2.4. Menyularni ochilishini tezlashtirish. Sir emaski Windows XP OS da menyular qandaydir bir qiynalib ochiladi. Bu ba’zida foydalanuvchiga qiynchilik tug’dirsa ba’zida asablanishga olib keladi. Chunki Win XP dan oldingi OS larda bu narsa unchalik ham ko’zga tashlanmagan. Bu narsani ozgina bo’lsa ham yaxshilash uchun siz asosiy «Пуск» menyusidan
«Выполнить»ni tanlab “regedit” so’zini keritishingiz kerak. Ochiladigan dastur «Редактор реестра» (reestr muharriri) deb ataladai. Dastur oynasidan HKEY_CURRENT_USER/Control Panel/Desktop papkasiga o’tib, MenuShowDelay ga kirasiz. U yerda standart ravishda 400 qiymati turadi, unga 0 qiymatini berib ko’rsangiz menyularni ochilishi tezlashganini sezishingiz mumkin. O’zimning shaxsiy fikrim esa 0 qiymati menyularni juda ham tez ochib yuboradi bu esa kerak punktga kirishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun 100-200 o’rtasidagi qiymat o’ratcha deb o’ylayman.
2.5. GPEDIT.MSC va Avtoplay. Yana bir Win XP ni sozlash utilit dasturi. Dastur asosiy «Пуск» menyusidan «Выполнить»ni tanlab “gpedit.msc” so’zi kiritib, OK tugmasi bosilganidan keyin ishga tushadi. Bu dasturda ham bir qator ishlarni qilish mumkin. Misol uchun sizga CD disk qo’yishingiz bilan birinchi chiqadigan a vtozagruzka yoqmasa…
uni bemalol o’chirib qo’yishingiz mumkin. Bu ishni amalgam oshirish uchun dastur oynasidan «Конфигурация компьютера» bo’limini ochib chap tarafda ochilgan «Административные шаблоны» bo’limidan «Система» ni ochasiz. So’ngra «Отключить автозапуск» yorlig’i ustida konteks menyuni ochib «Свойства» sini tanlaysiz ochilgan oynada standart ravishda «Не задан» belgilangan turadi. Uni «Включен» ga almashtiring va shu yo’l bilan siz CD avtozapuskini o’chirgan bo’lasiz. Shuni takidlab o’tish joizki u yerda nafaqat CD avtozagruzkasini balki hamma diskovodlar avtozagruzkasini o’chirib qo’yish mumkin.
2.6. Hotirani ish samaradorligini oshirish. Windows XP OS da hotiradan foydalanish yoki samarali foydala- nish mumkin. Bu elementlar reestrda joylashgan bo’lib, ularning manzili quyidagicha: HKEY_LOCAL_MACHINE/SYSTEM/CurrentControlSet/Control/ Session Manager/MemoryManagement.
Win Xp standart holda hotira stranitsalarini RAM dan HDD ga taqsimlaydi. Agar sizning SHKingizda 256mb dan yuqori tezkor xotira o’rnatilgan bo’lsa (bu yerda xotira turi ya’ni DDR yoki DIMM bo’lishi muhim emas), DisablePagingExecutive elementini tanlab u yerdagi 0 qiymatini 1 ga o’zgartirib qo’ying. Shu bilan siz hotira nazoratchisini o’chirib qo’ygan bo’lasiz. OS ishlashi bir muncha tezlashadi.
LargeSystemCache bu element sistemniy kesh xotirasini kattalashtiradi. Standart 0 qiymatini 1 ga aylantirib qo’yilsa, Win XP 4mb sistema hotirasini fayloviy sistema keshiga qoldiradi. Natijada XP yadrosi qolgan hotirada teroq va samarali ishlaydi. 4mb hotira esa disk keshiga oshlatiladi, agar ko’proq kerak bo’ladigan bo’lsa XP qo’shimcha hotirani ajratib beradi. Ammo hamma narsani yaxshisi bo’lgani bilan yomon tarafi ham bor, bir xil dasturlarning (jadallangan) ishlash samaradorligi kamayishi mumkin. Bu narsani sinash uchun 256 mb tezkor hotiradan kam bo’lmasligi kerak.
IOPageLockLimit bu element ayniqsa serverlar uchun foydali bo’lishi mumkin. Buning uchun REG_DWORD elementi xosil qilinadi va qiymat baytlarda beriladi. Maksimum 512kb. Bu narsani sinab ko’rganlarning maslahati esa 8-16mb atofida b’lishi kerak deyishadi. Lekin 512 kb dan yuqorisini yozish uchun boshqacha ish tutiladi. Msiol uchun 12 mb 12 * 1024 * 1024. Buni natijasi faqat 256 dan yuqori hajmdagi tezkor xotira bo’lishi lozim.