlil qilishga o'rgatish;

  • Shaxsning ichki holati (ruhiyatini) o'zgartirishga erishish;

  • Shaxsning kamoloti uchun zarur bo'lgan konikmalarni hosil qilish;

  • Kutilmagan vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qila olish konikmalarini hosil qilish kabi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin