Ingliz tili leksikasi


Konsultant–maslahat beruvchi, tushuntiruvchi, qo’shimcha ma’lumot beruvchi. Lektor



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə25/30
tarix05.10.2022
ölçüsü72,03 Kb.
#64599
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Menejer
Konsultant–maslahat beruvchi, tushuntiruvchi, qo’shimcha ma’lumot beruvchi.




  1. Lektor–nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiruvchi.




  1. Ekspert – kuzatish, tahlil, tekshirish, xulosa, tavsiya, taklif, mulohazabildirish.




  1. Innovator–yangiliklarni ta’lim mazmuni va mashg`ulotlar jarayoniga joriyqiluvchi.




  1. Menejer–tashkiliy–pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etuvchi.




  1. Spekter–kuzatish, tahlil qilish va xulosalarni bayon qilish.




  1. Assistent–mashg`ulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qo’llashgatayyorlash, mashg`ulot ishtirokchilariga yordam ko’rsatib turish.

  2. Sekretar–zarur ma’lumotlarni yozib borish, tegishli hujjatlarnirasmiylashtirish, o’rnatilgan tartibda saqlash.

  3. Texnolog–pedagogik texnologiya mutaxassisi. Zamonaviy pedagogiktexnologiyalar asosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishnita’minlash bilan bog`liq masalalarni hal etib boradi.

  4. Metodist-ta’lim-tarbiya metodlari bo’yicha mutaxassis. Dasturlarni ishlabchiqishda va amalga oshirish jarayonida metodik masalalarni hal etib boradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechtamasalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-o’quvchilarningmuloqot olib borish bo’yicha ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi, o’quvchilarorasida emostional aloqalar o’rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibidaishlashga, o’z o’rtoqlarining fikrini tinglashga o’rgatish orqali tarbiyaviyvazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.
    1. Ingliz tili darslarida o’quvchilarning o’qish qobiliyatini o’stirish jarayonida zamonaviy pedtexnalogiyalarni tadbiq etishning o’ziga xos jihatlari


Ingliz tilida o'qish-nutq faoliyati turihisoblanadi.O'qish-ko'z bilan ko'rayotgan harf, harf birikmalari, so'zlar, gaplarni ovoz chiqarib, chiqarmay o'qish va o'qiganning mazmunini tushunish, o'qib ma'lumot olishdir. O'qish yozma nutqda berilgan matndan ma'lumotolish nutq turidir.
O'qish-tanish til materiallari asosida notanish mazmunli matnni o'qib ma'lumot olish, mazmunini tushunishdir.O'qish aloqa (kommunikatsiya) qilishning bir turidir.O'qish orqali o'quvchi, talaba ingliz tilida gaplashiladigan mamlakatlar tili, madaniyati, hayoti, tarixi, urf-odati bilan tanishadi. O'qish ma'-lumot olish manbaidir.
O'qish kishilarning kommunikativ-ijtimoiy faoliyat sohasiga taalluqli bo'lib, unda u yozma shakldagi so'z orqali muomalani ta'minlaydi. Kishilarning turmush, ta'lim va ishlab chiqarish sohalaridagi faoliyatlarida o'qishdan keng foydalaniladi. O'qish orqali ma'lumot olish turli faoliyatlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
O'qishda boshqa har qanday faoliyatdagi kabi mazmun va jarayon rejalari mavjud bo'lib, birinchisiga doimo katta ahamiyat beriladi. Faoliyatning predmet mazmunini tashkil qiluvchilar o'qishning mazmun rejasi sanaladi.Faoliyat jarayonining elementlari o'qishning jarayon tomoni hisoblanadi.
Faoliyat mazmuniga, eng avvalo uning maqsadini, natijalarini kiritadilar.Odatda o'qishda faoliyat ana shu maqsadga erishishga qaratilgan bo'ladi.Mazmun aloqalarini ochish-nutq mahsulotini, ya'ni yozma shaklda taqdim qilingan matnni tushunish o'qishdagi ana shundaymaqsadni tashkil qiladi.
O'qish doimo tayyor holdagi nutq axborotini idrok qilishga, ma'lumot olishga yo'nalgan bo'ladi, shuning uchun uni nutq faoliyatining retseptiv turiga kiritishadi.O'qishning o'ziga xos xususiyati shundan iborat-ki, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi haqidagi baho kitobxonning olingan ma'lumotdan qoniqish hosil qilganligida o'z ifodasini topadi.
O'qish murakkab retseptiv aqliy faoliyat hisoblanib, uning jarayon tomoni analitik- sintetik xarakterga egadir.
O'qish orqali biz ma'lumot olamiz, bilimimizni, dunyoqarashimizni kengaytiramiz, shuning uchun o'qish nutq faoliyatining turidir.
Hozirgi davrda metodika o'qishni ingliz tilini o'qitish usuli, yo'li deb qaralmay, uni til materiallarini o'zlashtirishga yordam beruvchi, uni asosida (matndan) nutqni rivojlantirish uchun qo'llaniladigan material manbai, ma'lumot olish manbai deb qaralmoqda.Shu sababdan o'qiyotganda asosiy diqqat matn mazmuniga qaratiladi.
Dasturda o'qish bo'yicha umumiy talablar va har bir sinflar, kurslar uchun talablar belgilanib beriladi. O'rta maktabda o'qishni o'rgatish ham maqsad, ham vositadir, ya'ni o'qish chet tili o'rgatishda ham maqsad, ham vosita vazifasini bajaradi.
Ingliz tilida o'qish ko'nikmasini egallash o'rta maktabda, litseyda ingliz tili o'qitishdan kutilgan amaliy maqsadlardan biri hisoblanadi.
Agar o'rta maktabni bitirib chiquvchilarning o'qish ko'nikmasi mukammal bo'lsa, ular o'zlari egallagan ana shu ko'nikmadan amaliy ravishda mustaqil foydalanish imkoniga ega bo'ladilar.O'qishning yetuklik darajasi har xil bo'lishi mumkin, shuning uchun o'rta maktab oldida o'qishning minimal rivojlanish darajasiga erishish vazifasi turadi.
O'qishning amaliy maqsadi o'qib ma'lumot olishdir.Amaliy maqsaddan tashqari o'qishni o'rgatish umumta'lim va tarbiyaviy maqsadlarini ham nazarda tutadi. Bulardan tashqari o'qishni o'rgatish rivojlantiruvchi maqsadni ham amalga oshiradi. O'qish paytida o'quvchi, talabaning o'rganilayotgan ingliz tili matni bilan uning kuzatuvchanligi rivojlanadi va ularning til materiali, matn mazmunini analiz va sintez qilish qobiliyatlari takomillashadi.
Endi o'qishning vosita sifatidagi vazifasi ustida to'xtalamiz.O'qish til materialini egallab olishdamuhim vosita hisoblanadi. Shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, matnlarni o'qishni o'rgatish, lug`atni boyitish usullaridan biri sifatida muhim ahamiyatga ega.O'qish, gapirish ko'nikmasini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi.O'qilgan matnlarning mazmuni bo'yicha savol-javob mashqlarini bajarish, hikoya qilib berish, suhbatva muhokamalar qilishi ko'p mashqlarga asos bo'ladi.O'qish orqali gapirish uchun ma'lumot, material to'planadi.Ularni ingliz tilida gapirishga tayyorlaydi. Ovoz chiqarib o'qish esa to'g’ri talaffuzga o'rgatishdava yangi til materialini tushunishda muhim
bosqich sanaladi. Bundan tashqari ovoz chiqarib o'qish ovoz chiqarmay o'qishning yetuk ko'nikmasini shakllantirishda ham muhim vosita rolini o'ynaydi.
Demak, o'qish, o'qitish maqsadi vazifasini bajarishdan tashqari, muhim o'qitish vositasi vazifasini hamo'taydi.
O`qishni o'rgatish, rivojlantirish o'rta maktabda 2 ta bosqichda 5-6-7-8-9-sinflarda olib boriladi. Dastur talabi bo'yicha I bosqichda 5-6-sinflarda o'qish uchun mazmuni notanish matnlarning til materiallari oldindan ishlab chiqiladi, II bosqichda 7-8-9- sinflarda esa matnlardagi ba'zi til materiallarni fahmlab tushunish uchun qoldiriladi hamda dasturda 9-sinf o'quvchilarini matbuot matnlaridan, ya'ni ro'znoma, oynoma maqolalarini o'qib, ma'lumot olishga o'rgatishni talab qiladi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’grisida”gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan vazifalarga ko`ra o`quvchilarning o`qish qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunda 2-sinfdan amalga oshiriladi.

O’quvchi talabalarning o'qish qobiliyatlarini rivojlantirishda o`qish turlarini farqlay olish va shu asosda darslarda zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni tadbiq etish hozirgi kun talabiga mos va xosdir.


Turli tipdagi o'quv yurtlaridagi maqsad, vazifalarni hisobga olib, turlicha o'qish turlari o'tkaziladi. Metodik adabiyotlarda chet tilidagi o'qish turlari quyidagi mezonlarga ko'ra farqqilinadi: ona tilining ishtirok etishiga qarab tarjimali va tarjimasiz o'qish; analiz va sintez elementlarning nisbatiga ko'ra - analitik va sintetik o'qish; o'tkazilish joyiga qarab sinfda, auditoriyada, uyda o'qish; majburiylik darajasiga ko'ra, majburiy o'qish va yordamchi o'qish; tayyorgarlik darajasiga ko'ra, qisman tayyorlangan, to'la tayyorlangan va tayyorgarliksiz o'qish, shu bilan birga maktabgacha va boshlang’ich sinf o`quvchilarining o`yinqaroqliklarini, aqliy qobiliyatlarini, o`zlashtirish ko`rsatkichlarini hisobga olib rasmlardan va jihozlardan foydalanib o`qish kabi turlari borligi aytib o'tiladi.
Yana ko'z yugurtirib o'qish, tanishish maqsadida o'qish, ta'limiy o'qish, izlanib o'qish, sinchiklab o'qish turlari ham mavjud.
Umuman ayrim manbalarning guvohlik berishicha, faoliyat natijasiga ko'ra, 50 dan oshiqo'qish turlari bor.
Oliy o'quv yurtlarida analitik, sintetik, tarjimali, tarjimasiz o'qish turlari o'tkaziladi.Sanab o'tilgan o'qish turlari har xil natijalarni olishni maqsad qilib qo'yadi.Masalan, ko'z yugurtirib o'qish maqola yoki kitob mavzusi haqida tasavvur hosil qilishga yo'naltirilgandir.Bu ma'lumotni olish uchun sarlavha yoki kichik sarlavhaga qarash, ayrim xatboshi (abzas) yoki gaplarni tez o'qib chiqish, ya'ni maqola yoki kitobni ko'rib chiqish yetarli hisoblanadi.
Tanishish maqsadida o'qishda esa kitobxon kitob yoki maqolaning aniq mazmuni bilan tanishishga harakat qiladi.U bu paytda o'z e'tiborini asosiy ma'lumotga qaratadi.Shu boisdan bu o'qish turi matn mazmunini umumiy holda tushunib o'qish deb ham yuritiladi.
Tanishish maqsadida o'tkaziladigan o'qish turi tez maromda ravon o'qish turi sanaladi. Ta'limiy o'qish turi o'tkazilganda o'quvchi, talaba matndan ifodalangan ma'lumotni to'la, aniq tushunishga va uni tanqidiy qabul qilishga intiladi. O'quvchi, talaba olingan ma'lumotdan kengroq foydalanish ko'zda tutiladi.Shu sababli talaba, o'quvchidan matn yoki maqolani batafsil bilishi uchun obdon o'qib chiqish, ayrim joylarini esa qayta-qayta o'qib chiqish talab qilinadi.
Hozir o'rta maktabda uchta o'qish turlari mavjud.

      1. Tanishuv o'qish turi;

      2. Sinchiklab o'qish turi;

      3. Ko'z yugurtirib o'qish turi.

Tanishuv o'qish turi uchun til materiallari jihatdan tanish va oson bo'lgan katta hajmdagi matnlar o'qish uchun olinadi. Bu o'qish turi orqali o'qib, ma'lumot olishga o'rgatishdan oldin o'qish sinfda, auditoriyada o'tkaziladi, keyin uyga ko'chiriladi.Darsda esa tushunganlik darajasi tekshiriladi.O'qituvchi tushunishni osonlashtiradigan so'z, ibora, jumlalarni saralaydi, tushuntiradi, tekshirish ob'ektlarini aniqlaydi.Tanishuv o'qish turi orqali eng ko'p, 80-90% ma'lumot olishga erishiladi.O'quvchi matn mazmuni bilan tanishadi.Bu o'qish turi 6-7-8-9-sinflarda ovoz chiqarmay o'qish shakli orqali amalga oshiriladi16.


16Qodirova F. R., Qodirova R.M Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. T., 2006.
Sinchiklab o'qish-o'quvchi, talaba matndagi qiziqtiradigan fikrni, ma'lumotni, dalilni, topshiriqni topish maqsadida sinchiklab o'qiydi.Dalil, topshiriqlar, vazifalar o'qituvchi tomonidan oldindan berilishi mumkin.Ma'lumot ko'proq topshiriq, vazifa, dalil haqida olinadi. Matn bo'yicha umumiy ma'lumot kam olinadi. O'qish ovoz chiqarmay amalga oshiriladi, sinfda o'tkaziladi, uyda o'qilib, sinfda tekshirilishligi ham mumkin, u 7-8-9-sinflarda o'tkaziladi.Matnlar mazmuni turlicha bo'ladi.Ish butun matnga ko'z yugurtirib chiqishdan boshlanadi.Keyin matn sinchiklab o'qiladi.Tushunganlikni tekshirish mashqi sifatida eng ko'p hollarda ayrim qismlar esa ona tiliga tarjima qilinadi.
Ko'z yugurtirib o'qishda eng kam ma'lumot olinadi.Oldindan fahmlash, xulosa chiqarish, faqat kerakli ma'lumotni ko'z yugurtirib tezda topish ko'nikmalari rivojlantiriladi. Topshiriqlar matn yoki maqolaning kim yoki nima haqida ekanligini tez aniqlash, biron kishi yoki joy, narsa haqida matnda yozilgan joyni tez topish kabilar bo'lishi mumkin.
Oliy o'quv yurtlarda ko'pincha analitik va sintetik (mustaqil, uyda o'qish - domashnee chtenie) turlari o'tkaziladi. Analitik o'qishda talaba matn mazmunini matndagi so'z iboralarni, qiyin abzaslarni analiz - tahlil qilish orqali tarjimasiz tushunadi, matndan ma'lumot oladi. Sintetikda esa teskarisi to'g’ridan-to'g’ri, analiz qilmay o'qib, ma'lumot olinadi.

    1. Yüklə 72,03 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin