Art terapiya dastlab Z.Freyd va K.Yungning egodagi himoya mexanizmlarining namoyon bo'lishi sifatidagi nazariy g'oyalari asosida vujudga keldi (sublimatsiya, proeksiya). Dastlab psixoanalizda paydo bo'lgan art terapiya hozirda barcha yo'nalish vakillari tomonidan keng qo'llanilmoqda. Art terapiyaning yutug'i shundaki, u tarapevtik aloqani o'rnatishni chuqurlashtirishga yordam beradi. Bir vaqtning o'zida ham terapevtik va diagnostik metod hisoblanadi, psixoterapiyaning har qanday shakli va vaziyatlarida qollash mumkin. Turli vositalardan foydalanish imkoniyati mavjud - qalamcha bilan qumga chizishdan, oddiy qalam bilan sanъat asari yaratish va haykal yasash ham mumkin, turli muammolarni hal qilishda foydalanish mumkin.
Art terapiya bolalarda xavfsizlik hissini rivojlantiradi. Art terapiyaning mahsuldorligi shundaki, birinchidan, nizoli vaziyatlar simvolik shaklda qayta paydo bo'ladi, rasmlar yordamida tashqariga chiqariladi, shu tariqa uni muhokama qilish va qaror qabul qilish mumkin. Ikkinchi tomondan, ijod jarayonining o'zi shaxsning o'sishiga, o'zini o'zi namoyon qilishga, o'zini o'zi rivojlantirishga imkoniyat yaratadi, hayotiy qiyinchiliklarni yengish uchun ichki imkoniyatlarni topish imkonini beradi.
Art terapevtik metodning afzalliklaridan biri juda kuchli qarshilik bolganda ham bola bilan aloqa o'rnatish oson boladi. Psixolog oldiga kelganda bola har doim ham o'z muammosi haqida gapirgisi kelmaydi, lekin nimanidir chizib berish so'ralganda, hech qachon qarshilik qilmaydi. Bola kuchli hayajonlanganda, uning nafaqat gapirgisi balki o'z muammolarini chizgisi ham kelmaydi. Bunday holda o'z muammolarini boshqa tilda ifodalash imkonini beradigan majoziy rasmdan foydalanish mumkin. Art terapiyada diagnostik va terapevtik jarayonlar bir vaqtda ro'y beradi. Art terapiya mahsullari qimmatbaho diagnostik material hisoblanadi. Bu esa art terapiyani proektiv testlarga yaqinlashtiradi. Baъzi mualliflar uni ekspressiv proektiv metodlarga kiritadi. Art terapevtik tahlil asosiy emas, balki rasm muallifi o'zini qanday tushunishi, ko'rinishi muhim. O'z ijodi mahsullarini tasvirlash va muhokama qilish jarayonida mijozning o'z ichki his-tuyg'ularini anglashi ro'y beradi. O'z muammo va nizolarini asta-sekin bayon etish, ularni bartaraf etish va hal qilishga olib keladi.

41. Art terapevtik mashg'ulotlarni asosiy bosqichlari
Art terapevtik mashg'ulotlarni asosiy to'rt bosqichga bo'lish mumkin.
Dastlabki bosqichda ishtirokchilar tasodifiy ijodiy faoliyatga tayyorlanadi. Buning uchun turli o'yinlar va maxsus mashqlardan foydalaniladi: “Erkin bo'ling va nimani kerak deb hisoblasangiz, shuni amalga oshiring”,- degan fikr aytiladi.
Ikkinchi bosqich asarni yaratish jarayonidir.
Uchinchi bosqich - o'z ishini muhokama qilish jarayoni.
To'rtinchi bosqichda har bir guruh aъzosining muvaffaqqiyatini taъkidlash va mashg'ulot haqida iliq taassurotlar almashinadi.