Windows xp operatsion tizimining ishlash unumdorligini oshirish



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə2/9
tarix14.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#129727
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Windows XP ОТ нинг ишлаш унумдорлигини ошириш

2.1. MsConfig
Ko’pchiligimiz MsConfig dasturini bilamiz bu dastur Windowsning asosiy utilitiga kiradi. Bu dasturni ishga tushirish uchun asosiy «Пуск» menyusidan «Выполнить»ni tanlab “msconfig” so’zini kiritish lozim. Shundan so’ng dastur ishga tushadi va quyidagicha oyna ochiladi:

Sizni bu dasturda «Автозагрузка» bo’limga o’tib yaxshilab e’tibor berishingizni so’rayman. Ko’rganingizdek bu bo’limda Windows ishga tushirilayotgan paytda avtomatik ravishda yuklanadigan dasturlar ro’yxati kelib chiqdi. Bu dasturlarni xech qaysi biri Windows uchun zarur emas, shuning uchun o’zingizga kerak bo’lmagan dasturni tanlab undagi galochkani olib tashlang. Shu bilan siz bu dasturni o’chirib qo’ygan bo’lasiz. Misol uchun Winampa ni o’chirib qo’ying va OK tugmasini bosing sizga quyidagi oynacha ochiladi:




Bunda sizga ikkita variant beriladi. Qilgan ishingizni bilish istagida bo’lsangiz «Перезагрузка»ni bosing, yoki «Выход без перезагрузки» tugmasini tanlasangiz dasturdan chiqib ketasiz va natija keyingi Windows ishga tushirilishi bilan amalga oshadi.


2.2. services.msc
Bu dastur ham OS ishlash prinsipini o’zgartirishga oid masalalarni o’z ichiga oladi. Dasturni ishga tushirish uchun asosiy «Пуск» menyusidan «Выполнить»ni tanlab “services.msc” kiritish lozim va quyidagicha oyna ochiladi:





services.msc ham MsConfig singari Windows ishga tushirilayotgan paytda avtomatik ravishda yuklanadigan dasturlar ro’yxatini o’zida aks ettiradi. Dastur bilan ishlaganda o’zgartirilgan ammalar uchun perzagruzka so’ramaydi. Ro’yxatdan o’zingizga kerak bo’lmagan dasturni tanlab ochirib qo’yish imkoniyati bor. Bu ishni amalga oshirish uchun shu dastur nomini belgilab konteks menyuni (sichqonchani o’ng tomini) yoki dastur menyusidan «Стоп» ni bosing. Dasturni qayta ishga tushirish uchun esa «Пуск» ni bosing.


2.3. Internet Explorer ni tezroq ishga tushirish uchun…
WinXP safiga kiradigan Internet Explorer 6 ni ishga tushirilishini tezlashtirmoqchi bo’lsangiz uni domashniy stranitsasidan xalos etishingizga to’g’ri keladi. Shuni aytish lozimki domashniy stranitsa xar doim ham siz Internet Explorer ni ishga tushirganingizda kerak bo’lmaydi. Misol uchun domashniy stranitsa www.mail.ru ammo xar doim ham siz Internet Explorer ni ishga tushirganingizda bu sayt kerak bo’lmaydi va siz boshqa manzilga o’tib ketasiz. Buning uchun siz Internet Explorer «Свойства» siga kirib «Ярлык» bo’limiga o’tib «Объект» qatoriga – “nohome” so’zini kiritishingiz lozim.

A gar siz brauzeringizga bo’sh stranitsani qo’ygan bo’lsangiz ham bu Internet Explorer tez ishga tushishiga yordam bermay. Chunki bari-bir stranitsani o’zi bor. Albatta bu narsa sizning xoxishingizga bog’liq.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin