Madaniyat va san’at sohasini moliyalashtrishning o’ziga hos xususiyatlari. Reja. Kirish


San’at va madaniyat sohasi menejmenti



Yüklə 32,66 Kb.
səhifə3/4
tarix17.09.2023
ölçüsü32,66 Kb.
#144770
1   2   3   4
Madaniyat va san1

San’at va madaniyat sohasi menejmenti
San’at va madaniyat sohasi menejmenti va marketingi erishgan ilmiy yutuqlarni nazariy umumlashtirish, uning eng ilg’or usul va uslubiyotini ijodiy o’rganish, O’zbekiston san’ati va madaniyatining istiqbolida zamonaviy artmenejment tavsiyalaridan foydalanish. Mazkur ish avvalo madaniyat va san’at xodimlari uchun, madaniy faoliyat va san’at faoliyatini yurituvchi ijodiy muassasalar uchun, madaniyat ishlari tizimining mutaxassislari uchun nazariy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot xulosalari, shuningdek san’at muassasalari, teatrlar, muzeylar, istirohat bog’lari, ko’rgazmalar, kontsert-gastrol birlashmalari faoliyatida ham nazariy jihatdan qo’llanilishi mumkin. Qolaversa san’atni boshqarish bilan, san’at bozori bilan shug’ullanuvchi artmenejerlar uchun bizning ishimiz amaliy ahamiyat kasb etishiga umid qilamiz. Menejment - bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta’rifga binoan u: • boshqaruv xokimiyati va san’ati; • resurslarni boshqarish bo’yicha a’loxida moxirlik va ma’muriy ko’nikmalar tushuniladi. Madaniyat va san’at sohasi menejmenti esa madaniyat va san’at muassasalaridagi jarayonlarni va personallarni boshqarish demaktir. Madaniyat va san’at sohasi tarixi qadimiydir. Uning tub ildizlari insoniyatning ilk uyushuvlari davriga borib taqaladi. Ilk uyushuv shakllari ilmiy adabiyotlarda tosh, bronza, temir davrlarida tarkib topganligi talqin etiladi. Bu davrda odamlarning madaniy ijtimoiylashuvi hayotni ta’minlash, uning barqaror davomiyligini belgilash zaruratidan yuzaga kelgan. Hayotning moddiy tomonlarini ta’minlash uchun odamlar bir-birlariga ov qilish, baliq tutish, ekin ekish, teskari insni o’ziga jalb etishga erishishni turli o’yinlar, mashqlar tarzida o’rganib borganlar. O’rgatish uzluksiz, doimiy davom etgan. O’rgatish uzluksizligi va doimiyligi ta’limning alohida soha sifatida shakllanishiga sabab bo’lgan. Demak madaniyat sohasi faoliyatini ta’limning asosi deyish mumkin.. Hozirgi globallashuv jarayoni mеhnat mеntalitеtiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. “Kеyingi vaqtlarda tashkilot madaniyati dеgan tеrmin ilmiy muomalaga ham kiritildi. Ushbu masala bo’yicha tadqiqot olib borayotgan taniqli sotsiolog M. Bеkmurodovning fikricha, tashkilot madaniyati muassasaning nafaqat ishchanlik хususiyatini ifodalaydi, balki tashkilotga хos bo’lgan madaniyatning har bir хodim хatti-harakatlarida aks etishi, shaхsning fе’l-atvorlari motivi darajasiga yuksalishini nazarda tutadi. Tashkilot madaniyati хodimlar tomonidan o’z-o’zicha o’zlashtirilmaydi, balki rеjali asoslarda izchillik bilan mutaхassislar ongi, ruhiyatiga singdirib boriladi”. Madaniyat doirasi - zamonaviy menedjment xam o’zidagi bor xususiyatlarga asoslanib, madaniyat doirasidagi muassasalar bilan juda muhim xamkorlik olib boradi: homiylikning keng yoyilishi, xayriya, jamoatchilik o’rtasidagi turli aloqalar (Public relations), bularsiz xech bir amal yuzaga chikmaydi. Madaniyat va san’at sohasi menejmentining dastlabki ko’rinishlaridagi faoliyati hisoblangan madaniyat va san’at sohasi menejmentining yuqori bosqichi odamlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qo’shimcha kasblar, hunarlarni o’rganish, qiziqishlar asosidagi klublar, to’garaklarda faoliyat yuritish singari mashg’ulliklar tarzida amal qila boshladi. Shuningdek, madaniyat va san’at sohasi menejmenti turmush tarzini bezash, an’ana va urf-odatlarni o’tkazish, diniy marosimlarni, tabiat va rasmiy bayramlarni nishonlash shaklida ham namoyon bo’la bordi. Shu tariqa madaniyat va san’at sohasi menejmentining odamlar hayotida mustahkam joylashganligining asosiy omillari oydinlashdi. San’at sohasi boshqaruvi kasbining imkoniyat doirasi keng bo’lib, bozor munosabatlarining talab va taklif tamoyili talablari asosida erkin faoliyatlarni yo’lga qo’yishga yo’naltirilgan. San’at sohasi boshqaruvining tamoyillari bir-biridan aloxida xolda mavjud bo’lmaydi, ular yaxlit tizimni tashkil etadi va ularning xar biri bo’sh vaqt sharoitida ommaning madaniyat va san’at sohasi menejmentiida yagona jarayonning ajralmas qismini ifodalaydi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning tamoyillari madaniyat va san’at sohasi menejmentining mavjud konuniyatlarini aks ettiradi va barchasi birgalikda ijtimoiy-madaniy ishlarning xarakteri, mazmuni va shakllarini belgilaydi. Bu tamoyillardan birining bo’lmasligi umumiy bir butunlikning buzulishiga olib keladi. San’at sohasi boshqaruvi aholining dam olishini tashkil kilish, ommaga axborot va bilim berish, ommani xavaskorlik ijodiyotiga jalb qilish kabi vazifalarni bajaradi.. Demak, madaniy-ommaviy tadbirlarni tayyorlashda ijtimoiy-madaniy faoliyatning o’ziga xos tashkiliy xususiyatlariga murojaat etish muhim urin tutadi. Ba’zi shakllarda ko’prok axborot beriladi, ba’zilari, asosan, dam olish uchun xizmat qiladi, boshqalari ko’prok madaniy-ijodiy jarayonga qatnashtirishga yordam beradi. Agar teatrda qo’yilgan pyesani yana bir necha yildan keyin qaytadan sahnalashtirish mumkin bo’lsa, ijtimoiy-madaniy muassasa tadbirlarida bu holat takrorlanmaydi. Biror tadbir stsenariysi sxemasini ikkinchisiga qo’llash mumkin emas. Har qanday yangi stsenariy yangi tuzilishni, yangi mehnatni talab qiladi. Dunyo globallashib borar ekan, insonlar o’rtasida dunyo xalqlari madaniyatiga qiziqish ortib boraveradi. Kishilar tomonidan san’atning barcha soha va turlariga bo’lgan ishtiyoq va o’rganishlar hamda istemol qilishga talabning ortib borishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu holat esa turli yutuq va muammolarni olib keladi hususan, chet ellik kontekstlarda nodir bo’lmagan san’at shakllari ular talqin qilinadigan tarzda talqin va qabul qilinadimi? Ular haqida tasavur va bilimlar yetarlimi? Globallashuv jarayonida ushbu jarayonlar qanday qilib insonlar ijtimoiy-maishiy turmush tarziga ta’sir etmoqda? Chet el san’ati shakllariga qiziqishning sabablari nima va ular mahalliy, xorijiy va xalqaro bozorga qanday ta’sir ko’rsatadi? Madaniy qadriyatlar va madaniy mablag’ bilan taqqoslashning tor doirasi nima? Masalan, g’arb va sharq davlatlari san’at hizmati qay darajada qiyosiy tahlil eta olinyaptimi - degan turlicha savollarni qo’ymoqda bugungi kun. Yuqoridagi savollar javobi birinchi navbatda san’at menejmenti rivoji va unga bo’lgan davlatning siyosati alohida ahamaiyat kasb etib, rivojlangan davlatlar siyosatidan ham o’rin olganligini kuzatishimiz mumkin. San’at menejmenti tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini birlashtirib turish juda ko’plab rasmiy va norasmiy yondashuvlarda shaxslar va jamiyat uchun hayot sifatini yaxshilashda juda samarali bo’lishi mumkin. San’at sohasi boshqaruvi jabhalarida tanqidiy fikrlashning ahamiyati muhim sanaladi. Tanqidiy fikrlash muammoni hal qilish yoki yakuniy natijaga erishish uchun strateglashtirishdan ko’ra katta. Tanqidiy fikrlash bizni intellektual, axloqiy va ijodiy fikrlashni o’rgatadi. San’at sohasi boshqaruvida AQShda xalqaro miqyosda ham san’at asarlarini yaratish yoki galereyalar, muzeylar va madaniyat markazlari uchun ishlashga alohida e’tibor qaratgan. San’atning insoniy sharoitga qanchalik muhim ekanligini tushunish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Insonlar hayotida san’atga ega bo’lish san’atdan hayratlantirish imkoniyat beradi. San’at boshqaruvchilari tomonidan istemolchilarning qiziqish va istaklari doimiy ravishda turli tadqiqot va so’rovlar olib borishdi
Madaniyat va san’at sohalarida innavatsion jarayonlar
Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirish, madaniyat va san'at muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, hozirgi vaqtda madaniyatning innovatsion tarkibiy qismining ahamiyati davlat darajasida kata e'tirob qaratilishi Yangi O'zbekistonning bosh maqsadiga aylandi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: "Mamlakatimiz aholisi, avvalo yoshlar, qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, shu yo'nalishdagi ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini yanada oshirishimiz zarurligi davr talabiga aylanib bormoqda" - deya ta'kidlab o'tgan edi.Yangi O'zbekiston madaniyat sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Haqiqatan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3920-son qarorini imzolashi buning yaqqol isbotidir. Bu qaror ijrosi madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirishni ta'minlash, madaniyat va san'at muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, aholining madaniyat muassasalariga bo'lgan qiziqishini rag'batlantirish, mamlakatimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuvini ta'minlashni nazarda tutadi.Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni bu yo'nalishda olib borilayotgan ishlarning naqadar dolzarbligini ko'rsatib turibdi. Farmonga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida moddiy-madaniy merosning ko'chmas mulk obyektlarini restavratsiya qilish uchun xarajatlarga 500 mlrd. so'm ajratilishi belgilandi.So'nggi to'rt-besh yilda Yangi O'zbekistonda madaniyat sohasida sodir bo'layotgan jarayonlar madaniyat va san'at rivojida ayniqsa, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolida ham yuqori darajaga ko'tarildi.Hech shubhasiz, o'z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonch bizni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo'lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bo'lishning o'zi kata baxt, kata sharafdir.
Shunday jarayonlardan biri, innovatsiya muammosi hisoblanadi. Madaniyat va san'at sohasida innovatsion rivojlanishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishda ba'zi yutuqlar va ba'zi muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, bu jarayon O'zbekiston uchun hamon dolzarb bo'lib qolmoqda.Bunda asosiy muammo - iqtisodiyot va jamiyatning uzoq muddatli turg'unligi va mamlakatning jahon taraqqiyotidan ancha ortda qolib ketishi sanaladi. Ayni paytda, milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan bir qator tizimli kamchiliklar mavjud. Jumladan:
birinchidan, madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, madaniyat va san'at muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagan;
ikkinchidan, yosh ijodkorlarga ta'lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali olib borish, aholining o'sib borayotgan madaniy ehtiyojlarini qondirish va madaniy xizmatlar sifatini keskin oshirish imkonini bermayapti;
uchinchidan, aksariyat madaniyat va san'at muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talablari va xalqaro standartlarga mos kelmaydi, bu esa ularning to'laqonli faoliyat ko'rsatishiga to'sqinlik qilmoqda;
to'rtinchidan, zamonaviy media makonda milliy madaniyatimiz munosib o'rin egallamagani, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to'liq joriy etilmagani sohani keng tadqiq va targ'ib etish, xalqaro madaniy jarayonlarga talab darajasida integratsiya qilishga yo'l bermayapti;
beshinchidan, madaniyat va san'at sohasidagi nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda ijodkorlarimizning ishtirokini izchil ta'minlash va ularning sara asarlarini namoyish etish, milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilishning samarali tizimi yaratilmagani, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik yetarlicha yo'lga qo'yilmagani ham soha rivojiga to'sqinlik qilmoqda.
Bu muammolarni bartaraf etishda innovatsiya jarayonining tarkibiy qismlarida nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish kerak. Innovatsion rivojlanish jarayoning ikkita asosiy tarkibiy qism - innovatsion loyihalarni amalga oshirish va innovatsion salohiyatni rivojlantirish bo'lib, jamiyatning innovatsion madaniyatining yetishmasligi innovatsiyalar turg'unligining asosiy sabablaridan biridir. Har qanday innovatsion rivojlanish nafaqat asosiy innovatsion jarayon, balki uni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan omillar va shartlar tizimini, ya'ni innovatsion salohiyatni rivojlantirishdir. Madaniy innovatsion loyihalarni amalga oshirish va madaniy innovatsion salohiyatni rivojlantirish orqali madaniyat sohasida innovatsion taraqqiyotga erishish mimkin.Ko'p muammolar moliyaviy tomondan farqli tekislikda yotadi. Taniqli menejer, Germaniya Federativ Respublikasi Fraunhofer jamiyati prezidenti, professori H.Yu. Varnecke bozor segmentini ko'paytirish va mahsulot sifatini yaxshilash kabi deyarli barcha yakuniy maqsadlarga eng yaxshi ijtimoiy tizimga ta'sir qiluvchi strategiyalar orqali erishish mumkin, deb hisoblaydi. Ushbu jarayonda texnika va texnologiyalar juda kichik rol o'ynaydi. Bir tomondan, madaniyat va san'at, boshqa tomondan, tabiiy fan va texnikaning tarqoqligi falokatga olib kelish xavfmi tug'diradi.Innovatsion jarayonlar muqarrar ravishda xatarlar va noaniqliklar bilan tavsiflanganligi sababli, ko'plab tadqiqotchilar mamlakatda rivojlangan venchur kapitalining mavjudligi innovatsion jarayonlarning muvaffaqiyatini belgilovchi omil deb hisoblashadi. Uning zaif rivojlanishi tufayli, masalan, Yevropa mamlakatlari innovatsiya sohasida AQShdan ma'lum darajada orqada qolmoqda. Biroq, tahlillar shuni ko'rsatadiki, bu boradagi farq unchalik katta emas. Shunday qilib, hisob-kitoblarga ko'ra, innovatsiyani venchur investitsiyalari emas, aksincha, innovatsionjarayonlardan talab venchur kapitalining rivojlanishini rag'batlantiradi va ikkinchisining rivojlanish darajasi institutsional muhit sifati bilan uzviy bog'liqdir.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, ijtimoiy sohadagi zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar nafaqat iste'molchilarning ehtiyojlari asosida shakllanadi, balki o'zlari ham ushbu ehtiyojlarni shakllantiradi. Masalan, yuqori texnologik tibbiy yordam xizmatlariga, masofaviy ta'limga bo'lgan ehtiyoj, zamonaviy insonning turmush tarziga mos keladi, shu bilan birga, bunday xizmatlar ko'rsatish innovatsiyalar, xususan, texnologik rivojlanishlar tufayli amalga oshirish mumkin. Binobarin, bizning fikrimizcha, vazifa zamonaviy odamni avvalgi madaniy ehtiyojlar doirasida ushlab turish emas, balki jozibali va shu bilan birga konstruktiv qadriyatlarni shakllantiradigan madaniy mahsulotni taklif qilishdan iboratdir.
Bunga qanday erishish uchun madaniyat xodimlarining ijodkorlik va yangilik yaratish qobiliyati, ularning ijtimoiy mas'uliyati, va nihoyat, deklarativ emas, balki bilvosita ta'sir qila olishi orqali erishish mumkin.Aholining e'tiborini madaniy xizmatlarga jalb qila oladigan yangiliklar degani nimani anglatishiga to'xtalamiz. Rasmiy hujjatlarda, xususan, innovatsiyalarning texnologik tarkibiy qismiga urg'u beriladi: gap ommaviy axborot markazlarini yaratish, ko'p funksiyali madaniy majmualar tarmog'ini shakllantirish, universal mobil tizimlar sonini ko'paytirish haqida ketmoqda.
Tadqiqotchilar innovatsiyalar deganda ijtimoiy-madaniy vaziyatning o'zgarishi, yangi madaniy mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, mavjud ob'ektlar, yondashuvlar va texnologiyalarni ijodiy rivojlantirish kabilarni nazarda tutgan holda ushbu kontsepsiyaga yanada kengroq ma'no kiritdilar.Aynan g'oyalar, zamonaviy ijodiy mahsulotlarning etishmasligi byudjet muassasalari xizmatlari iste'molchilari sonining kamayishi, ularning faoliyat ko'lamini pasayishining sabablaridan biri sanaladi. Maxsus adabiyotlarda ifodalangan madaniy loyihaning innovatsion belgilaridan biz quyidagilarni ajratib ko'rsatamiz:
faollik: atrofdagi voqelikni o'zgartiradigan loyihalarni boshlash, madaniyat muassasalarining ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, tinglovchilarni jalb qilish shakllaridan foydalanish;
dolzarblik: zamonaviy shaxs, yangi ijtimoiy guruhlar ehtiyojlariga muvofiqlik, zamonaviy mobil va band turmush tarziga muvofiqlik - moslashuvchan ish vaqti, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish uchun ochiq shahar maydonlaridan foydalanish (shaharlashgan va tabiiy). San'at turlari va madaniy tadbirlar; "uxlab yotgan" joylarda joylashgan madaniy tashkilotlar faoliyatini faollashtirish.
Umuman olganda, biz intellekt, ijodiy munosabatlar, turli xil san'at turlarining integrasilashuvi, jamiyatdagi mehnat shakllarini o'zgartirish, madaniyat holatini baholash va loyihalashga e'tiborni qaratish, menejmentni o'zgartirish kabilarni istiqbolga yetaklaydi, deb ayta olamiz.Darhaqiqat, innovatsiyalar sharoitida biz aholining madaniy muassasalardan (bu muassasalar prinsipial ravishda ishlashiga qo'shimcha ravishda) ham moddiy-texnologik, ham ijodiy (kasbiy va texnologik) o'zgarishlar kutayotganini ta'kidlab o'tishimiz mumkin. Ijodiy o'zgarishlarga turli toifadagi fuqarolar uchun ularning zamonaviy ehtiyojlariga mos keladigan turli xil xizmatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ijodiy yondoshishni kiritish mumkin.Albatta, madaniy "xizmat"ning sust rivojlanishi, hattoki avvalgilaridan mahrum bo'lish (masalan, filmlarni tarqatish) sharoitida rivojlanish darajasi past bo'lgan shaharlar, qishloqlar aholisining zamonaviy madaniy xizmatlarga talabi hali hamon juda past darajadadir. Biroq, innovatsiyalarning asosiy xususiyatlarini - bu dolzarblik, ijodkorlik va zamonaviy texnik vositalardan foydalanishga talabni - bu hududdagi madaniy talablarda ham ko'rish mumkin.Ijtimoiy-iqtisodiy sohani umumiy modernizatsiya qilish nafaqat madaniyatning yangi iste'molchilarini, balki uni yaratuvchilarni ham shakllantiradi. Yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish va madaniy mahsulotlarni targ'ib qilish ijodkorlar va iste'molchilarni, xususan, ijodiy sohalar doirasida birlashtiradi. Iste'molchilarni ijodiy jarayonga jalb qilish orqali ijodkorlar ularni asarlar yaratilishidagi quvonchlariga qo'shilishiga imkon beradi va ular, o'z navbatida, "o'zlarining" tomoshabinlari va tinglovchilarini yaxshiroq anglay boshlaydilar.Multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda badiiy festivallar, kontsertlar va ko'rgazmalar, muzey va teatr jamoatchiligini birlashtirgan loyihalar kabi yangi ijod turlari nafaqat yangi ijodiy yondashuvlarni, balki axborot texnologiyalari yangiliklaridan va yangi boshqaruv ko'nikmalaridan foydalanishni talab qiladi. Bu mavjud modernizatsiya qilish va innovatsion boshqaruv usullarini joriy etish byudjet sohasini isloh qilish, madaniyatning institutsional sohasini o'zgartirish, tashkilotlar boshqaruvining rolini kuchaytirish va innovatsion yondashuvlardan foydalangan holda ijtimoiy-madaniy sohada boshqaruv amaliyotining tarqalishi bilan tavsiflangan yangi sharoitda madaniyat sohasidagi boshqaruv samaradorligini oshirishga yordam beradi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, innovatsion madaniy mahsulot va xizmatlarni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlar iste'molchisini shakllantirish zarur, buning uchun madaniyat va san'at sohasini takomillashtirish va venchur kapitalini rivojlantirish; fan, ixtirolar va texnologiyalari transferini rivojlantirish; sohada innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish; raqobatni rivojlantirish va ma'muriy to'siqlarni qisqartirish; infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy-ommaviy tadbirlarni tayyorlashda ijtimoiy-madaniy faoliyatning o’ziga xos tashkiliy xususiyatlariga murojaat etish muhim urin tutadi. Ba’zi shakllarda ko’prok axborot beriladi, ba’zilari, asosan, dam olish uchun xizmat qiladi, boshqalari ko’prok madaniy-ijodiy jarayonga qatnashtirishga yordam beradi. Agar teatrda qo’yilgan pyesani yana bir necha yildan keyin qaytadan sahnalashtirish mumkin bo’lsa, ijtimoiy-madaniy muassasa tadbirlarida bu holat takrorlanmaydi. Biror tadbir stsenariysi sxemasini ikkinchisiga qo’llash mumkin emas. Har qanday yangi stsenariy yangi tuzilishni, yangi mehnatni talab qiladi. Dunyo globallashib borar ekan, insonlar o’rtasida dunyo xalqlari madaniyatiga qiziqish ortib boraveradi. Kishilar tomonidan san’atning barcha soha va turlariga bo’lgan ishtiyoq va o’rganishlar hamda istemol qilishga talabning ortib borishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Umuman olganda, biz intellekt, ijodiy munosabatlar, turli xil san'at turlarining integrasilashuvi, jamiyatdagi mehnat shakllarini o'zgartirish, madaniyat holatini baholash va loyihalashga e'tiborni qaratish, menejmentni o'zgartirish kabilarni istiqbolga yetaklaydi, deb ayta olamiz.Darhaqiqat, innovatsiyalar sharoitida biz aholining madaniy muassasalardan (bu muassasalar prinsipial ravishda ishlashiga qo'shimcha ravishda) ham moddiy-texnologik, ham ijodiy (kasbiy va texnologik) o'zgarishlar kutayotganini ta'kidlab o'tishimiz mumkin. Ijodiy o'zgarishlarga turli toifadagi fuqarolar uchun ularning zamonaviy ehtiyojlariga mos keladigan turli xil xizmatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ijodiy yondoshishni kiritish mumkin.Albatta, madaniy "xizmat"ning sust rivojlanishi, hattoki avvalgilaridan mahrum bo'lish (masalan, filmlarni tarqatish) sharoitida rivojlanish darajasi past bo'lgan shaharlar, qishloqlar aholisining zamonaviy madaniy xizmatlarga talabi hali hamon juda past darajadadir.


Yüklə 32,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin