1
O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI VA KOMMUNIKATSIYALARI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL -XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Operatsion tizimlar fanidan
Mustaqil ish
Guruh:CRM 002
Talaba:Eldor Yo’ldashev
Toshkent-2022
2
Mavzu:Operatsion Tizimning xizmatchi dasturlari: tarmoqga xizmat
ko’rsatuvchi dasturlar
Reja:
1. Arxivga olish dasturlari.
2. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar.
3. Antivirus dasturlar.
3
1. Kompyuterda amaliy dasturlar bilan ishlash jarayonida, faqatgina
bu dasturlarni boshqarishni bilish bilan cheklanib qolmaslik lozim.
Kompyuterdagi haqiqiy holat va undagi amaliy ishlar foydalanuvchidan
yanada chuqurroq bilim talab etadi, ya’ni axborotlarning bir butunligani
saqlay bilish, ularni har xil kutilmagan harakatlardan himoya qilish,
kompyuterdagi ruy beradigan buzilishlardan saqlash, virus tarqatuvchi
dasturlar ta’siridan va foydalanuvchi o’zining yo’l qo’yadigan xatolaridan
saqlay bilishi lozim.
Arxivga olish dasturlari. Eng keng tarqalgan servis dasturlardan biri
bu fayllarni, fayllar guruhini siqib yozish, qadoqlab yozish yoki arxivga
olish uchun mo’ljallangan dasturlardir. Ma’lumotlarni siqish- bu faylda
saqlanayotgan axborotlarning qayta tartiblanish jarayoni bo’lib, unda
axborotning hajmi kichrayib, saqlanishi uchun diskdan kam joy talab
etadi. Arxiv fayl sifatida bir yoki bir necha fayllarni siqilgan ko’rinishda
yozish mumkin.
Arxiv fayl - bu maxsus tarzda tashkil etilgan fayl bo’lib, o’zida bir
yoki bir necha fayllarning siqilgan variantini hamda ularning qaysi vaqt,
sanada yozilganligi va hajmi haqida ma’lumotni saqlaydi.
Axborotlarni siqib yozishdan maqsad ularning diskda ixcham
joylashishini axborotlarning kompyuter tarmoqlari orqali uzatilish vaqtini
va bahosini kamaytirishni ta’minlaщdir. Bundan tashqari fayllar guruhini
4
bir faylga qadoqlash, arxivlash axborotlarni bir kompyuterdan
ikkinchisiga uzatishni, saqlashni engillashtiradi va sarflanadigan vaqtni
qisqartiradi. SHu bilan birgalikda ma’lumotlarni har xil ruxsatsiz
foydalanishlardan va turli viruslardan himoya qiladi.
Fayllarning siqilish darajasi K koeffitsient bilan xarakterlanadi va
Dostları ilə paylaş: |