Windows xp operatsion tizimining ishlash unumdorligini oshirish



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə1/9
tarix14.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#129727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Windows XP ОТ нинг ишлаш унумдорлигини ошириш


Mundarija.


I. Kirish. 3

II. Windows XP Operatsion tizimining ishlash unumdorligini oshirish. 5


2.1. MsConfig. 6
2.2. services.msc. 7
2.3. Internet Explorerni tezroq ishga tushirish uchun… 8
2.4. Menyularni ochilishini tezlashtirish. 9
2.5. GPEDIT.MSC va Autoplay. 10
2.6. Hotirani ish samaradorligini oshirish. 12
2.7. Tarmoqdagi qiyinchiliklar. 13
2.8. Proseslarni ishlashini o’zgartirish. 13
2.9. IRQ uzilishlar prioritetini o’zgartirish. 15
2.10. Ikonkalar va ishchi stolning oboylari. 17
2.11. Foydalanuvchidan boshqa foydalanuvchiga tezkor o’tish. 19
2.12. OS qayta tiklash (Восстановление системы). 20
2.13. DLL dinamicheskiy bibliotekalarini keshini o’chirish. 22
2.14. Dsikda ozgina bo’sh joy qolganda chiqadigan xabarni o’chirish. 22
2.15. compmgmt.msc. 23
2.16.“exe” fayllarda nima uchun «Совместимость» bo’limi bor. 25
2.17. Paneli zadachdagi ochilgan dasturlarni gruppalash. 26
III. Tehnika Xavfsizligi va ish joyini tashkil etish. 29
IV. Xulosa. 31
Foydalanilgan adabiyotlar 32


I. Kirish
Windows XP oldingi Windowslar ichida eng tezkor va ishonchlisi? Bu savolga javob anchadan beri topilmayabdi. Chunki Win XP dan oldingi OS larni ishlashi bir muncha tezroq. Biroq unchalik ham ishonchli emas. Ammo Win XP dek chiroyli (do’stona, xushmuomala) ham emas.
Ko’p foydalanuvchilar xozirgi kunda Win XP ni maqul ko’rishyabdi. Sababi undan foydalanish ancha qulayliroq. Eng asosiysi esa ko’rinishi har taraflama juda chiroyli. Ammo hamma-ham bilmaydiki bu go’zllik ostida qanday ishlar bo’layotganini. Axir xar bir effekt, sokin chiqadigan menyular va so’nib o’chadigan menyularning barchasi OS ishlashini birmuncha sekinlashtiradi. Chunki bu ishlarni markaziy prosessor bajaradi. Biroq bu va shunga o’xshsh kamchiliklar Win XP ni boshqa OS lar orasida pastroq yurishiga olib kelmayabdi. O’zingiz bir o’ylab ko’ring Win XP dan oldingi OS larga oddiy USB Flash Driverni ulab o’zingizga kerak bo’lgan malumotni olmoqchi bo’lsangiz albatta ushbu qurilmani drayverini ustanovka qilishingiz kerak bo’ladi. Win XP dachi qurilmani aniqlab unga mos driverni topib xattoki uni ichidagi malumotni ochish kerak deb ham so’raydi (Avtozagruzka). Bunday misollarga o’zim ham guvoh bo’lganman. Skanerimni nomi HP 3300s. Uni drayverini yoqoyganimdan keyin hamma qiyinchiliklar boshlandi. Internet orqali kamida 6-7 dona drayverni skachka qildim ammo biri ham qurilmamni ishlatishga yordam bera olmadi. O’sha paytda ishlatayotgan OS Win 98 edi. Win XP ni esa ustanovka qilishga juratim yetmas edi. Axir 366 mhz Celeron prosessorim va 64 mb RAM hotiram bu OS uchun sharmanda hisoblanadi. Keyinchalik AMD 800 mhz va 512 RAM lik kompyuter yig’ganimdan keyin qo’rqmasdan Win XP ni ustanovka qildim. Huddi o’sha USB ga o’xshab men ham skanerimni uladim. Ko’zlarimga ishonmadim: OS yuklanishi bilan yangi qurilma topilgani va bir necha soniyada unga mos drayver topib uni ishlashini ta’minlab berdi. Albatta Win XP ga o’tganimdan keyin qiyinchiliklar ham bo’ldi. Lekin ularni qiyinchiliksiz to’girlab oldim. Bunga o’xshash voqealar juda ko’p.
Yana bir qiziq ma’lumot Win XP da shunday nastroykalar borki ba’zi biri foydalanuvchilar uchun umuman kerak emas. Bu nastroykalar esa doim prosessorni va RAM xotiradan joy olib turishadi. Albatta bu kerak bo’lmagan nasroykalarni o’chirish yo’llari ham juda ko’p. Shuning uchun barcha qilinadigan ishlarning boshqacha yo’llari ham bor. Eng asosiysi esa natija. Xaddan tashqari “regedit” dasturida o’zgartirishlar qilinsa ham OS ishlashi sekin yoki xatoliklarga olib kelishi mumkin. Ko’pincha bundan Windows jabr ko’radi. Shuning uchun barcha qiladigan ishlarni eslab qoling.

II. Windows XP Operatsion tizimining ishlash unumdorligini oshirish.


Xar qanday Operatsion tizim (sistema(keyinchalik – OS)). Shaxsiy kompyuterga o’rnatilganida standart asosida joylashadi. Uni hamma xoxlagan tarzda moslashtirib, o’ziga qulay qilib oladi. Misol tariqasida oladigan bo’lsak bir foydalanuvchi ish stolini «Классическая» stilida ko’rishni xoxlasa yana bir foydalanuvchi uni aksincha «Windows XP» stilida yoki o’zgartirilgan mavzuda ko’rishni maqul ko’radi. Bunday misollarning son-sanog’i yo’q. Ammo barcha o’zgartirilgan narsalar OS ning ishlashida katta o’rin egallaydi.
Ishni boshlashdan oldin maslahatim birinchi, siz OS da administratorlik huquqiga ega ekanligingizga ishonch xosil qiling, sababi bu narsa OS ni barcha berkitilgan imkoniyatlaridan to’liq foydalana olishga xizmat qiladi. Ikkinchidan «Свойства: Екрана» dan «Оформление» bo’limiga o’tib «Еффекты» ga kirib u yerda ClearType ni tanlang bu shriftlarni qalin va to’qli qilib ko’rishga imkon beradi.

Albatta bu maslahatlarning ikkinchisi o’zingiz istasangizgina qo’llashingiz mumkin.


Boshlanishiga OS ni funksiya va imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz. Bularni bir xili WinXp dan oldingi OS larda ham bo’lgan: Windows 95/98/ME va endi XP ga ham o’tgan. Barcha ishlar “Windows XP Professional Edition” OS da qilingan. Shuning uchun bir hil imkoniyatlar “XP Home Edition” OS da cheklangan. Tizim Reestrida ham ishlashni bilish kerak bo’ladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin